Mavzu: Qoyatosh rasmlari Zarautsoy Sarmishsoy
Reja:
Qoyatosh rasmlarining paydo bo’lish sabablari
2.Markaziy Osiyo hududidagi qoyatosh rasmlari
3.Zarautsoy va Sarmishsoy qoyatosh rasmlariga yaqindan nazar
Kirish
Insonlarning o’z atrofini qurshab turgan tevarak olamni tushinishga urinishi eng qadimgi tasviriy sanat rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qildi. Insoniyatning taraqqiyot jarayonidagi bunday davr miloddan avvalgi 40-12-ming yiliklarni o’z ichiga olgan so’ngi poleolit davriga to’g’ri keladi.
Insonlar ushbu suratlarning bo’lajak ovda ularga yordam beradi deya qattiq ishonishgan.Suratlar qarsshisida hayvonlarning harakatlariga taqlid qilib, raqsga tushishgan,ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan , nayza uloqtirishni mashq qilishgan.
Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy manbalar bo’lib hisoblanadi. Ular ibtidoiy odamlarning nimalar haqida o’ylagani , tevarak dunyoni qay yo’sinda tasavvur etgani , qaysi hayvonlarni ovlagani , qanday mehnat qurollari va qurol-yarog’dan foydalanganini bilib olish va tushinishga yordam beradi.
Insonlar toshlarga va suyaklarga tasvir tushirishni , ayollar uchun turli bezak va taqinchoqlar, ayollarni haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning devorlariga yirik hayvonlarning tashqi k’rinishini , ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar chizganlar . Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini nomoyon etuvchi o’yin –raqslar vujudga kelgan . Shu tariqa tasviriy va amaliy sanat paydo bo’ladi. Shu blan bir qatorda qadimgi ibtidoiy odamlar orasida dastlabki diniy qarashlar ham paydo bo’ldi.
So’ngi poleolit davriga oid g’orlar devorlaridan topib tekshirilgan rasmlar qadimgi odamlarning diniy tasavvurlari haqida bir qator malumotlarni beradi. So’ngi poleolit davriga tegishli bunday qoyatosh suratlarining eng qadimgilari Janubiy Italiya ,Boshqirdiston, Fransiya ,Ispaniya davlati hududlaridagi g’orlarda ishlangan rasmlardir .
Qoyatosh rasmlari o’sha davr ibtidoiy odamlarining diniy etiqodlari blan bog’liq holda ishlangan. Bazida rasmlar g’orlarning yorug’ tushmaydigan joylariga , yani 900 m gacha bo’lgan g’orning ichkari qismlariga ham tushirilgan. Fransiyaning Lo’sel g’oridan topilgan odam va hayvonlar tasviri qizil va sariq ranglarda ishlangan. Angl-syur-L’Anglandan esa 35 m kenglikda ot, tog’ echkisi , bizon tabiiy hajmda aks ettirilgan. Ularni uchta ayol kuzatib turibti . Bu tasvirlar urib –o’yish yo’li blan ishlangan. Ispaniyadagi Altamir g’oridan topilgan tasvirlar butunlay o’zgacha bo’lib qizil rang blan ishlangan. Ramziy manolarga ega bo’lgan turli shakllar ham aks ettirilgan.Shuningdek bu usullarga o’xshash usullarda yaratilgan qoyatosh rasmlari Boshqirdistondagi Kapovaya g’oridan hm topilgan.
Qoyatosh rasmlari ishlanish xususiyatiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi, tosh yoki boshqa biror qattiq buyum blan tirnash , urib cho’kichlash , ishqalash yo’li blan yaratilgan rasmlar [ ular fanda petro’gliflar deb ataladi ] hamda tabiy bo’yoq- oxra va boshqa blan chizib ishlangan oq,qora, sariq, ko’k,qizil, jigarrang kabi rangdagi rasmlar. Rangli rasmlarning ishlanish uslubi u qadar murakkab emas ,lekin petroliflar ishlanishi ancha murakkab. Qoyatosh rasmlari ishlanish uslubiga ko’ra xima xildir: soya , oddiy chiziq , tarxli, naqshdor bezakli va boshqa uslub xususiyatlaridagi Qoyatosh rasmlari dunyoning barcha joylarida malum bo’lib poleolitdan to o’rta asrlargacha bo’lgan davrda yaratilgan . Afrika[ Sahroi Kabir va janubiy tog’larda ], Amerika [ Alyaska,And va boshqa tog’larda ] , Yevro’pa va Avstraliyaning tog’liq hududlarida ko’p uchraydi. Rossiya [ Amur, Lena, Yenisey, Ob,Irtish, Baykal ko’li sohillari], Qozog’iston, O’rta Osiyo [ Qoratog’, Bo’kantog’, Tomditog’, Tyanshan, Pomi, Nurota va boshqalardan ] topilgan petroglif Qoyatosh rasmlari diqqatga sazovor. Fransiya, Ispaniya ,Italiya, Hindiston,Rossiya ( Lena, Amur, Baykal ko’li sohillari,Ural, Dog’iston ) , O’zbekston ( Zarautsoy, Sangijumon, Oqsoqolatasoy rasmlarida ) rangli qoyatosh rasmlari topib o’rganilgan . Qoyatosh rasmlari avvalo sanat obidasi sifatida sanat tarixini o’rganishda arxeologik va tarixiy manba sifatida ibtidoiy va qadimgi qabilalarning ijtimoiy hayoti va ruhiy olamini o’rganishda katta ahamiyatg ega.
Markaziy Osiyo xududida madaniy qatlamga ega bo’lgan tosh asri yodgorliklaridan tashqari ajdodlarimizni turmush tarzini, madaniyatlarini, san`atini xatto urf- odatlarini umuman biz uchun juda ahamiyatli ma`lumotlar beruvchi yana bir o’ziga xos bo’lgan yodgorliklarning bir turi toғlardagi silliq qoyalarga aynan o’sha ajdodlarimizni o’zlari tomo-nidan chizib qoldirilgan rasmlardir. Bu xildagi rasmlar Markaziy Osiyo xududidagi respublikalarni tog’liq rayoniarida juda ko’plab uchraydi. Bu respublikalarning barchasida qoyatoshlardagi rasmlar bilan ishlovchi milliy kadrlardan mutaxassis olimlar yetishmovchiligi sharoitida bo’lgani sababli, rus olimlari shug’ullanganlar. Ammo bu borada xam O’zbekiston respublikasi akademik Ya. G’.G’ulomovni sayi xarakatlari tufayli o’zini milliy mutaxassislarini olib borgan salmoqli ilmiy izlanishlari bilan ajralib turadi.
O’zbekistonning tog’liq xududlarida mavjud bo’lgan qoyatosh suratlarini topish va tatqiq qilishda Ya. G’. G’ulomov, A. R. Muhammadjonov, A. Kabirov, M. Xo’jamnazarovlarni xizmatlari katta. Aynan shu soxada O’zbekistonimizda birinchi bo’lib, A. Kabirov «O’zbekistonda qoyatosh suratlarini o’rganish mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Shaxsan Ya. G’ulomovning tashabbuslari bilan 1969 yildan boshlab qoya toshlardagi rasmlarni o’rganish uchun maxsus gurux tashkil qilinib _bu gurux A. Kabirov boshchiligida aniq rejalar asosida O’zbekistonimizni tog’liq rayonlarida qidiruv va ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada O’zbekistonimiz xududida 50 dan ortiq qadimiy qoyatosh yodgorlikari kashf etildi va 1976 yilga kelib A. Kabirov tomonidan «Sarmishsoyning qoyatoshlaridagi rasmlar» nomli ilmiy monografiyachopetildi.
Qoyatosh rasmlari ishlanish texnikasiga ko’ra ikki turga bo’linib, biri bo’yoq bilan, ikkinchisi esa urib, o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir. Nafaqat bizni O’zbekistonimizda, balki Markaziy Osiyo xududidagi barcha xamdo’stlik mamlakatlarida har xil_rangdagi bo’yoq-oxra bilan ishlangan rasmlar ancha kam bo’lib, urib, o’yib, ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar, ya`ni petrogliflar juda ko’plab uchraydi. O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng oily janob namunalariga mutaxassislarimizni xulosalariga ko’ra Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Teraklisoy, Jarsoy, Tutlisoy, Qrong’u ungursoy, Chadansoy, Sho’rbuloqsoy va boshqalarni kiritish mumkin. Bu joylardagi qoyatoshlarda O’bekistonimizni qadimgi va xozirgi hayvonot olamini aks ettiruvchi ajoyib rasmlarni ko’rish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar va sigirlar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon va gepartlar, tulki va bo’rilar, arxar va tog’ echkilari, bug’u va elinlar, sayg’oq va jayronlar, jayra va toshbaqalar, baliq va ilonlar, echki va yirik shoxli qoramollar, tuya va eshak kabilardir. Eng muximi bu rasmlar orasida odamlarning uzun qilich, xanjar, o’qdon, dubulza, qopqon, arqon, qalqon, niqob kabi narsalarni tasvirlarini xam ko’plab uchrashidir. O’zbekiston xududidagi eng qadimgi rasmlar buqa va echkilarni ov qilish manzarasini aks ettirgan Zarautsoydagi rasmlar bo’lib, uni xronologiyasi eramidan avvalgi 1 ming yillikni o’z ichiga oladi. O’zbekistondagi petrogiliflar qoyatosh rasmlari-ning eng qadimgisi eradan avvalgi II ming yillikka aloq-dor bo’lsa, boshqalari VI-II asrlarga oiddir.Markaziy Osiyo respublikalri ichida Qirgi’ziston Respublikasi xududida tog’liq joylar ko’p bo’lgani uchun u erlardan juda ko’plab qoyatosh rasmlari topilgan. Qirg’izistondagi qoyatosh rasmlarining eng noyob namunalari Sariyoz, Saymalitosh, Aravon, Ayirmochtog’, Suratlisoy, Oxna va Talas daryosi xavzasidagi qator qoyatosh yodgorliklari bo’lib, ularda odam, tog’ echkisi arxar, bug’u, bo’ri, tulki, to’ng’iz; uy hayvonlaridan it, ot, tuya, qoramol; qurollardan o’q-yoy, bumirang, nayza va boshqa narsalarning tasvirlari namoyon etilgan. Qiriziston tog’laridagi qoyalarda toғg’takasi, bug’u, arxar va to’ng’izlarni ov qilish manzarasi juda maroqli ifodalangan. Qirg’izistondagi qotosh rasmlarinign eng qadimiysi buqa xisoblanadi. Odamlar tasviri esa bronza davriga, boshqalari eradan avvalgi 1 ming bilan belgilanadi.
Qoyatosh rasmlari Kozog’istonda xam keng tarqalgan bo’lib, ular haqidagi dastlabki ma`lumotlar XVIII asrdan boshlab asosan xorijiy olimlarni asarlarida uchraydi. Qozog’iston xududida chor Rossiyasi va Qizil imperiya davrida xam asosan rus olimlari tomonidan o’rganilgan. Natijada ko’plab qoyatosh tasvirlari haqida maqolalar va ayrim monografik kitoblar chop etilgan. Tojikistonda xam qoyatoshlardagi rsmlar bilan asosan rus olimlari shug’ullanganlar. Tojikistonning Zarafshon tizmasidan Sharqiy Pomirgacha orqa Oloy tog’laridan Badaxshongacha bo’lgan oraliqda 120 dan ortiq joyda qoyatosh rasmlari hisobga olingan. Bu qoyatosh rasmlari xam ishlanish texnikasi jixatidan bo’yoqli va urib, o’yib ishlangan petrogiliflarga bo’linadi. Tasvirlarni aksariyati Pomirning g’arbiy-markaziy va janubiy qismida ko’proq uchrab, shimoli-shrqida siyrakroq tarqalgan. Tojikistondagi qoyatosh tasvirlari orasida Kunuybel, Kurtaka, Chiziq shax-ta, Qozonko’l, Zarko’l, Yashilko’l, Bozordara, Xargush, Langar-kisht, Xuf, Komoch dara, Jaman, Darvoz, Robot, Van qal`a, Vaznaut, Bittik-chashma, Namatgut xamda Zarafshon daryosi xavzasidan topilgan rasmli joylar mazmun va manzaralar-ning boyligi bilan kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi. A. Kabirovni bayoniga ko’ra Tojikistonning qoyatoshlarida asosan odam, ayiq, arxar, tog’ echkisi, bug’u, o’q-yoy, bars, buqa shuningdek uy hayvonlaridan qoramol, echki, ot va itning tasvirlari ifoda etilgan. Qoyalarda yovvoyi hayvonlar ayiq, bug’u, tog’echkisi.arxarlarni ovlash bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos ajoyib manzaralar yuksak maxorat bilan ifodlangan. Tojikistondagi Bittik chashma va Kurtaka soyining shaxta g’oridagi bo’yoq bilan ishlangan odam, ayiq, to’nғiz va boshqalarni rasmlari Zarautsoy suratlari bilan zamondosh bo’lib, mezolit, neolit davrining eradan avvalgi III-I ming yilliklariga mansubdir. Tojikistondagi qoyatosh rasmlari petrogiliflarning eng qadimgisi bronza asriga oid bo’lib, xronologik jixatdan eramizgacha bo’lgan II ming yillikni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich raslari eramizgacha bo’lgan I ming yillikni o’z ichiga olib, ular sak- skif turi deb ataladi. Uchinchi gurux rasmlar eramizni I ming yilli-gini birinchi yarmiga va to’rtinchi guruxlari esa X asrlarga oiddir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, Markaziy Osiyo xududidagi qoyatoshlar aks ettirilgan rasmlar ajdodlarimiz yaratgan qadimiy madaniyatini yoritishda arxeologik ashyolar kabi moddiy ashyo sifatida katta rol’ o’ynaydi. Chunki bu rasmlarning mazmuni va manzaralar ma`nosidan kelib chiq-ib, ajdodlarimizni xo’jalik hayoti haqida hayvonlarni ov qilish, ularni qo’lga o’rgatish va nixoyat xonakilashtirish, oqibatda chorvachilikni vujudga kelishi haqidagi ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, bizning Markaziy Osiyo xududidagi eng qadimiy rasmlar O’zbekistonning Zarautsoy suratlari bilan Tojikistonni Bittik-chashma va Kurtana soyining shaxta ғoridagi bo’yoq bilan ishlangan odam, ayiq, to’nғiz va boshqalarni rasmlaridir. Bu rasmlarni juda katta tarixiy ahamiyati shundaki, ulrani yoshi eramizdan avvalgi III-I ming yillik bilan belgilanganligidadir. Demak, bizning rassomchiligimizni tarixi juda uzoq zamonlarga borib taqladi. Aniqroғi rassomchiligimizni ilk tarixi xozirgi kunimizdan 10 ming yil avval boshlangan deyish imkonini beradi. Bu rasmlarni ayniqsa Zarautsoy suratlarini eng muxim tomonlari shundaki, ular qadimiy bo’lishlari bilan birga mazmun jixatdan xam katta ahamiyatga ega. Chunki Zarautsoy suratlarida ajdodlarimizni o’sha qadim zamonlarda ov qilishda niqoblardan foydalanishni xamda mezolit davrida ovda o’q-yoyni qo’llaganliklari aks ettirilgan. Bulardan tashqari III-I ming yillikda qanday hayvonolarni ov qilganliklari xam aniq ko’rsatilgan. Mutaxassis olimlarimizni Markaziy Osiyodagi qoyatosh suratlari ustida olib borgan ilmiy tatqiqot ishlari shuni ko’rasatdiki, bu xududagi qoyatosh rasmlari o’zini keng miqyosda tarqalganligi, mazmundorligi, ishlanish uslubini xilma xilligi bilan sobiq Ittifoqchi mamlakatlar orasida birinchi o’rinni egallagan. Bu qadimiy rasmlarni o’rganish natijalari bizga ota bobolarimizni g’oyaviy qarashlari diniy e`tiqodlari, san`atlari haqida xam qimmatli ma`lumotlarni berdi. Bu ma`lumotlar xozirgi kunda tarixchilar, etnograflar, san`atshunoslar va boshqalar uchun muxim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |