2. Tashqi va ichki fanlararo bog‘liqlik
An'anaviy va noan'anaviy usullar bo‘yicha talabalar bilimini kengaytirish maksadida UASh ichki kasalliklar, UASh –xirurgiya, UASh-ginekologiya, travmatologiya, nevrologiya, pediatriya, klinik farmakologiya va boshka bilimlariga asoslangan.
|
3. Mashg‘ulotning tarkibiy qismi
|
3.1.Nazariy qism
Yurak qon-tomir tizimi kasalligiga qarshi kurash tibbiyot ilmi va sog‘liqni saqlash tizimining asosiy vazifalaridan biridir.
Bu muammoga chuqur qiziqishning sababi yurak qon-tomir kasalliklari keng tarqalganligi, kasallik oqibatida aholining nogironlik va o‘lim xavfining yuqoriligi nafaqat tibbiy balki sotsial ahamiyatga egaligidir. Shuning uchun bu kasallikni ilmiy jihatdan asoslash va foydali davo usullarini ishlab chiqish, kasallikning oldini olish, sog‘liqni qayta tiklash juda dolzarbdir. Hozirgi kunda yurak qon-tomir kasalliklariga qarshi kurash izchil bir tizimda amalga oshiriladi: kasallikni erta aniqlash va differensial davo kompleksini qo‘llash.sog‘liqni qayta tiklash va qayta (ikkilamchi) profilaktika o‘tkazish.Davolashning turli usul va profilaktikasi orasida jismoniy faktorlar ahamiyatga ega, chunki ular yurak-qon tomir tizimi kasalliklari kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlashda yordam beradi. Ko‘p yillardan beri olib borilayotgan tajriba natijalari ksasallikning oldini olishda jismoniy harakat faktorlari kengayganligini ko‘rsatadi, bemorlarning sog‘ligini qayta tiklash va davolanishida maqsadga yo‘naltirilgan maxsus kardiologik yordam ko‘rsatuvchi statsionar-poliklinika, sanator-kurort (sihatgoh)larda effektiv tibbiy davolash usullaridan foydalaniladi. Fizioterapiyaning asosini tabiat faktorlari (quyosh, iqlim, mineral va tuzsiz suv, daryo, dengiz, suv omborlari, shuningdek, maxsus apparatlar yordamida hosil qilingan) tashkil qiladi. Organizmga dastlabki jismoniy ta'sir teri orqali, retseptor apparat tomir tizimi va teridagi fizik-ximik jarayon o‘zgarishlari bilan bog‘liq ravishda amalga oshiradi. Elektr haroratli, mexanik, kimyoviy, nurlanishli va b.q. teriga ta'sir qiluvchi fizik faktorlar.Davolashning fizik fatorlari ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lgani tomirlardagi sezgirlik retseptoridagi o‘zgarishga avvalo karotid va aortal zonadagi xemoretseptorlarga o‘ta sezgirligi sabab bo‘ladi. Retseptor zonada reflekslar kelib chiqadi, ular arterial va vena tomirlari tonusini, arterial bosimni, yurak qisqarishlari chastotasini, nafas yo‘llari markazi va qon-tomir harakatlanishini qo‘zg‘atadi. Qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda qator fizik faktorlardan foydalaniladi, mato orqali issiqlik tarqatiladi (elektormagnit maydoni, o‘zgaruvchan maydon)Mato orqali isitish tomir reaksiyalarida dilyatatsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, ishlamayotgan kapillyarlarni ochishga, ularda qon aylanishini tezlatishga, trombotsitlardagi agregatsion o‘zgarishlarga yordami kuzatiladi. Shunday qilib, dastlabki mahalliy fizik ta'sir organizmning turli tizimlariga yuborilgan kimyoviy o‘zgarishlar o‘z navbatida birlamchi asab-reflektor va bunga javoban gumorial jarayonni o‘ziga jalb qiladi. Yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda turli metodik usullar qo‘llaniladi:
-mahalliy (masalan yurak sohasida)
-reflektor, segmentar (refleksogen zonalarga ta'siri)
Amaliy fizioterapiyada funksional patalogik o‘zgarishlarning kelib chiqishida fizik faktorlar ta'sir kuchiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhim. Shuning uchun optimal fiziodavolash usullarini og‘irlik va kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari, fizik faktorlar ta'sir mexanizmini ishlab chiqish zarur. YuIK asosida miokard giposkiyasi yotadi, u yurakning kerakli qon bilan ta'minlanmasligi oqibatida kelib chiqadi. Miokard gipoksiyasi asosiy qon tomirning buzilishi tufayli qonning oqib kelishi yetishmovchiligi tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Yurak arteriyasining aterosklerozi ham YuIKga olib kelishi mumkin. YuIKning rivojlanishida tomir osti trombozining paydo bo‘lishi qonning ivishi va ivishning oldini oluvchi sistemalar buzilishi ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Stenokardiya rivojlanishida va miokardning shikastlanishida miyaning po‘stloq osti tuzilmalarining funksional holati o‘zgarishi va simpatik sistemaning periferiya qismlaridagi o‘zgarishlarining ta'siri borligi isbotlangan. YuIK mexanizmining turli tumanligi, qiyinligi tufayli uni patogen, klinik va funksional balgilariga qarab bo‘linadi. Fizik usullarning asosiy vazifalari quyidagilar: nerv, neyrogumoral va gormonal boshqarishni, tojsimon qon aylanishini va miokardning faoliyatini yaxshilash, qonning kuchaytirilgan gemokoagulyasiyasini pasaytirish, almashuv jarayonlarini, immunologik javob reaksiyasini yaxshilash va oxirida tojsimon qon aylanishi va miokardning rezerb imkoniyatlarini oshirish. Undan tashqari uning yo‘ldosh kasalliklarida gipertoniya, qandli diabet, giperxolesterinemiya umurtqaning bo‘yin-ko‘krak qismidagi osteoxondrozi va yara kasalliklarida ham ta'sir ko‘rsatishi lozim. Hozirgi kunda qo‘llaniladigan fiziologik usullarning qaysi sistemaga ta'sir qilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1- guruh markaziy va periferik asab tizimiga ta'sir qiladi.
2 - guruh yurakka
3- guruh mahalliy gemodinamikaga
4- guruh organizmdagi buzilgan moddalar almashinuviga
Fiziologik jihatdan YuIK umumiy tadbirlar fonida ishlatiladi. Qayta ishlangan (tuzilgan) faktorlar. Elektrouyqu - I-Sh stadiyalari bilan og‘rigan bemorlardagi, sedativ ko‘rinishda gipotenziv harakat, bosimning kuchayishi, stenokardiya chaqiruvchi, sinustaxikardiyaning to‘xtashi va elektrosistemadagi effekti.Davolovchi elektroforez. Har qanday davo usuli markaziy asab tizimiga ta'sir qiladi, asab tizimi jarayonini normallashtiradi, tormozlanish jarayonini kuchaytiradi, yurakning vegetativ holatini tartibga soladi. Uch usulda o‘tkaziladi. Umumiy Vermilyu elektroforezi. Reflektor segmentar (elektrodlar Zaxarin Ged) sohasida yoki bo‘yin sohasida joylashadi.Transkardial. Elektroforezni qabul qilayotganda shuni esda tutish kerakki, sternokardiyaning yengil formasida og‘riqning to‘xtashi yoki stenokardiya hurujlarining kamayishi, elektrosiotolik aritmiyada elektroforez qabul qilganda esa masalan ijobiy natija bermadi, bu esa yuborilgan preparat dozasidagi kamchilik bilan bog‘liq. Elektronfiziologik usullar bevosita markaziy asab tizimi va gipotolam gipofizar sohasiga ta'sir etadi. YuIKda UVI transserebral ta'siri metodi va u metod yordamida stenokardiya hurujlari, bosh og‘rig‘i, uyquning yaxshilanishi, arterial bosimning pasayishi, jismoniy faoliyatning oshishi, ekstrasistoliyaning kamayishi,xilpilovchi aritmiya hurujining pasayishi,yuqori trombotsitlar agregatsiyasining pasayishi kuzatiladi. DMV yurakka yuborilgan energiyaning ta'siri ichki kardial mexanizmlar koronar qon aylanishini kompensatsiyalaydi, mikrorkalkulyasiyasini hisobga olib va ichki yurak asab tizimi, yurak funksional holatining maromida urishini yaxshilaydi.Magnitli terapiya (magnit maydon bilan davolash) magnit maydoni bilan ta'sir etish mikrotsirkulyasiyani yaxshilaydi, trombotsitlarning yuqori qo‘zg‘alishni pasaytiradi, oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi va to‘qimalar oksiginatsiyasini kuchaytiradi. Magnit maydonlarining ta'siri stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarda stenokardiya hurujlarini kamaytiradi. Ishemiya miokardida kislorod qabul qilishni oshiradi. Magnit maydoni ta'sirida periferik muskul qon aylanishi yaxshilanadi, qon yopishqoqligi pasayadi, trombotsitlar agregatsiyasi kuchayadi.Balneoterapiya (mineral suv bilan davolash) YuIK davolash usullarida katta ahamiyatga ega. Davo vannalarining barchasi termik, gidrostatik va spetsifik yordam ko‘rsatadi. Davo vannalarining ahamiyati ayniqsa YuIKda juda katta, ular to‘qimada gipoksiyani yo‘qotib, periferik tomirlarda qarshilikni kamaytirib, tomirlarni kengaytiradi va ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Suv bilan davolash muolajalari mexanik, gidrostatik va haroratli ta'sir ko‘rsatadi. Gidrodinamik asab tizimi reaksiyalarini qo‘zg‘atishi mumkin. Issiq haroratli muolajalalar tomirlarni kengaytiradi, arterial bosimni susaytiradi, salqin va sovuq muolajalar esa tomirlarni qisqartiradi, tonusni kuchaytiradi, arterial bosimni ko‘taradi. YuIKda suv bilan davolash muolajalariga basseynda cho‘milish, kontrast vannalar, suvosti hammomi va massaj (uqalash) kiradi. Suv muolajalari funksional buzilishning darajasiga qarab tayinlanadi. Zamonaviy davolash usullari yurak ishemik kasalliklarida nafaqat ajratilgan balki umumlashtirilgan, bunda qon aylanishi yaxshilanadi, shuning uchun komplpeks davolashda har xil usullar qo‘llaniladi.Ayniqsa sanator kurort sharoitida ko‘pincha balneoterapiya (suv muolajalari) qo‘llaniladi: DJT me'yoriy yurish va massaj. Bu kompleksga elektroforezni qo‘shish xshi natija beradi. Muolajalarni tuzishda ularning ketma - ketligiga ahamiyat beriladi, ayniqsa kasallikning og‘ir darajasidagi bemorlarda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |