BNC — konnektorlar. Kaoksial kabel uchlariga o‘rnatish uchun ishlatiladi. Bu turdagi konnektor yordamida kabel tarmoq kartasiga, tarmoq qurilmasining portiga va BNC turidagi boshqa konnektorlarga ulanadi, masalan, T yoki I turidagi konnektorlarga.
4.17-rasm. BNC — konnektori.
T — konnektorlar. Konnektorning bu turi kaoksial kabeldan foydalanilganda asosiy kabel magistrali bilan komp’yuterning tarmoq kartasini yoki boshqa tarmoq qurilmalarini ulash uchun «Shina» topologiyasida ishlatiladi.
T — konnektorning tashqi ko‘rinishi oddiy BNC — kon- nektoriga o‘xshash, lekin markaziy magistralga birikish mosla- masi mavjuddir (4.18-rasm).
T — konnektor har doim BNC — konnektori bilan birga- likda ishlatiladi (kabel bo‘lagini uzaytirish uchun) yoki terminator bilan (kabelning oxirgi uchini yopish uchun).
4.18-rasm. T — konnektorlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |