O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,
professor Teshaev O.R.__________
«____» _______________2013 yil
Kafedra: HALQ TIBBIYOTI, REABILITOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA
Fan: REABILITOLOGIYA FANI
DAVOLASH VA TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETLARI
6-KURS TALABALARI UCHUN
O‘QUV- USLUBIY MAJMUA
TOSHKENT-2013
O‘QUV USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
№
|
MUNDARIJA
|
BETLAR
|
1
|
Namunaviy o‘quv dasturi
|
3-21
|
2
|
Ishchi o‘quv dasturi
|
22-41
|
3
|
Ta'lim texnologiyasi
|
42-185
|
4
|
Masalalar va mashqlar to‘plami
|
186-191
|
5
|
Test savollari
|
191-198
|
6
|
Nazorat uchun savollar (JN, YaN)
|
198-202
|
7
|
Umumiy savollar
|
202-203
|
8
|
Tarqatma materiallar
|
203-213
|
9
|
Glossariy
|
214-218
|
10
|
Referat mavzulari
|
218-219
|
11
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
219-221
|
12
|
Tayanch konspekt
|
-
|
13
|
O‘quv materiallari
|
222-259
|
14
|
Xorojiy manbalar
|
259-260
|
15
|
Kurs ishi mavzulari
|
-
|
16
|
Annotatsiyalar
|
260-261
|
17
|
Mualliflar to‘g‘risida
|
261
|
18
|
Foydali maslahatlar
|
-
|
19
|
Normativ hujjatlar
|
262-317
|
20
|
Baholash mezonlari
|
318-322
|
Fanning o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201_ yil «____»dagi «_____»-son majlis bayoni bilan ma'qullangan.
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Nurillaeva N.M.
Rustamova M.T.
|
Davolash fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va allergologiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsenti
Davolash fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professori
|
Gadaev A.G.
|
Tibbiy pedagogika fakultetining UASh tayyorlash ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi professori
|
Usmanxodjaeva A.A.
|
Xalk tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsenti
|
Taqrizchilar:
Alyavi A.L.
|
–TTA tibbiy pedagogika fakultetining gospital, fakultet terapiyasi va stomatologiya fakultetining ichki kasalliklar kafedrasining professori
|
Zaxidova M.Z.
|
- ToshVMOI UASh qayta tayyorlash kafedrasining professori
|
Fanning o‘quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201_ yil ________dagi «_____» «____»-sonli bayonnoma)
Kirish
«Davolash ishi» mutaxassisligi bo‘yicha «UASh malakaviy tavsifnomasi» talablariga asosan ko‘rib chiqilgan holda – Sog‘liqni saqlash birinchi bosqichida shifokor yordamini ko‘rsatish asosiy bilim va amaliy ko‘nikmalariga kiruvchi : kasalliklar profilaktikasi, ichki kasalliklari bor bemorlarni erta va qiyosiy tashxisi va ularni rejali ravishda olib borish ko‘nikmalarini to‘liq egallagan UASh tayyorlash.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida asosiy bilim, shifokor yordamini ko‘rsata olish ko‘nikmalarini: erta tashxis, qiyosiy tashxis, profilaktika va bemorlarni olib borish taktikasini o‘z ichiga oluvchi umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsion xarakteristikasiga «Davolash ishi» ixtisosligi talablariga javob beruvchi UASh tayyorlash.
Fanning vazifalari:
Profilaktika va axoli sog‘ligini saqlash uchun birlamchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilimlarni egalash
QShP/QVP sharoitida malakali shifokor yordamini ko‘rsata olish bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
Dispanserizatsiya va reabilitatsiya o‘tkazish chora tadbirlarni bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
- «UASh tayyorlash ichki kasalliklar» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- UASh amaliyotida ko‘p uchraydigan asosiy klinik sindromlarni bilish.
- «UASh malakaviy tavsifnomasi»da ko‘rsatilgan ichki kasalliklar tashxis mezonlari va xavf omillarini bilish.
- «UASh malakaviy tavsifnomasi»da ko‘rsatilgan ichki kasalliklar klinikasi va erta tashxisini bilish.
- UASh taktikasi.
- Davolash standartlari.
- Mehnatga layoqatlilik ekspertizasi, dispanserizatsiyasi va reabilitatsiyasi asoslarini bilishBilishi kerak;
- QVP/ShVP darajasida UASh imkoniyatiga qarab ba'zi kasalliklarning erta tashxisini mustaqil ravishda to‘liq amalga oshirishi kerak; faqat ayrim hollardagina, ya'ni bemor ahvoli yaxshilanmasagina boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotiga (poliklinika, shifoxona) qo‘shimcha maslaxat va davo olish uchun yuboriladi. (QVP, 1 toifali xizmat)
- QVP/ShVP sharoitida imkoniyatiga qarab UASh o‘tkir holatlar va kasalliklarni ajrata bilishi va ularni davolab, lozim bo‘lsa qo‘shimcha maslahat va davo olish uchun mutaxassis ko‘rigiga yuborishi kerak. (QVP, 2 toifali xizmat)
- QVP/ShVP sharoitida UASh bemorlarga adekvat tekshirish va muolajalarni malakali va mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak (QVP, 3.1 toifali xizmat).
- QVP/ShVP va boshqa muassasalarga yuborish orqali kerakli muvofiq bo‘lgan muolaja va tekshiruvlar o‘tkazish.(QVP, 3.2 toifali xizmat)
- QVP/ShVPga har xil sabablar tufayli murojaat qilayotgan bemorlar va spetsifik xavf omillariga moyil bo‘lgan shaxslarga sog‘lom insonlarga profilaktik oqartuv yordamini taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
-Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish
- Bemor va sog‘lom aholiga maslaxat berish
- Aholining alohida guruhlariga individual yordam ko‘rsatish
- Mijozlarni mustaqil qabul qilish
- Tibbiyot etikasi va deontologiyasini saqlash
- Bemorlarda klinik tekshirish o‘tkazish, anamnez yig‘ish, tizim va organlar bo‘yicha ko‘rish
- Qiyosiy tashxis o‘tkazish
- Taxminiy tashxis qo‘yish
- Maqsadga yo‘naltirilgan tekshiruvlarni buyurish
- Yakuniy tashxisni qo‘yish
- Harakat rejimiva parxezlarni buyurish
- Ratsional davolashni retseptura ko‘rinishda belgilash
- Zarur tibbiy muolajalarni o‘tkazib, shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatish
- Mehnatga layoqatlilik masalasini hal qilish
- Kerakli tibbiy hujjatlarni to‘ldira bilish
- Qo‘shimcha tibbiy ko‘riklarga yuborish, o‘tkazish va shifoxonaga yotqizish masalalarini hal qilish
- Qayta tiklash va sanator dam olishlarga yuborish
- Aholini ijtimoiy himoyalanmagan guruxlarga va bemorlarga parvarishni tashkillashtirish
- Dispanserizatsiya ishlarni o‘tkazish
- Profilaktik, sog‘lomlashtirish sangigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni infeksion va noinfeksion kasallarda qo‘llash
- Qilingan ishlar auditeri
- Tibbiy adabiyotlar bilan ishlash
- Kompyuter bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |