Tarixdan hikoyalar 1-dars



Download 1,53 Mb.
bet2/6
Sana05.11.2019
Hajmi1,53 Mb.
#25111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-sinf tarix


IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: MUSTAQIL ISH

Maktabingizning 1-sinfiga kelgan yilingizdan hozir yashayotgan yilgacha o'tgan oraliq yillar xronologiyasini tuzing. Unda o'zingiz va maktabingiz hayotida ro'y bergan muhim o'zgarish hamda voqealarni aks ettirishni unutmang.


V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan qo’shimcha ma’lumotlarni o’rganib kelish.

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


O’IBDO” ________________________
_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 5-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Dunyo xaritasi tarixi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga xaritalar va ularning yaratilishi haqidagi bilimlar beriladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarga ajdodlarimizning xaritashunoslik faniga qo`shgan hissalarini

o`rgatish, ularga hurmat ruhida tarbiyalash Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.


Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash malakasini rivojlantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: test sinovi, “Kichik ma’ruza”, tushuntirish, “Bingo mashqi”.

Dars jihozi:darslik, dunyo siyosiy xaritasi, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 17 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II.Uy vazifasini takrorlash:

1. Xronologiya nima va u tarix uchun qanday ahamiyatga ega?

2. Milod (era) tushunchasi qanday paydo bo'lgan?

3. «Miloddan avvalgi» iborasi nimani anglatadi?

4. 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlandi. Toshkent shahriga qachon asos solinganligini hisoblang.

5. Hijriy yil hisobi haqida nimalarni bilib oldingiz ?

III.Yangi mavzu bayoni: ”Kichik ma’ruza” orqali mavzu tushuntiriladi:

Xarita (varaq, xat yoziladigan yaproq). Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog`ozga kichraytirib tushirilgan tasviridir. Turli xalqlar o`rtasida savdo aloqalarining o`sishi, harbiy yurishlar va uzoq o`lkalarga uyushtirilishi lozim bo`lgansayohatlar xaritalarning yaratilishiga sabab bo`lgan. Miloddan avvalgi III asrda Gretsiya olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq o`lchashga muvaffaq bo`lgan.Buning natijasida u dunyoning birinchi xaritasini yaratgan. Ptolemey, al-Xorazmiy, Beruniy, Mahmud Qoshg`ariylar ham xaritalar yaratganlar.

Globus – lotincha so`z bo`lib, o`zbek tilida ”shar” degan ma’noni anglatadi.Globusda Yer juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Dastlabki globusni buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy yaratgan. XV asrda mukammalroq globusni Mirzo Ulug`bek yaratdi. XV asr oxirlarida nemis olimi Martin Bexaym ”Yer olmasi” deb nomlangan globusni yaratdi. Hozirgi xaritalar zamonaviy xaritalardir. Biz asosan siyosiy xaritalardan foydalanamiz. Ularda davlatlar, ularning chegarasi, poytaxtlari ko`rsatilgan bo`ladi. O`zbekistonning siyosiy-ma`muriy xaritasida uning hududiy bo`linishi ham berilgan, masalan, Qoraqalpog`iston respublikasi va 12 viloyat, uiarning markazlari aks etgan.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Bunda ”Bingo mashqi’ dan foydalaniladi

.


Eratosfen


Beruniy

Rasadxona

M.Bexaym


Globus

Mil. Avv. III asr

Siyosiy xarita


Atlas

Masshtab

O’quvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi.Kartochkalarda atamalar, iboralar va raqamlar yozilgan bo`ladi.O`qituvchi shu raqamga yoki atamaga oid jumlani o`qiydi, o`quvchilar o`qilayotgan jumlaga tegishli raqam yoki atamani jadvalga belgilaydilar. Mashq savollari:

1.Jahondagi davlatlarning holatini aks ettiruvchi xarita? (Siyosiy xarita)

2.Yer sharining kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi? ( Globus)

3.Dunyoning birinchi xaritasi muallifi? (Eratosfen)

4.”Yer olmasi” ni yaratgan nemis geografi va sayyohi? (M.Bexaym)

5.Maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish joyi? (Rasadxona)

6.Tushuntirish matnlari bilan berilgan xarita? (Atlas)

7.Joyning haqiqiy o`lchami va uning xaritada berilgan nisbati? (Masshtab)

8.Eratosfen nechanchi asrda yashagan? (Mil. Avv. III asr)

9.O`z davrining ilm-fan yutuqlari asosida globus yaratgan buyuk bobomiz? (Beruniy)
Iqtidorli o`quvchilar uchun savollar:

1.Birinchi bo`lib yerning narigi tomonida ham quruqlik borligi haqidagi fikrni ilgari surgan vatandoshimiz? (Beruniy)


V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e`lon qilish


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.

O’IBDO’ ________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 6-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G














Darsning mavzusi: Takrorlash

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish, ular bilimini mustahkamlash Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarda ajdodlar tarixiga qiziqishni orttirish, vatanparvarlik hissini tarbiyalash Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda guruh bo’lib ishlash ko’nikmasini, ular mantiqiy tafakkurini rivojlantirish O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish

Dars turi: mustahkamlash

Dars uslubi: og’zaki, yozma

Dars usuli: musobaqa, guruhlar ishi, ”Estafeta”

Dars jihozi: darslik, xarita, globus, kartotekalar, testlar

Darsning texnologik xaritasi:

I. Tashkiliy qism 4 daqiqa

II. Takrorlash darsini o’tish 35 daqiqa

III. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa

IV. Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.


II. Takrorlash darsini o’tish:

Darsni musobaqa tarzida o’tiladi. Sinf o’quvchilari guruhlarga ajratiladi va guruhlarga nom beriladi:

O`quvchilar bilgan buyuk ajdodlarimiz nomini aytadi va u haqida ma’lumot beradi:

“Alisher Navoiy”, “Amir Temur”, “Ibn Sino”.



1-topshiriq: Atamalarni izohlang:

Vatan Tarix Tarixiy manba

Moddity manba Yozma manba Arxiv

Tarixiy hujjatlar Yil Kalendar

Tengkunlik Milod Era

Xronologiya Payg`ambar Xarita

Globus Siyosiy xarita Tabiiy xarita

2-topshiriq: Trezkor savol-javob:

1. Darsligimiz mualliflari kimlar? – Jo`rayev, Usmonov, Nurqulov, Jo`rayeva

2. O’zbekiston o`tmishda qanday nomlar bilan atalgan? – Turon, Movarounnahr, Turkiston.

3. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” so`zlari kimga tegishli? – I.Karimovga.

4. O`zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manbalar qaysilar? – “Avesto” kitobi, Eron hukmdorlari bitiklari, Yunon-rim tarixchilarining asarlari.

5. Birinchi kalendarni kimlar yaratgan? – misrliklar.

6. Yuliy kalendari qachon yaratilgan? – Mil.avv. 46-yil.

7. Grigorian kalendari qachon yaratilgan? – 1582-yilda

8. Hijriy yil qaysi voqeadan boshlangan? – Muhammad payg`ambarning Makkadan Madinaga ko`chishidan.

9. Milodiy yil qaysi voqeadan boshlangan? – Iso payg`ambar tug`ilishidan?

10. O`zbekistonda qaysi kalendardan foydalaniladi? – Grigorian.

11. Birinchi xaritani kim yaratgan? – Eratosfen

12. Birinchi globusni kim yaratgan? – Beruniy.

3-topshiriq: Test:

1.Misrliklar nima sababdan kalendarni yaratishgan?

A)Zilzila qachon ro’y berishini aniqlash uchun

B)Qish qachon kelishini aniqlash uchun

C)Bahorgi teng kunlikni bilish uchun

D)Nil daryosi suvining toshish vaqtini bilish uchun

2.Yuliy Sezar Yuliy kalendarini qachon joriy etdi?



A)m.a.46-yilda B)m.a.58-yilda C)m.a.29-yilda D)m.a.14-yilda

3.Hozirgi kunda butun dunyo qaysi kalendardan foydalanmoqda?

A)Yuliy kalendaridan B)Grigoriyan kalendaridan C)Hijriy kalendardan D)Misr kalendaridan

4. Globus yaratganlar qatorini toping:

A. Ptolemey, al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg`ariy

B. Beruniy, Ulug`bek, Martin Bexaym

C. Ptolemey, al-Xorazmiy, Martin Bexaym

D. Mahmud Qoshg`ariy, Beruniy, Ulug`bek,

5. Eratosfen yaratgan xaritada qayerlar tasvirlanmagan?



A. Janubiy Yevropa, G`arbiy Osiyo, Shimoliy Afrika

B. Shimoliy Yevropa, Afrika, Amerika

C. Janubiy Osiyo, G`arbiy Afrika, Avstraliya

D. Avstraliya, Afrika, Amerika


III.Dars yakunlarini chiqarish:

O’qituvchi tomonidan xato va kamchiliklar tuzatilib, to’ldiriladi.

Guruhlar ishining natijasi e’lon qilinadi.

O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra baholanadi.


IV.Uy vazifasini tushuntirish:

1. O’tilganlarni takrorlash.

2. Yangi mavzuni o’rganib kelish.

3. ”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


O’IBDO’ _____________________



_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 7-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga eng qadimgi odamlarning manzilgohlari haqidagi bilimlar beriladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish

Tarbiyaviy: Insoniyat bosib o`tgan taraqqiyot yo`li haqida tushunchalar hosil qilinadi. Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash malakasini rivojlantirish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: test sinovi,“Kichik ma’ruza”, guruhlar ishi.

Dars jihozi: darslik, dunyo siyosiy xaritasi, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.

Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 17 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, jahonda va O`zbekistonda yuz bergan yangiliklardan eshitish.

II.Uy vazifasini takrorlash:

Test sinovi:

1.Dunyoning birinchi xaritasini kim yaratgan?

A)Ptolemey B)Qoshg’ariy C)Beruniy D)Eratosfen

2.XV asr oxirlarida “Yer olmasi” deb atalgan globusni kim yaratgan?

A)Martin Bexaym B)Abu Rayhon Beruniy C)Mirzo Ulug’bek D)Ptolemey

3.Eratosfen yaratgan xaritada qayer tasvirlanmagan?

A)Janubiy Yevropa B)Amerika C)Shimoliy Afrika D)G`arbiy Osiyo
III.Yangi mavzu bayoni:

Bunda “Kichik ma’ruza” orqali mavzu tushuntiriladi.

Bir necha yillik taraqqiyot davrida odam avstralopitek va zinjantrop, yava odami, sinantrop, farg`ona odami, neandertal va kramonon odamlari deb bir-biridan farqlanuvchi bosqichlarni bosib o`tgan.

Arxeolog olimlarimiz odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini dastlab Janubiy va Sharqiy Afrikadan topganlar.Olimlar sodda bo`lsada dastlabki mehnat qurollarini yasay olgan avstralopitek va zinjantrop odamini “ishbilarmon”-uquvi bor odam deb ataganlar.

Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari Indoneziya, Xitoy va Vatanimiz O`zbekistondan topilgan, bular “yava odami”, sinantrop, farg`ona odami deb ataldi.Yevropadan ham qadimgi inson izlari topilgan, chunonchi, Germaniyaning Neandertal vodiysidan, Fransiyaning Kromanon g`oridan ancha takomillashgan odamlar suyaklari topilgan.

Sinantroplar tabiiy olovdan foydalanishni bilib olishgan. Ular bunga yashin tufayli o'rmon yong'inlari kelib chiqishi natijasida hosil bo'lgan olovni saqlab qolish yo'li bilan erishganlar. Bu insoniyat erishgan eng katta yutuqlardan biri bo'ldi. Yurtimizda sinantropga zamondosh odamlarning suyak qoldiqlari va ular yaratgan mehnat qurollari Farg'ona vodiysining Selung'ur g'oridan topildi.

Davrlar o'tishi bilan odamning tashqi qiyofasi, aql-idroki va mehnat quroli yasay olish malakasi tobora mukammallashib bordi. Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan va tarixga «neandertal odami» nomi bilan kirgan odamlar hayoti buni tasdiqlaydi. Neandertal odamning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasiga juda yaqin bo'lgan. Neandertalla rmiloddan avvalgi100--40-mingyilliklar oralig'ida yashagan. Ular yashagan davrda Yevropada iqlim sovib ketdi. Sovuqdan saqlanish zarurati natijasida ular hayvon terisidan kiyim o'rnida foydalanish va go'shtni olovda pishirib yeyishni o'rganib oldilar.

O`zbekistonning Surxondaryo viloyatidan Teshiktosh g`oridan ham neandertal odami suyak qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi 40--12-mingyilliklar oralig'ida yashagan odam suyaklari qoldiqlari Fransiyaning Kromanyon g'oridan topildi. Unga «kromanyon odami»nomi berildi. Kromanyon odami tashqi qiyofasiga ko'ra bugungi qiyofadagi odam edi. Olimlar kromanyon odamini «aql-idrokli (homosapiens) odam», «ongli odam» deb atadilar.

O'zbekistonda kromanyon odamlari zamondoshlarining manzilgohlari Samarqanddagi Siyobcha soyi bo'yida va Toshkent viloyatining Ko'lbuloq (Angren) manzilgohidan topilgan.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.



1-guruhga: Odamning hozirgi ko`rinishga ega bo`lishida qanday omillar ta’sir ko`rsatgan?

2-guruhga: Nima uchun dastlabki odamlar suyaklari ko`proq g`orlardan topilgan?

3-guruhga: Kromanon odami qanday ko`rinishda bo`lgan?

4-guruhga:Qadimgi odamlar manzigohlari O`rta Osiyoning qayerlaridan topilgan?

O`quvchilar bu savollarga ikki daqiqa tayyorgarlikdan keyin javob beradilar.


V.Dars yakunlarini chiqarish.

1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni o`quvchi daftariga yozdirish.

2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.

3.Baholarni e’lon qilish.


VI.Uy vazifasini tushuntirish.

1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.

2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang” ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.

3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.

4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.


O’IBDO’ ___________________

_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 8-dars


5 - A

5 -B

5 – V

G













Darsning mavzusi: Qadimgi odamlarning turmush tarzi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga qadimgi odamlarning o`ziga xos turmush tarsi, ularning mashg`ulotlari haqidagi ma’lumot beriladi.

Tarbiyaviy: O`quvchilar taraqqiyotga intilib yashashzarurligi haqida tushunchaga ega bo`lishadi.

Rivojlantiruvchi: Guruhlarda va yakka tartibda ishlash malakasini rivojlantirish.

Kompetensiyalar: 1.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi ni shakllantirish

2.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

3.Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish.

Dars turi: aralash.

Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.

Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.

Dars jihozi: darslik, mehnat qurollarining qadimgi va hozirgi holatdagi rasmlari, atama ,tushunch,

yozilgan kartochkalar



Darsning texnologik xaritasi:

I.Tashkiliy qism 2 daqiqa

II.Uy vazifasini tekshirish 13 daqiqa

III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 8 daqiqa

V.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa

VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

II.Uy vazifasini takrorlash:

1.Xitoy hududidan topilgan insoniyat ajdodini olimlar qanday nomlashgan?

A)sinantrop B)”yava odami” C)zinjantrop d)neandertal

2.Hozirgi zamon odami tashqi qiyofasiga ko’ra qaysi odamga o’xshaydi?

A)neandertal B)zinjantrop C)sinantrop D)kramonon

3.”Aql-idrokli odam”, “ongli odam” bu-…

A)sinantrop B)”yava odami” C)zinjantrop D)kramonon

4.”yava odami” suyak qoldiqlari qaysi qit’adan topilgan?



A)Osiyo B)Afrika C)Yevropa D)Amerika

5.Afrika qit’asidan qaysi odam suyak qoldiqlari topilgan?

A)neandertal B)zinjantrop C)sinantrop D)kramonon

III.Yangi mavzu bayoni:

Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.



1-guruhga:Qadimgi odamlarningdastlabki vakillarining turlarga bo`linishi(neandertal, kramonon) bo`linishi sabablarinitoping.

2-guruhga:Odamlarning dastlabki yutuqlari, ixtirolari.

3-guruhga: Neandertal va kramonon odamlarining o`xshash va farqli tomonlarini aniqlang.

4-guruhga:Mehnat qurollarining yaratilish sabablari.

Qadimgi odamlarning mehnat qurollari. Qadimgi odamlar dastlabki ' mehnat qurollarini toshdan (chaqmoqtosh) yasashgan. Shuningdek, yog‘ochdan (tayoq) ham foydalanishgan.

Ajdodlarimiz toshni shunday yerdan olib undan mehnat quroli sifatida foydalanib ketavermaganlar,

albatta. Ular ishlov berib yasagan va foydalangan tosh qurolning uzunligi 10-20 santimetrni tashkil etgan. Og4irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgaeha bo‘lgan. Bu dastlabki mehnat quroli bodom shaklida ishlangan. Uning ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan. Undan biror narsani urish, kesish, o‘yish va ko‘zlangan masofaga irgitish quroli sifatida foydalanilgan.

Davrlar o‘tishi bilan qadimgi odamlar mehnat qu­rollarini yanada takomillashtirib borganlar. Chunki odam hamisha o‘z mehnatini yengillashtirishga intilib yashagan. Shuning uchun ham, masalan, sinantroplaroldingiajdodlariga qaraganda kichikroq, lekin qirralari yanada o‘tkirroq uchli qurollar yarata olganlar. Bu qurollardan foydalanish ancha qulay bo‘lgan.

Neandertal odami esa toshdan uchi yanada uchqurroq mehnat quroli yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Uni yog‘ochning uchiga o’matib undan nayza ornida ham foydalanganlar. Shu tariqa dastlabki nayza

yaratilgan. Neandertal odami ayni paytda suyakdan o‘tkir uchli mayda mehnat qurollari yasay olgan.

Kramonon odamlari esa toshdan pichoq, nayza, turli xil keskieh, qirg‘ich, bigiz, suyakdan igna, qarmoq yaratishga muvaffaq bolganlar. Suyakdan igna yasash kramonon odamlarining tikishni kashf etganliklarini ham anglatar edi. Ayni paytda irg‘itiladigan qurol-sanchqi ham yaratganlar. Bu esa ovehilikning rivojlanishiga xizmat qilgan. Keyinehalik odam o‘q-yoyni yaratgan.

Bu insoniyat tarixidagi yirik ixtiro edi. Ayni shu davrlarda odam itni qo‘lga o‘rgata olgan. Natijada ovchilikning samaradorligi yanada ortgan. Endi odamlar yovvoyi hayvonlami uy hayvonlarigaaylantira boshlaganlar. Bora-bora odam kulolchilikni o'rgandi. Davrlar o‘tishi bilan misdan, keyinroq esa bronzadan mehnat qurollari yasashni o‘rganib oldi. Shuningdek, g‘ildirak, o‘ziga xos qo‘l tegirmoni, arava va eharxpalakni ham ixtiro qildi. Vaqtlar o‘tishi bilan temirdan mehnat qurollari yasashga muvaffaq bo‘ldi. Inson temir uehli omoehlar, temir boltalar va boshqa muhim mehnat qurollari yaratgan. Bu esa dehqonehilikning yuqori sur’atlarda rivojlanishga olib kelgan.



Qadimgi odamlarning mashg’lotlari. Qadimgi odamlar dastlab qo‘llaiidagi oddiy mehnat qurollari (tosh va tayoq) yordamida tabiatdagi tayyor mahsulotlar bilan hayot kechirishgan. Chunonchi, uchi o‘tklashtirilgan tosh yordamida mayda hayvonlami ovlaganlar. Uchi o‘tkirlangan tayoq yordamida esa turli o’simliklaming ildizlarini kovlab olib yeganlar. Uzun tayoqlar bilan daraxtlarning mevalarini qoqib yeyishgan. Shu tariqa dastlab termaehilik va ovehilik odamlarning eng qadimgi mashg‘uloti bo‘lgan.

O‘zlashtiruvchi xo‘jalik orqali hayot kechirish juda uzoq yillar davom etgan. O‘q-yoyning ixtiro etilishi, o‘z navbatida, chorvachilikning vujudgakelishiga zamin tayyorlagan. Miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarda odamlar o‘troq hayotga o‘ta boshladilar. Bu esa dehqonchilik va chorvachilikning yanada rivojlanishiga olib kelgan. Termachilikdan dehqonchilik, ovchilik va hayvonlarni qo‘lga o'rgatishdan esa chorvachilik kelib ehiqqan. Shu tariqa odamlar o‘z hayotlari uehun zarur mahsulotini o‘zlari ishlab ehiqaradigan darajaga yetganlar. Endi ular turli hunarmandehilik buyumlariga ehtiyoj seza boshlaganlar. Bu esa hunarmandchilikni vujudga keltirgan. Vaqtlar o‘tishi bilan ayrim urug'iar asosan dehqonchilik bilan, ayrim urug‘lar esa chorva- chilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar. Bu hodisa jamiyat taraqqiyotining yanada tezlashuviga olib kelgan.

Qadimgi odamlar dastlabki davrlarda kichik daryo bo‘ylari va buloqlarning yonini o‘zlariga makon qilib olishgan. Shox-shabbalardanuy-joy qurganlar. Ayni paytda odamlar ulkan daraxtlarning kovaklarida ham yashaganlar. Davrlar o‘tishi bilan iqlim o‘zgarib sovuq kunlar boshlanganda odamlar g‘orlarda yashay boshlashgan. G‘orlar yo‘q joylarda esa dastlab yarim yerto‘la qurishgan. Uning ustini tuproq bilan bekitganlar. U qish paytida eng sodda boshpana vazifasini bajargan. Kramonon odamlari yashagan davrga kelib chayla va yerto‘la asosiy uy-joyga aylandi.

Davrlar o‘tishi bilan odamlar paxsa va guvalali uylar qurishni o‘rganib olganlar. Miloddan avvalgi 2 ming yillikda esa ko‘p xonali uylar qurila boshlangan.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish