Qaysi tilda gapiradi va hozirda qancha lo‘li qoldi?
Lo‘lilar ikki tilda gapiradi: o‘zbek va tojik. Ammo o‘zlarining maxsus, yashirin tili ham bor: “lavzi mugat” yoki “arabcha” (ular o‘zlarini qora tanli ko‘rinishi va ko‘chmanchi turmush tarzi o‘xshash bo‘lgan arablarga qarindosh deb hisoblaydi).
Foto: Kaktakto
Aniqrog‘i, u “maxfiy” ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan, ma’lum obyektlar, tushunchalar va xatti-harakatlarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topganiga qaramay, o‘ta “maxfiy” til emas.
Markaziy Osiyoda lo‘lilarining soni aniq sanalmagan va buni hisoblashning iloji ham yo‘q. Chunki ko‘pchilik lo‘lilar boshqa millat vakillari bo‘lishga da’vo qilmoqda. 1989-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda taxminan 25 mingta lo‘li bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |