TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH
TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH
Turli texnologik uskunalar va sistemalar talab etilgan vazifalarni bajarishi uchun biron bir boshqarish jarayonini tashkillashtirish lozim. Boshqarish jarayoni “qo‘l” usulida yoki umumiy xolda avtomatlashtik boshqarish sistemalari deb ataluvchi texnik vositalar birligi orqali amalga oshiriladi.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish texnik progressning ishlab chiqarish madaniyatining yuksalishiga, maxsulot sifatini oshishiga, uskuna unumdorligiga, maxsulotni ishlab chiqarishda xom ashyoning umumiy sarfini, energiya va mexnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit himoyasini yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod qilishga shu bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik ko‘rsatgichlarni yaxshilashga qaratilgan asoslaridan biridir.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatlashtirishning maqsadi–mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat–texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Haroratni rostlash. Qurilmaga kirayotgan bug’ sarfi bo’yicha haroratni rostlash uchun trubaquvurga izolyatsion holda, SITRANS TR Pt100 elektr qarshilik termometrlari TT (1-1) o’rnatilgan. Ijrochi mexanizm sifatida REVCA teskari membranali rostlash klapani va 1.4 atmosfera bosimidagi NO’A va A pnevmomanbasi asosida ishlaydigan pozitsioner o’rnatilgan
Balandlikni rostlash. Qurilmaga past qismidan maxsulot nasos oraqli beriladi, shuning uchun reaktordagi balandlikni nasos bo’yicha rostlanadi. Rostlash uchun Pointek KLS 400 sath o’lchov asbobi LT (2-1) yordamida o’lchanadi va analog signal shitga yuboriladi. Ijrochi mexanizm sifatida pozitsiya 2-4 nasosdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |