Рақобат устунликларини ҳимоя қилишга ёндашувлар Kompaniya o’z bozor mavqeini himoyalashining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan birinchisi raqobatchi hujum uyushtirishi mumkin bo’lgan yo’nalishga to’siq o’rnatishni nazarda tutadi:
Raqiblardan oldin bozorning bo’sh sigmentlarini tovar nomenklaturasini kengaytirishi orqali band qilish. Raqiblarni uyushtirish mumkin bœlgan hujumlarining oldini olish.
Raqiblarda mavjud tovarlarni (modellar va markalar) bozorga kiritish.
Raqiblarga nisbatan pastroq narxlarni ta’minlash.
Dilerlar va distribьyuterlar bilan raqobatchilar tovarlarini tarqatmaslik to’g’risida eksklyuziv shartnomalar tuzish.
Dilerlar va distribьyuterlarga tovar narxlarini iloji boricha arzonlashtirish imkonini berish.
Istemolchilarga tovarni o’rganish uchun sharoit yaratish.
O’z tovarlarini sinab ko’rishga chaqirish orqali xaridorlarni o’z tomoniga jalb etmoqchi bo’lgan raqobatchilarga muammolar tug’dirish uchun:
Tovarlarni sinab ko’rmoqchi bo’lgan xaridorlarga maxsus past narxlarni taklif etish.
Sinab ko’rish tovarni xaridorlarga uchun imtiyozli kuponlar va sovg’alar tashkil etish.
Xaridorlarning raqobatchilar tovarlariga o’tib ketishini oldini olish uchun xaridorlarni yangi tovar paydo bo’lishi yoki narx pasaytirilishi to’g’risida ertaroq xabardor qilish.
Ehtiyot qismlar bilan ta’minot vaqtini qisqartirish, kafolat muddatlarini uzaytirish, alьternativ texnologiyalarni patentlash va himoyalash.
Raqobatchilarni tabiiy resurslarga yetishishini qiyinlashtirish, raqobatchilarga ishlaydigan ta’minotchilarni bozordan siqib chiqarish.
Nazorat va sud organlarida raqib mahsulotining sifati va xizmatlariga qarshi isklar tashkil qilish.
Himoya strategiyasini amalga oshirishning ikkinchi usuli raqobatchi hujumkor kompaniyalarni qanday xavf-xatar kutayotgani to’g’risidagi axborotlarni tarqatish ya’ni, agar ular hujumga o’tadigan bo’lsa, jiddiy qarshilikka uchrashini ma’lum qilish. Ushbu strategiyani maqsadi – raqib ko’llashi mumkin bo’lgan hujumni bartaraf etish. Hujum ro’y beradigan bo’lsa, ularni katta moliyaviy yo’qotishlar kutayotganidan ogoh etish. Hech bo’lmaganda, ularni himoyalanuvchi uchun mos keladigan yo’nalishlarga jalb etish. Agressorlarni quyidagi yo’llar bilan ogohlantirish mumkin:
Rahbariyatning kompaniya bozor ulushini ta’minlash majburiyatini olganligini va uni jiddiy himoya qilishni e’lon qilish.
Tarmoqdagi talabni to’la qondiradigan, kerak bo’lsa, ortig’i bilan talabni qondirilishi mumkinligini raqobatchilarga bildirish uchun, kompaniyaning ishlab – chiqarish imkoniyatlarini oshkor etish.
Raqobatchilarni yangi mahsulot to’g’risida ularning ishlab–chiqarish hajmi, tannarxi va narxi to’g’risida, yangi texnologiyalarning ishga tushganligi to’g’risida ogoh etish.
Kompaniyaning tovarlari va narxlari raqobatga bardosh berishini ochiq e’lon qilish, zahira fondi va qimmatli qog’ozlar hajmi to’g’risida ma’lumotlarni oshkor etish.
Kompaniyaning yaxshi himoyalanishi mumkinligini namoyish etish uchun kuchsiz kompaniyalarga qattiq zarbalar berish.