Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


- rasm. 100 Base-TX standartli USB-portiga ulanuvchi tarmoq adapteri



Download 1,61 Mb.
bet37/56
Sana12.02.2022
Hajmi1,61 Mb.
#445336
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
TARMORLARNI rejalashtirish

4.3- rasm. 100 Base-TX standartli USB-portiga ulanuvchi tarmoq adapteri.


4.4- rasm. HomePNA standartli tarmoq adapteri.


4.5- rasm. HomePlug standartli tarmoq adapteri.




4.6-rasm. PCMCIA portiga o‘rnatilishi uchun mo‘ljallangan tarmoq adapteri.



Komp’yuter tarkibida adapter platasini ravon ishlashi uchun uning asosiy ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri o‘rnatish zarur:

  • kiritish-chiqarish portining asos manzili (ya’ni manzil maydonining boshlanish manzilini, u orqali komp’yuter adapter bilan muloqot qiladi);

  • foydalaniladigan uzilish nomeri (ya’ni taqiqlash yo ‘lining nomeri, u orqali komp’yuterga adapter o‘zi bilan ax- borot almashinuvi zarurligi haqida xabar beradi);

  • bufer va yuklanuvchi xotiralarning asos manzili (ya’ni adapter tarkibiga kiruvchi komp’yuter aynan shu xotira bilan muloqot qilishi uchun).

Bu ko‘rsatkichlarni foydalanuvchi tomonidan adap­ter platasidagi ulash moslamasi (djamer) yordamida tan- lab o‘rnatish mumkin, lekin plata bilan beriladigan maxsus adapterni inisializasiyalovchi dastur yordamida ham o‘rnatish mumkin. Hamma ko‘rsatkichlarni (manzil va uzilish nomeri) tanlashda e’tibor berish kerakki, ular komp’yuterning boshqa qurilmalarida o‘rnatilib band bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan farq qilishi kerak. Hozirgi zamon tarmoq adapterlarida ko‘pincha Plug-and-Play tartibi qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlarni foy­dalanuvchi tomonidan o‘rnatilishining (sozlashning) xojati yo‘q, ularda sozlash komp’yuter elektr manbayiga ulanganda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Adapterning asosiy tarmoq vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • komp’yuter va mahalliy tarmoq kabelini galvanik ajra- tish (buning uchun odatda signalni impuls transforma- tori orqali uzatiladi);

  • mantiqiy signallarni tarmoq signallariga va aksiga o‘zgartirish;

  • tarmoq signallarini kodlash va dekoderlash;

  • qabul qilinayotgan paketlardan aynan shu abonentga manzillashtirilgan paketlarni tanlab qabul qilish;

  • parallel kodni ketma-ket kodga axborot uzati- lishda o‘zgartirish va axborot qabul qilishda aksiga o‘zgartirish;

  • adapterning bufer xotirasiga uzatilayotgan va qabul qili­nayotgan axborotlarni yozish;

  • qabul qilingan axborot almashinuvini boshqarish usu- lida tarmoqqa bog‘lanishni tashkil qilish;

  • axborotlarni qabul qilish va uzatishda paketlarning na- zorat bitlari yig‘indisini hisoblash.

Odatda hamma tarmoq vazifalari maxsus katta integral sxe- malar yordamida amalga oshirilganligi uchun adapter platasi- ning o‘lchami kichik va narxi arzondir.
Agarda tarmoq adapteri bir necha turdagi kabellar bilan ish- lay olsa, u holda yana bir sozlanish lozim bo‘lgan ko‘rsatkich qo‘shiladi (kabel turini tanlash). Masalan, adapter platasida u yoki bu turdagi kabelga ulash uchun moslama (nepeMbi^Ka) bo‘lishi mumkin.
Adapterdan boshqa hamma mahalliy tarmoq qurilmalari yordamchi qurilmalar bo‘lib, ko‘pincha ularsiz ham ishni tashkil qilish mumkin.
Transiverlar yoki uzatish va qabul qilish qurilmalari (TRANsmitter+reSEIVER, nepeMonepeaaHHKH), ular adap­ter bilan tarmoq kabeli o‘rtasidagi axborotni uzatish uchun xizmat qiladi yoki tarmoqning ikki qismlari (segment) o‘rtasidagi axborot uzatishni amalga oshiradi. Transiver sig- nalni kuchaytirish, signal qiymatlarini o‘zgartirish yoki signal ko‘rinishini o‘zgartirish (masalan, elektr signalini yorug‘lik signaliga va teskariga) ishlarini bajaradi. Ko‘pincha adapter platasiga o‘rnatilgan qabul qilish va uzatish qurilmasini tran- siver deb ham yuritiladi.
Repiterlar yoki qaytaruvchi (repeater, noBTOpHTenH) quril- masi transiverga nisbatan ancha oddiy vazifani bajaradi. U faqat susaygan signalni qayta tiklab avvalgi ya’ni uzatilgan vaqtidagi ko‘rinishga (amplitudasi va ko‘rinishini) keltiradi. Signalni qayta tiklashning asosiy maqsadi, tarmoq uzunligini oshirish- dan iborat (4.7-rasm). Lekin repiterlar ko‘pincha boshqa funk- siyalarni ham bajaradi, masalan, tarmoqqa ulanadigan qism- larni galvanik ajratish. Repiterlar va transiverlar hech mahal o‘zidan o‘tayotgan axborotga hech qanday ishlov bermaydi.


4.7-rasm. Tarmoqning ikki bo‘lagini repiter yordamida ulash.



Konsentratorlar (Hub), o‘z nomidan kelib chiqadiki, bir necha tarmoq qismlarini birlashtirib bir butun tarmoq hosil qilishga xizmat qiladi. Konsentratorlarni aktiv va passivga ajratish mumkin.
Passiv konsentratorlar konstruktiv jihatidan bir necha re- piterlarni o‘z tarkibiga olgan bo‘ladi. Ular repiterlar baja- radigan vazifalarni o‘zini bajaradi (4.8-rasm). Bunday kon- sentratorlarning alohida olingan repiterlarga nisbatan afzal- ligi hamma ulanish nuqtalari bir joyga yig‘ilganligidadir. Bu tarmoq tuzilishini o‘zgartirishga qulaylik yaratadi, tarmoqni
nazorat qilish va nosozliklarni topishni osonlashtiradi. Shu- ningdek, hamma repiterlar bu holda sifatli va bir nuqtadan elektr manbayiga ulanadi. 4.9-rasmda konsentratorning tashqi ko‘rinishi keltirilgan.


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish