“Tarix o’qitish metodikasi” bo’yicha tayyorlanadigan metodik qo’llanmaning taxminiy rejasi


 Tarix  ta`limi  jarayonida  interfaol  metodlardan foydalanish usullari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/52
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#81511
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
Bog'liq
6 sinfda tarix oqitish metodikasining ayrim jihatlari

2.2. Tarix  ta`limi  jarayonida  interfaol  metodlardan foydalanish usullari. 

O’zbekiston  mustaqillikka  erishganligi  tufayli,  jamiyatimizning  hamma 

sohalarida jiddiy o’zgarishlar davri boshlandi. Shu jumladan tarix fanini  o`qitisjhda 

ham  yangi-yangi  muammolar  yuzaga    kelib,  ilmiy  izlanishlarni  taqozo  qilmoqda. 

Ayniqsa,  bu  jarayon  yoshlarning    aqliy    kamolotining    rivojlanib    borayotganligi,  

ularning  ilm olishga  chanqoqligi, ustaqil  fikrlashi,  yangiliklar  va kashfiyotlarga 

nisbatan  cheksiz  qiziqishi  hamda  ta`lim  olishga  talabchanligida  namoyon 

bo`lmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov,“Men  avvalambor shu  yurtda  yashayotgan  

har  qaysi  inson  o`zligini  anglashi,  qadimiy  tariximiz  va  boy  madaniyatimiz,  

ulug`    ajdodlarimizning    merosini    chuqurroq    o`zlashtirishi,    bugungi    tez  

o`zgarayotgan  hayot    voqealigiga    ongli    qarab,    mustaqil    fikrlashi    va  

diyorimizdagi  barcha o`zgarishlarga  daxldorlik  tuyg`usi  bilan  yashi  zarur”

1

 deb  


ta`kidlaganlarida,  naqadar  haq  edilar.   

         Tarix  fanining    bugunda  tarbiyachilik    faoliyati    va  nufuzi  yanada  ortdi. 

O`zbekiston  jamiyati  jadallik  bilan  taraqqiy  etib,  iqtisodiy  va  siyosiy  mavqei  

kundan-kunga    ortib    bormoqda.    Ammo    ijtimoiy    sohada    va    ayniqsa,    ta`lim-

tarbiyada,  jumladan   tarix  fanini    o`qitishda    debsinish  va    umumiy    taraqqiyotdan  

orqada  qolish  sezilmoqda.  Bunday  noxush  vaziyatdan  chiqib  ketish yo`llaridan  

biri  -  ta`lim-tarbiya    jarayonni    rivojlantirish    maqsadida    qabul  qilingan    “Ta`lim  

to`g`riaida”gi Qonun,“Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi’’ va Davlat  standartlariga  

javob  beruvchi  “Ta`lim  texnalogiyasi”ning  ishlab  chiqilgani  va  tobora  o`quv  

jarayoniga  kirib  borayotganligi  muhim  ahamiyatga  ega bo`ldi. 

         Bugungi kunda ta`lim va tarbiyaning sifati esa, o`qituvchi va  pedagoglarimiz  

tamonidan    shakllanib    kelayotgan    milliy    pedagogikaning    nazariy    asoslarini  

nechog`lik o`rganib,  o`quy  jarayonida  zamonga  mos  bo`lgan  ta`lim  usullaridan  

qanchalik    to`g`ri    foydalana    olayotganligiga    chambarchars    bog`liq  ekanligi  

shubhasizdir. 

          Darhaqiqat,    yangi    pedagogik    texnalogiya    barcha    fanlar    tizimida    oquv  

jarayoniga  kirib  bormoqda. Ayniqsa, tarix fanlarini  o`qitishda  uning  usullaridan  

                                                 

1

 Karimov. I.A.Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch. T. ”Ma`naviyat”, 2008. 17- bet. 




 

46 


foydalanishga    qiziqish    kuchaymoqda.  Tarix    fanlarinig    o`qitilishida    jumladan,  

interfaol    usullardan    foydalanish    dars    jarayonini    samaradorligini    oshirishga  

xizmat    qilmoqda.    Shuningdek,    bu  usulnig    imkoniyatlari    shunchalik  ko`p    va 

ahamiyatliki,    buni    zamonamizning    eng    yangi    pedagogik    usuli    desak,    xato  

qilmagan    bo`lamiz.  Mazkur  usul    o`zining    nechog`lik    dars    samaradorligini  

oshirishini    amalda    tasdlamoqda,    o`qituvchi    metodlaridan  biri  sifatida    uning  

pedagogik amaliy  faoliyati  mezoniga  aylanib  bormoqda.  Quyida  biz shu  fanni 

o`rgaisda  interaktiv  usullarda  foydalanish haqida  fikr   yuritamiz. Zero,  o`qitish 

jarayonida  interaktiv  usullar va metodlar  borki, bu  usul ayniqsa,  tarix  darslarini  

o`rganishda  amaliy  ahamiyat  kasb etmoqda.    

Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturini  amalga  oshirish    avvalo  bizdan 

o`qituvchilarimiz    tafakkurida  asrlar  davomida    shakllanib  qolgan  pedagogik  

mentalitetdan    va    shu    hudud  aholisining    milliy    o`ziga    xosligidan  kelib  chiqib, 

tarkib    topib    kelayotgan    milliy    pedagogikaning    mazmun    va    mohiyatini  

muayyan    bir    tartibga  solishni    talab    etdi.    Shu    o`rinda    ta`kidlash  o`rinliki, 

bugunda  o`sib  kelayotgan  avlod yangicha  ta`lim usuli  bilan  qurollanmoqda. Har  

qanday  ta`lim  tizimining negizida kelajak  avlodning  taqdiri  shuningdek,  davlat  

va    xalq    manfaatlari    yotadi.  Avvalo    yangicha    shakllangan  ta`lim    tizmi    

yoshlarimizning    orzu    umidlarini    ro`yobga    chiqarsh,    kasbiy    kompetentligini  

o`stirishga qaratilgan.  

Shu  bois o`qitish ishlarida ham tubdan yangilash davr talabiga  aylanmoqda. 

Bugunda    murakkab   texnika    bilan    ishlay    oladigan,  ishlab    chiqarish   jarayonini  

to`laqonli anglash  imkoniga  ega,   favqulotdda  ro`y  beruvchi  vaziyatlarda  ham  

yuzaga    kelgan    muammolarni    ijodiy    hal    eta    oluvchi    malakali    mutaxassislarni  

tayyorlashga  bo`lgan  ehtiyoj    ta`lim  jarayonini    texnologigik  yondoshuv    asosida  

tashkil    etishni    taqozo    etmoqda.  Ayni    paytda    ijtimoiy    taraqqiyot    bilan    uzviy  

bog`liqlikda  rivojlani    borayotgan    “pedagogika”    fanining  vazifalar  doirasi    ham  

kengayb bormoqda.Tabiiy  ravishda  zamonaviy  fan-texnika  yutuqlarida  samarali  

va  unumli  foydalana  olish vazifasi  mazkur  fan  oldida  ko`ndalang qo`yildi. 

Bular  quyidagilarda  namoyon bo`lmoqda: 




 

47 


ma`lum    sabablarga  ko`ra    jahon    hamjamiyati    taraqqiyotidan,    bir  oz  

bo`lsada,    orqada  qolib    borayotgan    jamiyatimiz,    taraqqiy    etgan  

mamlakatlar    qatoridan    munosib  o`rin    egallashi    uchun,    aholi    ta`limini 

jadallahtirish  va  samaradorligini  oshirish maqsadida  eng  ilg`or  pedagogik  

usullardan foydalanishni; 

fan-texnika  taraqqiyotining    o`ta    rivojlanganligi    natijasida    axborotlarning 

keskin    ko`payib    borayotganligi    va    ularni    yoshlarga    etkazish    uchun  

vaqtning  chegaralanganligi; 

kishilik jamiyati  o`z  rivojining  shu kundagi  bosqichida nazariy  va emprik 

bilimlarga    asoslangan    tafakkurdan    tobora    foydali    natijaga  ega  bo`lgan,  

aniq    amaliy    yakunga    yo`naltirilgan,    texnik    tafakkurga    o`tib  

borayotganligi; 



yoshlarni    hayotga  mukamal  tayorlash    talabi,  ularni    tafakkurini 

kengaytiruvchi va eng  ilg`or  bilim  beruvchi  usullarni  izlab  topish. 

Demak,    hayotning    o`zi    davr    bilan    hamnafas    yashani,  ta'limda 

o`qituvchining  rolini  o`zgartirishni  ta'limlash,  uslub    va  vositalarining  o`zgarishini 

muammoli  holatlar,  faol  ijodiy-tadqiqiy  faoliyatni  yaratishga  asoslangan, 

muammolarni qidirish va еchish, bilimlarni amalda qo`llashga yo`naltirilgan faol va 

intеrfaol usullarni qo`lashni  taqazo  etdi. 

XX    asrning  90    yillaridan    boshlab  xuddi    shu    yuqorida    aytib    o`tilgan  

talablarga  javob  beruvchi yangi Ta`lim  texnologiyasi yaratildi.  Bizga  ma`lumki, 

o`qitishning  uslub  va  metodlari  ko`p  va turlicha.  Bu  uslubning  boshqa  ta`lim  

uslublardan ajratib  turadigan  o`ziga  xos xususiyatlari  nimada? 

Bu xususiyatlar  quyidagilardan  iborat: 



“Ta`lim    texnologiya”    ob`ektiv    narsa    va    xodisalarga  “majmuaviy 

yondoshuv’’  tamoyili    asosida    yaratilgan    bo`lib,    to`liq  uning  qonun  

qoidalariga  bo`ysunadi.    Boshqa    pedagogik  usullar,    tuzilishi    jihatdan    erkin  

bo`lib  o`quv  jarayonining tarkibi,  unda  qo`llanadigan  usullar  va  axborot–

kommunakatsion texnalogiyalar  oqituvchi  ixtiyorida bo`lgan; 



 

48 


“Ta`lim    texnologiya”    da,  asosiy    maqsadga    erishish    bosqichma-bosqich  

amalga  oshirilib,  har  bir  bosqichda  bajarilishi  lozim  bo`lgan  vazifalar  va  

talab    qilinadigan    vositalar    hamda  pedagogik  usullarning    aniq  

qo`llaniladigan    joylari    belgilanadi.  Boshqa    pedagogik    usularda  ta`lim-

tarbiya  jarayonining    yakunida    umumiy    maqsad    qo`yilib,    unga    erishish 

o`qituvchining ixtiyoriga  havola  qilingan; 



“Ta`lim    texnologiya”    universal    xususiyatga    ega    bo`lib,    uning  asosida  

o`quv    jarayonini    har    bir    mutaxassis,    a`lo    darajada    bo`lmasa    hamki, 

harholda  yaxshi  amalga  oshira  oladi.Darsning    samaradorligiga  pedagogning  

mahorati va  shaxsiy  sifatlari deyarli  ta`sir  etmaydi. Chunki  o`quv  jarayoni,  

ta`lim    texnalogiyasi    tamoyillari    asosida    avvaldan    loyihalanadi.    Avvalgi 

dars    berish    usullarini    amaliyotda  qo`llash    uchun    ma`lum  darajada 

o`qituvchining pedagogik  mahorati va  shaxsiy  sifatlari  etakchilik  qilgan; 

“Ta`lim  texnologiyasi”   yordamida  o`quv  jarayoni  loyihalanib,  bu  loyihani  

amaliyotda  qo`llanganda,  ta`lim jarayonini  va  to`liq  nazorat  qilish  imkoni  

mavjud.  Avvallari  bunday  imkoniyat  o`qituvchilarda  bo`lmagan; 

“Ta`lim  texnologiyasi” yordamida o`quv  jarayoni  loyihalashda va  bu  loyiha  

asosida    o`quv    mashg`ulotlarini    amalga    oshirganda,    natijasi    ta`lim  

oluvchilarda  egallagan    bilimlarga  ko`nikma    hosil    qilish    bilan    yakullanadi.  

Boshqa pedagogik  usullar  yordamida  o`quv  jarayonini  amalga  oshirganda,  

ta`lim  oluvchilar berilgan  bilimlarni zo`rg`a  eslab  qolardilar  xolos; 

  “Ta`lim    texnologiyasi”,  Davlat  ta`lim  standartlaridagi  ko`rsatkichlarga  

erishishni  kafolatlaydi  va    sarflash  talab  qilingan    vaqt,    kuch    hamda  

vositalarni me`yor  darajasida  ushlaydi.  Boshqa  pedagogik  usullarda  bunday  

imkoniyat  yo`q. 

     Demak,    yuqoridagilarni    umumlashtirib  yakuniy    xulosaga    kelishimiz  

mumkinki, “Ta`lim  texnologiyasi”ni  avfzallik tomonlari  ancha  ko`p. Fikrimizcha,  

agar    ularni    hududga    moslashtirilsa,    barcha  usullardan    yuqori    samaradorligi  

bilan  ajralib,    o`quv    jarayoninig    sifatini    pedagogning  mahoratidan    ozod    qiladi  




 

49 


va    ta`lim-tarbiya    jarayonini    faqat    yaxshi    va    a`lo    darajada    bo`lishligini  

kafolatlashi bilan birga,  uni  qaytadan  tiklash  imkonini  beradi. 

      Yangi    texnalogiya    tarkibida  ayniqsa,    tarix    fanlarini    o`qitishda    interaktiv  


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish