Boshlang‘ich
taqsimlagich
(1 bayt)
Bog‘lanishni
boshqarish
(1 bayt)
Oxirgi taqsimlagich
(1 bayt)
Marker — bu boshqarish paketi bo‘lib, uchta baytdan iborat- dir (5.8-rasm): boshlang‘ich taqsimlovchi bayt (SD-Start Delimiter, 6anr Hana^Horo pa3fle^HTe^n), bog‘lanishni boshqarish bayti (AC — Access Control, ynpaB^eHne nocrynoM) va oxirgi taqsimlagich bayti (ED — End Delimiter, KOHenHbin pa3fle^HTe^). Boshlang‘ich taqsimlagich va oxirgi taqsimlagich nafaqat nol va birlar ketma-ketligi, maxsus ko‘rinishdagi im- pulslarni o‘z tarkibiga oladi.
5.8-rasm. Token-Ring tarmoq markerining o‘lchami.
Taqsimlagichlarning bu sharofati uchun ularni paketning boshqa baytlariga hech qachon aralashtirib yuborilmaydi. Taqsimlagichlarning to‘rtta biti qabul qilingan kodlashtirishda nol qiymatga ega bo‘lsa, qolgan to‘rtta bitlar qiymati Manchester II kodiga to‘g‘ri kelmaydi: ikki bit oralig‘ida signal- ning bir qiymati saqlanib tursa, qolgan ikkita bit oralig‘ida boshqa qiymat saqlanadi. Qabul qiluvchi qurilma sinxrosig- nalning bunday yo‘qolganini osongina bilib oladi. Boshqarish bayti to‘rtta maydonga bo‘lingan (5.9-rasm): uchta bit navbat o‘rnatish biti, bitta bit monitor biti va uchta bit zaxira biti. Navbat biti abonentlar paketlariga yoki markerga navbat bel- gilash uchun kerak (navbat 0 dan 7 gacha bo‘lib, 7 eng yuqori, ya’ni eng birinchi navbatni bildirsa, 0 esa eng pastki ya’ni eng oxirgi navbatni bildiradi). Abonent markerga o‘z paketini, o‘zining navbat nomeri bilan marker navbati to‘g‘ri yoki katta bo‘lgan holda qo‘sha oladi. Bit markeri — bu markerga paket qo‘shilganmi yoki yo‘qmi ko‘rsatib beradi (1 — marker paketsiz ekanligini bildirsa, 0 — marker paketli ekanligini ko‘rsatadi). Monitor biti — birga o‘rnatilgan bo‘lsa, bu marker aktiv monitor tomonidan uzatilganligidan xabar beradi. Zaxiralash biti abonentga tarmoqqa kelajakda bog‘lanish huquqini band qilish uchun ishlatishga imkon beradi, ya’ni xizmat ko‘rsatish nav- batiga turish uchun kerakdir.
7 6 5 '
|
|
3 2 10
|
' -Y" ' 1
Navbat
o'matish bitlari
|
^ i
|
t V
Zaxiralash
bitlari
|
Marker biti
|
M
|
onitor biti
|
5.9-rasm. Bog‘lanishni boshqarish baytining o‘lchami.
Token-Ring paket formati 6.10-rasmda keltirilgan. Bosh- lang‘ich va oxirgi taqsimlagichlardan, shuningdek, bog‘lanishni boshqarish baytidan tashqari, paket tarkibiga paketni boshqa-
rish bayti, uzatish va qabul qilish qurilmalarining tarmoq manzili, axborotlar, nazorat bitlar yig‘indisi va paket holatini ko‘rsatuvchi baytlar kiradi.
axborotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |