Tarixdan hikoyalar 1-dars


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash



Download 1,53 Mb.
bet3/6
Sana05.11.2019
Hajmi1,53 Mb.
#25111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-sinf tarix


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

“Kim chaqqon” o`yini orqali yangi mavzu mustahkamlanadi.

1.Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurolini nimadan yasashgan? (chaqmoqtoshdan)

2.Dastlabki mehnat qurollarining og`irligi qancha bo`lgan? (500 gramm, 1kilogramm)

3.Qaysi odam nayzani yasagan? (neandertal)

4.O`q-yoy qachon ixtiro qilingan? (mil. Avv. 12-7 ming yillik oralig`ida)

5.Odamlar birinchi bo`lib qaysi metalldan qurol yasashni o`rgandilar? (mis)

6.Qadimgi odamlarning mashg`ulotlari nima bo`lgan? (termachilik va ovchilik)

7.Odamlar qachon o`troq hayotga o`ta boshladilar? (mil. avv.6-4 ming yillikda)

8.Dehqonchilik va chorvachilik qanday xo`jalik deb ataladi? (ishlab chiqarivchi xo`jalik)

9.Dastlabki uylar nimadan qurilgan? (paxsa va guvaladan)

V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni o`quvchi daftariga yozdirish.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e’lon qilish



VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. O’IBDO’ ___________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 9-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Arxeologiya tarixidan

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga xaritalar va ularning yaratilishi haqidagi bilimlar beriladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilarga ajdodlarimizning xaritashunoslik faniga qo`shganhissalarini o`rgatish, ularga hurmat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash malakasini rivojlantirish.

Kompetensiyalar: 1.Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish

2.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish

3.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: “Kim chaqqon” o`yini, “Kichik ma’ruza”, savol-javob.

Dars jihozi:darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari maks ettirilgan rasmlsr, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 17 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish,



II.Uy vazifasini takrorlash:

“Kim chaqqon” o`yini orqali o`tgan mavzu mustahkamlanadi.

1.Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurolini nimadan yasashgan? (chaqmoqtoshdan)

2.Dastlabki mehnat qurollarining og`irligi qancha bo`lgan? (500 gramm, 1kilogramm)

3.Qaysi odam nayzani yasagan? (neandertal)

4.O`q-yoy qachon ixtiro qilingan? (mil. Avv. 12-7 ming yillik oralig`ida)

5.Odamlar birinchi bo`lib qaysi metalldan qurol yasashni o`rgandilar? (mis)

6.Qadimgi odamlarning mashg`ulotlari nima bo`lgan? (termachilik va ovchilik)

7.Odamlar qachon o`troq hayotga o`ta boshladilar? (mil. avv.6-4 ming yillikda)

8.Dehqonchilik va chorvachilik qanday xo`jalik deb ataladi? (ishlab chiqarivchi xo`jalik)

9.Dastlabki uylar nimadan qurilgan? (paxsa va guvaladan)

III.Yangi mavzu bayoni:

”Kichik ma’ruza” orqali yangi mavzu tushuntiriladi:

Arxeologiya so`zi ”arxeo” va ”logos”kabi ikki so`zdan iborat bo`lib, qadimshunoslik degan ma’noni anglataidi. Arxeologoya fani bilan shug`ullanuvchi kishilar –arxeologlar (qadimshunoslar) deb ataladi.Tarixda hech narsa izsiz yo’qolib ketmaydi,Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.Arxeologiya yodgorliklari tarix uchun muhim manbalardir.Arxeologiya yodgorliklarikishilik tarixining yozma tarixigacha bo`lgan davrini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.

Xo`sh, arxeologlar qanday ishlaydilar? Ular dastlab, arxeologik axtarish ishini o`tkazadilar.Shu orqali qazilma ishlari o`tkaziladigan joyni aniqlab oladilar.Bu joylar shahar xarobalari, qadimiy qabristonlar,manzilgohlar bo`lishi mumkin.So`ng ularningtaxminiy davrlari belgilab chiqiladi. Keyin esa arxeologok yodgorlik bor joy sinov tariqasida qisman qazib o`rganiladi

Madaniy qatlam- odamlar turmush faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlamidir.U bir necha santimetrdan o`ttiz besh metrgacha bo`lishi mumkin.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Arxeologiya fani bilan shug’ullanuvchi olimlar qanday nomlanadi?

A)tilshunoslar B)elshunoslar B)qadimshunoslar D)tangashunoslar

2.Suvosti arxeologiyasi tarixi qachondan boshlangan?



A)XX asrdan boshidan B)XIX asrdan

C)XX asrning ikkinchi choragidan D)XIX asrning yarmidan

3.O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi arxeologiya instituti kimning nomi bilan ataladi

A)Musa Saidjonov B)Yahyo G`ulomov C)Jak Iv Kusto D)Islom Karimov

4.Madaniy qatlam deb nimaga aytiladi?

A)odamlarning izlari saqlanib qolgan tuproq qatlamiga aytiladi.



B)odamlar turmush faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

C)odamlarning mehnat qurollari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

D)odamlarning uy-joylari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.



VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.

O’IBDO’ _______________



_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 11-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Qoyatosh suratlari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga eng tarixiy san’at namunalari bo`lmish qoyatosh suratlari haqida bilimlar berish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda o`tmishga, tarixga va ajdodlarimiz tafakkuriga nisbatan hurmat uyg`otish.

Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash ko`nikmasini shakllantirish.

Kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiyani, Milliy va umummadaniy kompetensiyasini,

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.



Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, atama ,tushuncha , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

II.Uy vazifasini takrorlash:

1.Arxeologiya fani bilan shug’ullanuvchi olimlar qanday nomlanadi?

A)tilshunoslar B)elshunoslar B)qadimshunoslar D)tangashunoslar

2.Suvosti arxeologiyasi qachondan boshlangan?

A)XX asr boshidan B)XIX asrdan

C)XX asrning ikkinchi choragidan D)XIX asrning yarmidan

3.O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi arxeologiya instituti kimning nomi bilan ataladi

A)Musa Saidjonov B)Yahyo G`ulomov C)Jak Iv Kusto D)Islom Karimov

4.Madaniy qatlam deb nimaga aytiladi?

A)odamlarning izlari saqlanib qolgan tuproq qatlamiga aytiladi.



B)odamlar turmush faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

C)odamlarning mehnat qurollari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

D)odamlarning uy-joylari saqlanib qolgan tuproq qatlami.

III.Yangi mavzu bayoni:

Mavzu ”Kichik ma’ruza” orqali tushuntiriladi:

Qoyatosh suratlarini bundan 30 ming yillar avval kramonon odamlari yaratganlar.Ularning bir qismi G’arbiy Yevropaning dunyoga mashhur Altamir va Lasko g’orlaridan topilgan.O’sha zamon tasviriy san’at ustalari hayvonlarni tasvirlashda qora,sariq va qizil ranglardan foydalanishgan.O’zbekistonda ushbu noyob san’at bundan taxminan 8-9 ming yillar avval paydo bo’lgan.Yurtimizda 100 dan ortiq ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan.Bular Zarautsoy,Sarmishsoy,Teraklisoy,Bironsoy,Qoracharvoqsoy va Xo’jakentdagi qoyatosh suratlaridir.Dastlabki san’atning noyob yodgorligi sifatida ”Qizil kitob”ga kiritilgan betakror qoyatosh suratlari bugun chet ellarda ham e’tirof etilmoqda.2008-yilda Zarautsoy,Sarmishsoy kabi bebaho madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, ular yo’qolib ketishi xavfining oldini olishga oid hukumat qarorlari qabul qilindi.Eng muhimi,Sarmishsoy suratlari umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO tomonidan ro’yxatga olindi va ”Ochiq osmon ostidagi muzey” deb rasman e’lon qilindi.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Guruhlar ishi”.O`quvchilar beshta guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.



1-guruhga: Qoyatoshlarga bitilgan suratlardan nimalarni o`rganishimiz mumkin ekan?

2-guruhga: O`zbekistonning qaysi hududlaridan qoyatosh suratlari topilgan?

3-guruhga: Yevropadagi Altamir, Kapova va Lasko g`orlaridagi suratlar nimasi bilan ahamiyatli?

4-guruhga: San’at asarlarini yaratishda ajdodlarimiz qanday vositalardan foydalanganlar?

5-guruhga: Suratlarda asosan nimalar aks ettirilgan?

V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


O’IBDO’ __________________


_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 12-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Yozuv – insoniyatning buyuk kashfiyoti

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga yozuvning yaratilishi va uning ahamiyati haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: Tarixiy yozma manbalarga nisbatan qiziqish uyg’otish.

Rivojlantiruvchi: Og’zaki va yozma nutq rivojlantiriladi.

Kompetensiyalar:Milliy va umummadaniy kompetensiya, Kommunikativ kompetensiya, Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.

Dars jihozi:darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi, vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlar, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar, slayd.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 17 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

II.Uy vazifasini takrorlash: “Kim tez topish” o’yini.

1.Qoyatoshlarga bitilgan suratlarda asosan qanday jarayonlar aks ettirilgan? (ov jarayonlari)

2.Qoyatosh suratlari O’zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan? (Sarmishsoy, Teraklisoy, Bironsoy, Qoracharvoqsoy, Xo’jakent)

3.Altamir g’ori qaysi davlat hududida joylashgan? (Ispaniya)

4.Ajdodlarimiz suratlarni yaratishda qanday usullardan foydalanganlar? (urib-cho’kichlash va bo’yash)

5.Altamir g`ori suratlarida asosan nimalar aks ettirilagan?(yovvoyi hayvonlar va ov jarayoni)



III.Yangi mavzu bayoni:

Rasmlardan foydalangan holda “Kichik ma’ruza” qilinadi:

Davlatlar paydo bo`lgach o`zaro aloqalar , kelajak avlodga qoldirish masalasi yozuvning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi.

Yozuv kishilar o`rtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir.

Bundan 5-6 ming yil avval yer yuzida dastlabki yozuvlar paydo bo`lgan.Ularni Afrika va Osiyo xalqlari yaratganlar. Yozuv bugungi shakldagi ko`rinishga kelgunuga qadar uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi.

Qadimgi yozuvlarning turlari:

1.eslatuvchi belgilar,

2. buyumli yozuv,

3.rasmli yozuv,

4.so`z yozuvi,

5.alifbo


Alifbo-biror tilning yozuvi uchun qabul qilingan va qat’iy ketma-ketlikda joylashtirilgan yozmabelgilardir. Bu belgilar harf deyiladi.”Alifbo” so`zi esa arab alifbosining birinchi harfi(alif) va ikkinchi harfi (bo)ning qo`shib aytilishidan hosil bo`lgan so`zdir.


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Dastlabki yozuvlar qachon paydo bo’lgan? (bundan besh ming yil avval)

2.Dastlabki yozuvlar olimlar tomonidan qanday nomlangan? (eslatuvchi belgilar)

3.Dunyoda birinchi alifbo kimlar tomonidan yaratilgan? (Finikiyaliklar)

4.Sug’d alifbosi necha harfdan iborat bo’lgan? (23 ta)

5.Kirill alifbosi kimlar tomonidan yaratilgan? (Kirill va Mefodiy)

6.Hozirgi o’zbek alifbosi qaysi alifbo asosida yaratilgan? (lotin alifbosi asosida)

V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.

O’IBDO’_______________________




_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 10-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G















NAZORAT ISHI –I
Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:

-o`quvchilar olgan bilimlarini chuqurlashtirish;

-tarixiy xotira, tarixiy tafakkurini shakllantirish;

-olgan bilimlaridan xulosalar chiqarishga o`rgatish.



Nazorat turi: diktant

Uslub: yozma.

Jihoz: darslik, nazorat daftarlari, doska, bo`r.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 3 daqiqa.

II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 40 daqiqa

III.Uyga vazifa berish 2 daqiqa.


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish


II.Nazorat ishini yozish.

Diktant

Vatan so`zi ... ............. degan ma’noni bildiradi. O`zbekiston ...... ....yilda ............................ erishdi.Tarix arabcha so`z bo`lib, .................,.........................................................degan ma`nolarni anglatadi.O`zida tarixiy ma`lumotlarni aks ettiruvchi ashyolar va yozuvlar.......................................... deyiladi.

Tarixiy voqea va hodisalarning yuz bergan vaqtini aniqlovchi fan ......................................dir.Milodiy yil hisobi ............................................. tug`ilgan kundan boshlanadi, ”milod” so`zi esa .................. ma`nosini bildiradi.Eski hujjatlar ................ da saqlanadi.Yerning quyosh atrofida bir marta aylanib o`tadigan vaqti-.................. deyiladi. Dunyoda birinchi kalendarni ................... yaratganlar.O`zbekistonda yil hisobi .............................. kalendari asosida olib boriladi.

............................. yerning birinchi xaritasini yaratgan. O`z davridagi ilm-fan yutuqlariga asoslangan dastlabki.......................... bobomiz ...................... yaratgan. Odamzod eng qadimgi ajdodlarining suyaklari dastlab ................................... dan topilgan. O`zbekistonda...................... qiyofali odam qoldiqlari ............................................................... dan topilgan. Qoyatosh suratlari Navoiy viloyatida ..................................... darasidan topilgan.



III.Darsni yakunlash.

Nuqtalar o`rniga qo`yilshi kerak bo`lgan so`zlar: ona yurt, 1991-, mustaqillikka, o`tmish, o`tmish voqealar haqida hikoya, tarixiy manbalar, xronologiya, Iso payg`mbar, tug`ilish, arxiv, bir yil, misrliklar, Grigorian, Eratosfen, globusni, Beruniy, Afrika, neandertal, Surxondaryodagi Teshiktosh g`ori, Sarmishsoy . (jami 20 ta ma`lumot).


IV.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Yangi mavzu bilan tanishib kelish.

2.Axborot to`plash.
O’IBDO’ ____________________
_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 13-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G















Darsning mavzusi: ”Avesto”-ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga o`lkamiz tarixiga oid eng qadimiy yozma manba ”Avesto” haqida

bilim berish



Tarbiyaviy: O`quvchilarni to`g`ri diniy qarashlarga va qat’iy e’tiqodga ega insonlar qilib

tarbiyalash .



Rivojlantiruvchi: Diniy e’tiqodlarning vujudga kelish hsart-sharoitlarini tahlil qila olish

ko`nikmasini rivojlantirish.



Kompetensiyalar: Milliy va umummadaniy kompetensiyani, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

va Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.



Dars turi: aralash

Dars uslubi: og`zaki

Dars usuli: savol-javob, ”Aqliy hujum”, munozara

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash:

O`quvchilar daftaridan mustaqil ishning bajarilganligi tekshirib chiqiladi.

O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilinadi.

1.Yozuvning paydo bo`lishiga nimalar sabab bo`lgan ekan?

2.Yozuvning paydo bo`lishi taraqqiyotga qanday hissa qo`shdi?

3.Hozirgi yozuv dastlabki yaratilgan yozuvlardan nimasi bilan farq qiladi?

4.Olimlar yozuvlarni qanday turlarga bo`lganlar?

5.Hozirgi kunda qaysi alifbolar keng tarqalgan?

6.Respublikamizda nima uchun lotin yozuviga asoslangan alifboga o`tildi?
III.Yangi mavzu bayoni:

Rasmlardan foydalangan holda “Kichik ma’ruza” qilinadi:

Avesto” haqida. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda qadimgi Xorazm diyorida zardushtiylik dini paydo bo’ldi.Bu dinning nomi uning payg’ambari Zardusht nomidan olingan. Zardushtiylik dinida Ahuramazda (“donishmand”, “yuksak”, “daholi”) oliy xudo deb e’tirof etiladi. Muqaddas kitobi esa “Avesto” deb ataladi.

Avesto” o’zbek tilida “qat’iy o’rnatilgan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi.

Avesto” 2700 yil avval Xorazmda yaratilgan.

U 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan va Eron podshosi Doro III xazinasida saqlangan.

Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog'ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi. Oradan bir necha asrlar o'tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi. «Avesto» O'rta Osiyo, birinchi navbatda, O'zbekistonning o'tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e'tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o'rganiladi.

«Avesto»ning mazmuni. «Avesto»da ta'kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan. Barcha yovuzliklarni (o'lim, qahratonqish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi. Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug'likni va adolatni himoya qiladi. Ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g'alaba qozonadi. Biroq, buning uchun kishilar – yolg'on gapirmasliklari, bergan va'dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim. Insondagi bu uch xislat barkamollik belgisi hisoblangan. Bu uch xislatni o'zida shakllantirgan kishilar Ahuramazda tarafdoriga aylanadilar. Yovuz kuchlar ziyon yetkazmasligi uchun odamlar yer haydab dehqonchilik qilishga, g'alla yetishtirishga, chorvachilik bilan shug'ullanishga da'vat etilgan va bunday mehnat sharaflangan. Ezgu fikr (oliyjanob o'y, fikr), ezgu so'z va ezgu amallar (xayrli ishlar) zardushtiylik dinining bosh g'oyasini tashkil etadi.

Zardushtiylik dinida olov, tuproq, suv va havo muqaddas hisoblanadi. Olov yorug’lik manbayi bo’lganligi uchun e’zozlangan. Suv va havo esa hayot manbayi bo’lganligi uchun e’zozlangan. ”Avesto”da ta’kidlanishicha, Ahuramazda o’zi yaratgan adolatli tartib-qoidalarning amal qilishi uchun kurashadi. Unga bu ishda 6 ta farishta yordam beradi. Barcha yovuzliklar (O’lim,qahraton qish,zararkunanda hasharotlar va shu kabilar)ni yovuzlik homiysi, shayton Axriman yuboradi.

Avesto”ning 2700 yilligi. “Avesto” nafaqat bizning, balki jahon madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi. Shuning uchun ham Xalqaro YUNESKO tashkiloti O’zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999-yilda “Avesto”ning 2700 yilligini nishonlash to’g’risida qaror qabul qildi.2001-yilda esa bu qutlug’ sana nishonlandi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Zardushtiylik dini qachon paydo bo`lgan?

2.Zardusht kim bo`lgan?

3.”Avesto” nimaga yozilgan?

4.”Avesto”ning qancha qismi saqlanib qolgan?

5.Zardushtiylikda nimalar muqaddaslashtirilgan?

6.Zardushtiylik axloqining uch tayanchi haqida Islom Karimov qanday fikr bildirgan?
V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish

O’IBDO’ ___________________


_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 14-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Muzeylar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga muzeylar va ularning ma’naviyatimizga ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda muzeylarning tariximizni o’rganishdagi tarbiyaviy ahamiyati haqida tushunchalar shakllantirish

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning nutq va fikrlash tezligi rivojlantiriladi.

Kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, Kommunikativ kompetensiyani, Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, atama ,tushuncha , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 17 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash:

O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilinadi.

1.Zardushtiylik dini qanday din edi va uning paydo bo`lishiga nimalar sabab bol`gan?

2.Zardushtiylik dinining mazmuni haqida “Avesto”da nima yozib qoldirilgan?

3.Zardushtiylikda nega olov, yer, suv, va havo muqaddaslashtirilgan?

4.O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning zardushtiylik axloqining uch tayanchi haqida aytgan fikrlarini keltiring.

5.”Avesto”ning 2700 yilligi nishonlanganligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
III.Yangi mavzu bayoni: ”Kichik ma’ruza” orqali yangi mavzu tushuntiriladi:

Muzeylar tarixiy,moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini asrovchi,saqlovchi,o’rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi ilmiy-ma’rifiy muassasalardir.Muzeylarda yig’ilgan narsalar kolleksiyalar deyiladi.Muzeylar xazinasida moddiy va tasviriy narsalar,shuningdek,san’at asarlari jamlanadi.Shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo’lgan tarixiy qimmatga ega qo’lyozmalar,bosma hujjatlar,kitoblar) saqlanadi.AQSh,Italiya,Fransiya,Buyuk Britaniya,Germaniya,Rossiya Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi.Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj,Parijdagi Luvr,Londondagi Britaniya,Italiyadagi Uffitsi kabi muzeylarning kolleksiyalari tarkibida tarixiy buyumlarning nodir nusxalari saqlanadi.

O’zbekiston Respublikasida ham juda ko’p muzeylar mavjud.Yurtimizdagi dastlabki muzeylar XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlangan.Bular:1876-yilda ochilgan Toshkent o’lkashunoslik muzeyi,Samarqand xalq muzeyi va Farg’ona xalq muzeylari edi.Hozirgi kunda respublikamizda O’zbekiston davlat tarixi muzeyi,Temuriylar tarixi davlat muzeyi,O’zbekiston san’at muzeyi,O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi,O’zbekiston tabiat muzeyi kabi muzeylar faoliyat yuritmoqda.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo'lgan muzey binosi uch qavatlidir. Muzey ko'rgazma zalining markazida devorga ajoyib tasviriy san'at asari ishlangan. Unga «Buyuk Sohibqiron—buyuk bunyodkor» deb nom berilgan. Asar «Tug'ilish», «Yuksalish» va «Faxrlanish» nomlari bilan ataluvchi 3 qismdan iborat. «Tug'ilish» qismida Sohibqironning (buyuk bobomiz Amir Temurning) tug'ilishi bilan bog'liq urf-odatlar tasvirlangan. «Yuksalish» qismida buyuk bobomiz hayotida doimo amal qilgan «Rosti-rusti», ya'ni «Tog'rilik najotdir» degan shiori oltin harflar bilan yozib qo'yilgan. Shuningdek, bu qismda Sohibqironning vazirlar, harbiy sarkardalar va olimlar bilan o'tkazayotgan kengashi aks ettirilgan.

«Faxrlanish» qismida esa Amir Temur va temuriylar davri merosining avloddan avlodga o'tib kelayotganligi g'oyasit asvirlangan. Jahon davlatlaridagi muzeylar xalqaro tashkilotga birlashgan. U

xalqaro YUNESKO tarkibidagi «Muzeylar xalqaro kengashi» deb ataladi.


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

1.Muzeylar dastlab qanday xonalarda tashkil etilgan? (Ibodatxonalarda)

2.Muzeylardagi ko’rgazmalar umumlashgan holda nima deyiladi? (Eksponatlar)

3.Muzeylar qanday vazifalarni o’taydi? (Tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy)

4.O’zbekistonda dastlabki muzeylar qachon vujudga kelgan? (XIX asrning 2-yarmida)

5.Jahonning qanday mashhur muzeylari bor? (Ermitaj,Luvr,Britaniya muzeyi,Uffitsi)

6.Dunyodagi eng katta muzey qayerda joylashgan? (Fransiyada)

7.Yevropada muzeylar qachondan boshlab tashkil etilgan? (XIV-XVII)



Atamalar izohini o’rganing:

Eksponat—muzeylarda ko'rgazmaga qo'yilgan buyumlar, rasmlar, hujjatlar, kitoblar.

Kolleksiya—muzeylarda saqlanayotgan buyumlarning tartibga solingan to'plami.
V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish

O’IBDO’ _________________



_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 16-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G














Darsning mavzusi: Yevropa va Amerikadagi dastlabki sivilizatsiyalar

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilar bu darsda ilk sivilizatsiyalar bo`linishi va Yevropaning Krit, Mikena, Amerikaning Mayya, Pasxa oroli madaniyati bilan tanishadilar. .

Tarbiyaviy:. O`quvchilar ilk madaniyat o`choqlari bilan tanishish orqali, insoniyat qadim-qadimdan yaratish, yangiliklarga intilish hissi bilan yashaganliklarini tushunib oladilar

Rivojlantiruvchi: O`quvchilar ilk sivilizatsiya o`choqlari madaniyatini o`rganib, ularning ochilmagan sirlarini o`rganishga bo`lgan intilishi kuchayadi.

Dars turi: aralash

Dars uslubi: og`zaki, yozma

Dars usuli: kichik guruhlarda ishlash, hikoya, savol-javob

Dars jihozi: darslik, dunyoning siyosiy xaritasi, daftar, doska, bo`r.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 3 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 8 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 7 daqiqa



VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Oquvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash:



III.Yangi mavzu bayoni:

Sivilizatsiya haqida. Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning madaniyati rivojida erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Shuning uchun ham sivilizatsiya atamasi o'rnida ko'pincha «madaniyat» iborasi ham qo'llaniladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik, yozuvning paydobo'lishi, ilm-fan, adabiyot, san'atning taraqqiyoti va boshqalar sivilizatsiya yoki madaniyat taraqqiyotining belgilaridir.Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) ilk sivilizatsiya markazlari bo'lgan. Ularning ta'sirida Yevropada ham sivilizatsiya rivojlangan.

Krit—Yevropaning dastlabki madaniyat o'chog'i. Arxeolog olimlar Yunoniston (bugungi Gretsiya) davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3-2-mingyillikka oid shaharlar qoldig'ini topdilar. Shaharda bunyod etilgan saroyning devorlari suvalgan. Suvoq namligidayoq unga o'yib rasmlar solingan. Saroyning quyi qavatidagi ko'plab xonalarda ustaxonalar, qurolxonalar, qimmatbaho buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborlar joylashtirilgan.

Kritliklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. Arxeologik topilmalar hunarmandchilik,

zargarlik, uysozlik va kemasozlik sohalarining rivoj topganligini ko'rsatdi.

Kemasozlikda erishgan yutuqlar kritliklarga savdo qilish va harbiy flot yaratish imkonini berdi. Savdo floti Misr va Bobil kabi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borishga xizmat qildi.

Kritliklar o'z yozuvlarini ham yaratdilar. Ular uzunligi 150-200, eni70-50 metr kenglikdagi nihoyatda go'zal yer osti zallari ham qurganlar. Ular yaratgan labirintlar hamon odamlarni hayratga solib kelmoqda. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o'rtalarida yuz bergan vulqon otilishi natijasida Krit madaniyati halokatga uchradi. Biroq yuzbergan bu halokat Krit madaniyatini butunlay yo'q qilib yubormagan edi. Ko'p o'tmay Peloponnes yarimorolida yashovchi yunon qabilalari Kritni egallab

oldilar.


Mikena madaniyati. Peloponnes yarim-orolida miloddan avvalgi 2-mingyillikda Mikena shahar-davlati vujudga keldi. Bu shahar-davlatning madaniyati kritliklar madaniyati ta'sirida rivojlandi. Arxeologikqazishmalar Mikenada hunarmandchilik va savdoning yaxshi rivojlanganligini ham ko'rsatdi.

Bronzadan yasalgan turli qurollar, oltindan ishlangan zeb-ziynatlar, sopoldan tayyorlangan idish qoldiqlari yaxshi saqlangan. Mikenaliklar bunyod etgan qal'a va toshdan qurilgan uylar juda mustahkam edi. Shaharning yuqori qismida podsho saroyi va badavlat zodagonlar ning uylari joylashgan. Saroy yaqinida qoyaga maqbara qurilgan. Maqbaradan bronza qurollar va oltin buyumlar topilgan. Shahar atrofida savdogar, hunarmand va dehqonlar ning uylari zich joylashgan. Mikenaliklar Krit yozuvini o'zlariga moslashtirib olganlar.



Mayya madaniyati. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Bu xalq yashagan hudud tabiatan yashash uchun juda noqulay bo'lgan. Biroq ular matonatli mehnatlari bilan buhududni obod o'lkaga aylantira oldilar. Mayya xalqi Amerika qit'asida eng rivojlangan madaniyat namunalaridan birini yaratdi. Buular bunyod etgan Tikal shahri timsolida o'z ifodasini topdi. Shaharda uch mingga yaqin turli imorat (ibodatxona, rasadxona, marosimlar saroyi va uy-joy) lar qurilgan. Shahar markazida qurilgan piramida va saroylar esa uning ko'rkiga-ko'rk qo'shib turgan.

Milodning birinchi mingyilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Ularning hukmdorlari «Buyuk inson» deb atalgan. Hukmdorlik nasldan naslga meros bo'lib o'tgan. Mayyalar 300 belgidan iborat iyeroglifli yozuvni yaratganlar. Shuningdek, o'z davri uchun eng aniq bo'lgan kalendar tuzishga ham muvaffaq bo'lganlar.

Ibodatxonalarda «xudolarga xizmat qiluvchilar»-kohinlar o'z davrining eng o'qimishli kishilari edi. Ular sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi, Quyosh va Oy tutilishi vaqtini oldindan hisoblab chiqa olganlar. Ming yildan ortiq yashagan bu madaniyat keyinchalik yevropaliklar bosqini oqibatida barham topdi.

Inklar madaniyati. Amerikaning inklar deb atalgan xalqi (dastlab hozirgi Peru davlati hududida yashagan) ham o'z davlatlarini tashkil etganlar. Davlatni oliy hukmdor—Oliy Inka boshqargan. Oliy Inka- ning yaqin qarindoshi bo'lgan erkakla ro'zlarini «Quyosh o'g'illari» deb atashgan. Bunga inklarning Quyoshni «bosh xudo» deb hisoblashlari sabab bo'lgan. «Quyosh o'g'illari» davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Inklar qudratli sug'orish tizimi bunyod etganlar. Xarsangtoshlardan mudofaa inshootlari qurganlar. Ayniqsa, ular yaratgan uch qavatlit oshdevorli Quyosh ibodatxonasi mashhur bo'lgan. Ibodatxona devorlari yarmigacha oltin bilan qoplangan. Inklar Korikancha ibodatxonasida «Oltin bog'» barpo etganlar. Bu bog' oltin va kumushdan yasalgan qush, turli hayvon va odamlarning

rasmlari bilan bezatilgan. Inklar iplarni turli ko'rinishda tugish yo'li bilan o'ziga xos yozuv yaratdilar. Bu yozuv «kipu» deb ataldi. Inklar davlatida ikki xil maxsus o'quv muassasasi faoliyat ko'rsatgan. Ularning birinchisida aslzodalar til, tarix, harbiy va davlatni boshqarish san'ati yo'nalishida ta'lim olganlar. Ikkinchisida esa qiz bolalar o'qishgan. Ularda ibodatxona xizmatchilari va o'z hayotini aslzodalar bilan bog'lovchi oila bekalari tarbiyalangan. Bu o'quv muassasasida she'riyat, musiqa va raqs san'atidan saboq berilgan.


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: ”Guruhlar ishi”

1-usul: O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linadi va har bir guruhga topshiriq beriladi:

1-guruhga: Eng qadimgi davrdan hozirgacha bo`lgan sivilizatsiya haqida bilimlaringizni yozing

2-guruhga: Kiritliklar madaniyati haqida ma`lumotlarni yozing

3-guruhga: Mikena shahri aholisining madaniyati, mashg`ulotlari haqida yozing.

4-guruhga: Mayyalar va inklarning madaniy rivojlanishida o`xshahs va farqli tomonlarini yozing.

O`quvchilar topshiriqni bajarib bo`lgach guruhdan bir kishi taqdimot qiladi.O`qituvchi kamchiliklarni tuzatadi va to`ldiradi.



2-usul:

Mustahkamlash uchun savollar berib javob olinadi:

1.Sivilizatsiya deganda nimani tushunasiz?

J:Insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar:uylar qurilishi, shaharsozlik, yozuvning paydo bo`lishi,ilm-fan, texnika, adabiyot va san’at taraqqiyoti.

2.Yevropaning ilk madaniyat o`choqlari qayerda ekan?

J:Krit oroli, Mikena shahri.

3.Mayya qabilalari qayerda yashar ekanlar?

J:Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida.

4.Inklar davlatini kim boshqargan?

J:Oliy inka.


V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.

O’IBDO’ ___________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 17-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G














Darsning mavzusi: Qadimgi shaharlarning paydo bo`lishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilar bu darsda qadimgi shaharlar,ularning paydo bo`lishi, Memfis, Bobil, Ninevia, Afina, Rim kabi qadimgi shaharlar va ularning bunyod etilishi haqida bilimga ega bo`ladilar.

Tarbiyaviy: O`quvchilar bu darsda qadim-qadimdan odamlar o`zlariga qulay sharoit yaratganligi, ilm-fan markazlariga intilganligini, turli kasblar hozirda ham o`z ahamiyatini yo`qotmayotganligini, ular qadimiy ekanligiga guvoh bo`ladilar

Rivojlantiruvchi: O`quvchilar bu darsda olgan bilimlarini hozirgi davr bilan solishtirganda, insoniyat aql-idroki qancha rivojlanib ketganligi, bundan keyin ham hamma sohada takomillashuv davom etishiga ishonch hosil qiladilar.Chuqurroq bilim olishga intiladilar.

Kompetensiyalar: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish, Kommunikativ kompetensiyani, Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash

Dars uslubi: og`zaki, amaliy

Dars usuli: hikoya, matn bilan ishlash

Dars jihozi: darslik, dunyoning siyosiy xaritasi, doska, bo`r

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 18 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash: Test sinovi:

1.Arxeologlar Krit oroli madaniyatini qanday ashyoviy dalillar orqali o`rganganlar?

A)Qabr toshlaridagi va chinni buyumlardagi yozuvlar orqali.

B)Shahar qoldiqlari orqali

C)Arxiv hujjatlari orqali

D)Yozuvlar orqali

2.”Ulug` inson” kimlarga hukmdorlik qilgan?

A)Kritliklarga B)Mayyalarga C)Inklarga D)Pasxa oroli aholisiga

3.Mayyaliklar yozuvi nechta belgidan iborat bo`lgan?

A)29 ta B)200 ta C)300 ta D)350 ta

4.Kimlar o`zlarini quyosh o`gillari deb ataganlar?

A)Kritlik zodagonlar B)Mayyalik koxinlar

C)Oliy inkaning yaqin qarindoshlari D)Pasxa dindorlari
III.Yangi mavzu bayoni:

Shahar deyilganda yirik manzilgohlar tushuniladi.Ularning paydo bo`lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan. Dunyoda shaharlar dastlab miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarda Sharqda-Mesopotamiya, Misr, Markaziy osiyo, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda paydo bo`lgan.

Memfis Misrning poytaxti bo`lgan. U podsho Menes tomonidan qurilgan.Bu shahar yaqinida Misr fir’avnlarining mahobatli maqbaralari va ularni qo`riqlab turuvchi Sfinkslar qorilgan.

Bobil ham davlat poytaxti bo`lgan. Podsho Xammurapi davrida u eng mashhur shaharga aylangan.Shahar markazida 7 qavatli, balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi qurilgan.

Nineviya hsahri qadimgi Ossuriyaning poytaxti bo`lgan.U ”Jahonning poytaxti” deb ulug`langan.

Afina Gretsiyada bunyod etilgan shaharlarning eng chiroylisi edi.Unda ilm-fan rivojlangan, ko`plab donishmandlar yetishib chiqqan.

Gretsiyada undan tashwari Sparta degan shahar ham bo`lgan.Uni oqsaqollar kengashi boshqargan.

Rim miloddan avvalgi VIII asrda qurilgan.Unda ilm-fan, madaniyat, me’morchilik rivojlangan. U hozirda Italiyaning poytaxti.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish