Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 2-, 4-mashqlar. 2*. Darslikdagi 5-mashq.
Tasdiqlayman O`IB direktor
o`rin bosari_________________
Sana _____________IX- sinflar
_____ – dars. Такrоrlаsh darsi.
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga shart bo‘yicha takrorlash operatorlari yordamida dastur tuzishni o‘rgatish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash.
Asosiy tushunchalar:
Tasodifiy sonlar generatori, shart bo‘yicha takrorlash operatori.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Paskal dasturlash tili dasturi, mavzuga oid elektron qo’llanmalar va plakatlar tayyorlab qo‘yiladi
Concat funksiyasining vazifasi nimadan iborat? Misollar keltiring.
Concat funksiyasining o‘rniga boshqa amaldan foydalanish mumkinmi?
Qaysi funksiya satr uzunligini aniqlaydi? Misollar keltiring.
Pos funksiyasi qanday vazifani bajaradi?
Pos sunksiyasining qiymati qachon nolga teng bo‘ladi? Misollar keltiring.
Copy funksiyasi nima uchun qo‘llaniladi?
Copy funksiyasining qiymati sonli bo‘lishi mumkinmi? Misollar keltiring.
Mashqlar
Quyidagi funksiyalar bajarilgandagi natijasini aniqlang.
a) Concat(‘o‘, ‘na‘); b) Concat(‘ya‘, ‘sha‘,‘sin‘); d) a:=‘dunyo‘; Length(a);
e) Pos(‘o‘, ‘bahor‘); f) Copy(‘kino‘, 1,2) + Copy(‘oftob‘, 3,3);
Kiritilgan so‘z palindrom bo‘lishini tekshiruvchi dastur tuzing.
Kiritilgan so‘zdan “ona” so‘zini hosil qilish imkoniyatini aniqlovchi dastur tuzing.
A[1..N] satrli chiziqli jadval berilgan. Jadval elementlari asosida “ona” so‘zini hosil qilish imkoniyatini aniqlovchi dastur tuzing.
A[1..N] satrli chiziqli jadval berilgan. Jadval elementlari ichidan “m” harfdan boshlanadiganlarini aniqlovchi dastur tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |