Tasdi q layman


Propanni ajratib olish bloki



Download 3,17 Mb.
bet10/19
Sana30.12.2021
Hajmi3,17 Mb.
#193659
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
23-16 sardor

Propanni ajratib olish bloki

Suyuq uglevodorodlar (C3H8, C4H10, C5 yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi DA-1802

deetanizatorning kubidan (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) 113 °C dan yuqori bo‘lmagan temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida DA-1803 depropanizatorga (propanni ajratib olish bloki) beriladi.

DA-1803 depropanizator 52 klapanli likopchalardan iborat bo‘lib, ularda xom ashyo

tarkibida butan 0,33 % mol dan kam bo‘lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan propan (C3H8) va tarkibida propan 0,32 % mol dan kam bo‘lgan kub mahsulotini (C4H10, C5yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.

Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori qismiga

harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa almashish jarayoni borishi hisobiga propan bilan to‘yinadi. suyuqlik tarkibidagi propan konsentratsiyasining kolonnaning balandligiga bog‘liqlik profili keltirilgan. Og‘irroq (yuqori) uglevodorodlar (C4H10, C5+yuqori) bilan to‘yingan suyuqlik kolonnaning kub qismida yig‘iladi. Kolonnaning balandligi bo‘yicha uglevodorodlar aralashmasining tarkibi o‘zgarishi bilan birga, tutash fazalarning temperaturasi ham o‘zgaradi. kolonnaning u yoki bu qismidagi fazalarning ishchi temperaturasi haqida ma’lumot beruvchi, kolonnaning temperatura profili keltirilgan.

Kolonnadagi bosim belgilangan qiymatdan tushib ketganda PV-18040A “NO” klapan

yopiladi, PV-18040V “NZ” klapan esa ochilada, shu tariqa kolonnadagi bosim ko‘tarilishi va propanning kondensatlanishining pasayishi ta’minlanadi. Kolonnadagi bosim belgilangan qiymatdan ortib ketganda, klapanlarning harakat yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi. Kolonnani bosimning ortib ketishi va mash’alaga tashlanadigan propanning hajmini kamayib ketishidan himoya qilish uchun bir qator himoya choralari ko‘zda tutilgan: - 1270-1400 kPa oraliqda bosim belgilangan qiymatdan ortib ketganda, propan FA-1805 “ho‘llash” suyuqligi sig‘imining yuqori qismidan quruq mash’ala tashlamalarini yig‘ish tizimiga tashlanadi. PV-18039 “NZ” klapanning ishi RS-18039 asbobi yordamida, bosimning yuqori “N” va quyi ”L” qiymatlarida signalizatsiya bilan, boshqariladi. tizimdagi bosimning qiymati 1400 kPa ga etkanda, PS-18025A/B/C manbadan uzgichlar ishga tushadi. Manbadan uzgichlardan birining ishlab ketishi PAHH-18025A/V/S signalizatsiyani ishga tushiradi. Uch manbadan uzgichdan ikkitasining ishlab ketishi I-1804 blokirovkani ishga tushiradi.

Kolonnaning yuqori qismidan olinadigan 36-40 °C temperaturadagi mahsulot EA-1812

kondensator (depropanizator kondensatori) ning quvurlararo hududiga beriladi.

EA-1812 kondensator gorizontal ikki yo‘lli g‘ilofquvurli issiqlik almashgichdir.

Kondensatorda propan aylanma suv bilan issiqlik almashish hisobiga sovuydi va

kondensatlanadi. Beriladigan aylanma suvning temperaturasi 24-28 °C ni tashkil etadi. Suvning qaytuvchi oqimining temperaturasi 29-33 °C ni tashkil etadi. Suvning qaytuvchi oqimining temperaturasini davriy ravishda nazorat qilish uchun, uning qaytish quvuro‘tkazgichida TW-18057 moslamasi o‘rnatilgan. Kondensatorning quvurlar hududi va bog‘lovchi quvuro‘tkazgichlarni bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun, aylanma suvning chiqish quvuro‘tkazgichida 1520 kPa bosimga mo‘ljallangan, PSV-1817 saqlovchi klapan o‘rnatilgan. Suv saqlovchi klapandan xavfsiz joyga tashlanadi.

Kondensatordan chiqqan 30-36 °C temperaturadagi propan FA-1805 “ho‘llash”

sig‘imiga beriladi.

Kondensatordan kondensatlanmaydigan komponentlarni davriy ravishda chiqarib

tashlash uchun, uning yuqori qismiga, gaz fazani mash’alaga tashlovchi quvuro‘tkazgich ulangan. FA-1805 “ho‘llash” suyuqligi sig‘imi uglerodli po‘latdan yasalgan, hajmi 7,2 m3

bo‘lgan gorizontal silindrik apparatdir.

“Ho‘llash” suyuqligi sig‘imini, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun, 1520 kPa bosimga mo‘ljallangan, PSV-1827&S saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan. Propan saqlovchi

klapanlardan quruq mash’ala tashlamalarini yig‘ish kollektoriga tashlanadi. 30–36 C

temperaturadagi suyuq propan “ho‘llash” suyuqligi sig‘imidan GA-1803,S nasoslarning so‘rish qismiga beriladi.

GA-1803,S markazdan qochma gorizontal nasosdir. (Nasosni ishlatish bo‘yicha to‘liq

ma’lumot “Texnologik nasoslarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma” da keltirilgan).

Nasosning so‘rish qismiga predmetlarni tushib qolishi va uning ishdan chiqishini

oldini olish uchun suyuq propanni berish quvuro‘tkazgichida mexanik filtr o‘rnatilgan. To‘rning diametri 50 mesh.

Nasoslar korpusidagi bosim joyida PG-18075 va PG-18076 manometrlar bilan

o‘lchanadi. Suyuq propanning FA-1805 “ho‘llash” suyuqligi sig‘imidan chiqish

quvuro‘tkazgichida, nasosning so‘rish qismida XV-18029 uzgich klapan o‘rnatilgan. Klapanni boshqarish (ochish/yopish) DCS dan HS-18029 qaytaulagich bilan amalga oshiriladi. SHuningdek, klapanni joyida RV-18029 tugmacha bilan yopish mumkin. Klapanning yopilishida, ZSO-18029 ulagichning “ochiq” holat signali I-1808 blokirovkani ishga tushiradi, natijada GA-1803&S “ho‘llash” suyuqligini beruvchi nasosning ishdan chiqishining oldi olinib, u to‘xtatiladi. Nasosdan chiqqan suyuq propan, DA-1803 kolonnaning yuqori qismiga “ho‘llash” uchun beriladi. Depropanizatorning 1-likopchasiga beriladigan “ho‘llash” suyuqligining miqdori FC-18019 asbobi yordamida, ushbu quvuro‘tkazgichda o‘rnatilgan FV-18019 “NO” klapani vositasida tartibga solinadi.

. FC-18019 asbobi uchun topshiriq butanning propandagi konsentratsiyasi asosida beriladi. “Ho‘llash” suyuqligi sig‘imidagi sathga bog‘liq holda propanning bir qismi butan

fraksiyasi bilan aralashtirish uchun beriladi. Beriladigan propanning miqdori FI-18018

sarfo‘lchagich bilan o‘lchanadi. Aralashtirilgan propan-butan fraksiyasi (PBF) oqimi saqlash va iste’molchilarga jo‘natish uchun tovar parkiga yuboriladi. Beriladigan PBF ning miqdori FI-18040 summator bilan o‘lchanadi. PBF ning chiqish quvuro‘tkazgichida NV-18031 uzgich klapan o‘rnatilgan. Mazkur klapanni boshqarish (ochish/yopish) DCS dan HS-18031 qaytaulagich bilan amalga oshiriladi. SHuningdek, klapanni joyida RV-18047 tugmacha bilan yopish mumkin.

Propanni butan bilan aralashtirish bo‘limidan oldin, davriy ravishda foydalaniladigan,

propan sovutish sikli tizimini (propan sovutish agenti qurilmasi, 1500 zona) propan bilan

ta’minlash quvuro‘tkazgichi mavjud. Beriladigan tovar propanning tarkibini, davriy ravishda analitik nazorat qilish uchun ta’minlash suyuqligi berish quvuro‘tkazgichida S-1810 namunalar olish nuqtasi o‘rnatilgan. Suyuq fazadagi (C4H10, C5 yuqori) uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti kolonnnaning kub qismidagi haydash seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar aralashmasi 113-114 °C temperaturada haydash seksiyasidan, termosifon vositasida EA-1813 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi.

EA-1813 kub reboyleri vertikal g‘ilofquvurli issiqlik almashgichdir. Suyuq faza reboylerda past bosimdagi to‘yingan bug‘ bilan issiqlik almashish hisobiga isiydi. Bug‘ kub reboylerining quvurlararo hududiga 170°C temperaturada va 500 kPa bosim ostida

beriladi. Suyuq fazaning reboylerda isishi natijasida oson uchuvchi uglevodorodlar bug‘lanadi, buning natijasida issiqlik almashgichnig butun balandligi bo‘yicha uglevodorodlar aralashmasining zichligi kamayadi. Issiqlik almashgichnig haydash seksiyasidagi va kub reboyleridagi mahsulotlarning zichliklari orasidagi farq termosifon jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Kub reboylerining quvurlararo hududiga beriladigan bug‘ning miqdori, FC-18018

sarfo‘lchagichning pog‘onali ishlash rejimida, nazorat likopchasidagi temperaturaga bog‘liq holda, topshiriqni qayta belgilab, tartibga solinadi. Kolonnaning nazorat likopchasidagi ishchi temperatura 88-90 °C darajasida ushlab turiladi.

Beriladigan bug‘ning bosimi reboylerga kirish joyida PG-18071 manometr bilan

o‘lchanadi. Issiqlik almashish jarayonida reboylarda bug‘ kondensatlanadi, bug‘ kondensati reboylerdan FA-1810 bug‘ kondensati sig‘imiga yuboriladi. FA-1810 bug‘ kondensatini yig‘ish sig‘imi, hajmi 0,34 m3 bo‘lgan vertical sig‘imdir. Bug‘ning yig‘ish kollektoriga o‘tib ketishini oldini olish, mazkur yig‘ish sig‘imining vazifasi hisoblanadi.

Inert, kondensatlanmagan gazlarning yig‘ilib qolishi va kub reboylerining bug‘ tizimi ishining buzilishini oldini olish maqsadida, uning yuqori qismidan, 23 kg/h miqdorida

yuqoridan olinadigan mahsulotni doimiy tashlash amalga oshiriladi. Tashlanadigan mahsulot miqdorining doimiyligi FO-18028 cheklovchi diafragma bilan ta’minlanadi, kondensat bug‘ kondensatini yig‘ish kollektoriga tashlanadi.

Kub reboylerining quvurlararo hududi va bog‘lovchi quvuro‘tkazgichlarni reboylerga

bug‘ning kirish quvuro‘tkazgichidagi bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun, 1620 kPa bosimga mo‘ljallangan, PSV-1815 saqlovchi klapan o‘rnatilgan. Bug‘ saqlovchi klapandan atmosferaga tashlanadi.

Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 120-122 °C

temperaturada, kub qismining yig‘ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi yig‘ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko‘tariladi.

Kub reboylerining unumdorligini nazorat qilish uchun, reboylardan chiqayotgan

uglevodorodlar oqimining temperaturasini davriy ravishda, kub mahsulotini depropanizator kubiga berish quvuro‘tkazgichiga o‘rnatilgan TW-18067 moslamasi vositasida, o‘lchash imkoni mavjud.

120-122 °C temperaturadagi suyuq faza (C4H10, C5+yuqori) kolonna kubining yig‘ish

seksiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, butanni ajratib olish blokiga beriladi.

Yig‘ish seksiyasidagi suyuqlikning sathi, sathning yuqori “N” va quyi “L” qiymatlarida

signalizatsiya bilan, LC-18007 asbobi yordamida o‘lchanadi. Yig‘ish seksiyasidagi suyuqlikning sathi joyida LG-18062A/B satho‘lchagich bilan o‘lchanadi.

Chiqarib olinadigan mahsulot miqdori FS-18017 asbobining pog‘onali ishlash rejimida,

kolonna kubidagi sathga (LC-18006) bog‘liq holda topshiriqni qayta belgilab, tartibga solinadi. Tartibga solish, kub mahsulotini chiqish quvuro‘tkazgichiga o‘rnatilgan FV-18017 “NZ” klapani vositasida, amalga oshiriladi.



ASOSIY QURILMANING TEXNOLOGIK HISOBI

Reaktorning moddiy balansini hisoblash. Toza xom-ashyo bo`yicha reaktor ish unumdorligi Ge=250 000 t/yil.

Moddiy balans. 3-jadval




SARIFLANGAN MIQDORI

% massa

t/yil

t/kun

t/soat

Kg/sek

Kirish

Gaz

100

250 000

753,3

30637.5

8.510

jami

100

250 000

753,3

30637.5

8.510

olindi

Quruq gaz

4.8

12000

35.29

1470.6

0.408

Propanli fraksiya

24.5

61250

180.14

7506.2

2.08

Izobutanli fraksiya

14.6

36500

170.35

4473.1

1.24

Butenli fraksiya

36.8

92000

270.59

11274.6

3.13

C5 va yuqori

19.3

48250

142

5913

1.64

jami

100

250 000

753,3

30637.5

8.510

G1= = 735.3 t/kun

G2= = 30.637*1000=30637 kg/soat

G3= = 8.51 kg/sek

Bir yillik ishlab chiqarish.

Gq.g= = 12000 t/yil

Gp.f= = 61250 t/yil

Gizo.f= = 36500t/kyil

Gb.f= = 92000 t/yil

GC5= = 48250 t/yil

Kunlik ishlab chiqarish.

Gq.g= = 35.29 t/kun

Gp.f= = 180.14 t/kun

Gizo.f= = 107.35 t/kun

Gb.f= = 270.59 t/kun

GC5= = 142 t/kun

Soatlik ishlab chiqarish.

Gq.g= = 1470.6 kg/soat

Gp.f= = 7506.2 kg/soat

Gizo.f= = 4473.1 kg/soat

Gb.f= = 11274.6 kg/soat

GC5= = 5913 kg/soat

Sekundlik ishlab chiqarish.

Gq.g= = 0.408 t/sek

Gp.f= = 2.08 t/sek

Gizo.f= = 1.24 t/sek

Gb.f= = 3.13 t/sek

GC5= = 1.64 kg/sek


Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish