misol. Ikkita sonning eng katta umumiy bo'luvchisi (ЕКттиЛ topuvchi dastur tuzing.
Yechish. EKUB topishning eng qulay usuli — Evklid algoritmi i algoritm sizga awalgi bobdan tanish. Dasturi quyidagicha: "
Program EKUB;
Var a, b : Integer;
Begin
Write('Birinchi sonni kiriting: '); ReadLn(a);
Write('Ikkinchi sonni kiriting: '); ReadLn(b);
While a<>b Do If a>b Then a:=a-b Else b:=b-a; {a=b bo'lganda takrorlash tugaydi}
WriteLn('EKUB= \ a);
End.
Repeat operatori ham shart bo'yicha takrorlashni amalga oshiradi Uning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
Repeat
Until < shart>
bu yerda Repeat (ing. takrorlash) va Until (ing. gacha) Paskalning xizmatchi so'zlari bo'lib, Repeat - takrorlash boshi, Until - takrorlash oxirini bildiradi; — oddiy yoki murakkab mantiqiy ifoda. Takrorlanish tanasi shart rost qiymat qabul qilgungacha bajarilaveradi.
misol. 5= 1,1 + 1,5 + 1,9+2,3 + ...+45,5 yig'indining hisoblash dasturini tuzing.
Yechish. Misolni tahlil qilib qo'shiluvchilar 0,4 ga farq qilishi aniq- lanadi. Parametrli takrorlash operatorida parametr qiymati haqiqiy bo'la olmaydi. Bu holda shart bo'yicha takrorlash operatorlaridan foydalanish qulay. Quyidagi ikkala yechimni taqqoslab ko'ring
While yordamida
|
Repeat yordamida
|
Program Summ real; Var J, S: real; Begin S:=0; J:=l.l; While J<= 45.5 do begin S:=S+J; J:=J+0.4; end; WriteLn('S= S); End.
|
Program Summ_real; Var J, S: real; Begin S:=0;J:=1.1; Repeat S:=S+J; J:=J+0.4; Until J>=45.5;
WriteLn('S=S); End.
|
Var rang : Integer; Begin
Randomize;
Repeat
rang:= Random(15); TextColor(rang); Write('A');
Until rang=4; {rang=4 (qizil) bo'lsa takrorlash operatoridan chiqiladi} End.
Repeat operatorining While operatoridan birinchi farqi shundaki, While operatorida shart takrorlash boshida tekshirilsa, Repeat operatorida shart takrorlash oxirida tekshiriladi. Shu sababli While operatorida takrorlash tanasini tashkil etuvchi operatorlar bir marta ham bajarilmasligi mumkin
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 2-, 4-mashqlar.
2*. Darslikdagi 5-mashq.
Tasdiqlayman O`IB direktor
o`rin bosari_________________
Sana _____________IX- sinflar
_____ – dars. Такrоrlаsh darsi.
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga shart bo‘yicha takrorlash operatorlari yordamida dastur tuzishni o‘rgatish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash.
Asosiy tushunchalar:
Tasodifiy sonlar generatori, shart bo‘yicha takrorlash operatori.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Paskal dasturlash tili dasturi, mavzuga oid elektron qo’llanmalar va plakatlar tayyorlab qo‘yiladi
Concat funksiyasining vazifasi nimadan iborat? Misollar keltiring.
Concat funksiyasining o‘rniga boshqa amaldan foydalanish mumkinmi?
Qaysi funksiya satr uzunligini aniqlaydi? Misollar keltiring.
Pos funksiyasi qanday vazifani bajaradi?
Pos sunksiyasining qiymati qachon nolga teng bo‘ladi? Misollar keltiring.
Copy funksiyasi nima uchun qo‘llaniladi?
Copy funksiyasining qiymati sonli bo‘lishi mumkinmi? Misollar keltiring.
Mashqlar
Quyidagi funksiyalar bajarilgandagi natijasini aniqlang.
a) Concat(‘o‘, ‘na‘); b) Concat(‘ya‘, ‘sha‘,‘sin‘); d) a:=‘dunyo‘; Length(a);
e) Pos(‘o‘, ‘bahor‘); f) Copy(‘kino‘, 1,2) + Copy(‘oftob‘, 3,3);
Kiritilgan so‘z palindrom bo‘lishini tekshiruvchi dastur tuzing.
Kiritilgan so‘zdan “ona” so‘zini hosil qilish imkoniyatini aniqlovchi dastur tuzing.
A[1..N] satrli chiziqli jadval berilgan. Jadval elementlari asosida “ona” so‘zini hosil qilish imkoniyatini aniqlovchi dastur tuzing.
A[1..N] satrli chiziqli jadval berilgan. Jadval elementlari ichidan “m” harfdan boshlanadiganlarini aniqlovchi dastur tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |