Вертикал интеграция стратегияси мазмуни
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya texnologik zanjirda o„z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi.(11-rasm).
Kompaniya mablag`larini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki kushimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik hisoblanmaydi va unga mablag` sarflashning foydasi yuk.
«Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda ishlab chiqarishning talab etiladigan hajmi shu darajada yuqori bo„ladiki, u xuddi ta‟minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta‟minlaydi.
«Oldinga» vertikal integratsiya ham ana shunday ildizlarga ega.
Вертикал интеграция муаммолари
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1. Integrallashgan firmalar yangi texnologiyalarga sekin kunikish tendensiyasiga ega bo„ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan boglik.
2. Integratsiya ta‟minotchilarni erkin tanlash xususida firmaning imkoniyatlarini cheklaydi.
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi har bir bosqichda quvvatlarni balansligi bilan boglik bo`lgan muammolarga olib keladi.
4. «Oldingi» yoki «orqaga» integratsiya turli malaka, mahorat va ishbop kobiliyatlarini talab etadi.
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari ham bor. Ularning ichida eng muhimi quyidagilardir:
- ortiqcha xarajatlar;
- texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar;
- talabning mavxum bo`lgandagi yuqotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta‟minot manbalari mavjud bo`lib, uz ishlab chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni kupaytirib yuborishi mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli ham yuz berishi mumkin bo`lib, bu uning shu‟ba korxonalarini (yetkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin uzgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga bog„lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bo`lganda yuqoriroq integratsiya darajasi mahsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq himoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bo`lganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin bo„ladi. Bu boshqaruv qiymatining o`sishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya tula integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bo`lib chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |