“Tarix o’qitish metodikasi” bo’yicha tayyorlanadigan metodik qo’llanmaning taxminiy rejasi


-  ta'limda talabalar roli o`zgarishiga:   -



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/52
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#81511
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
6 sinfda tarix oqitish metodikasining ayrim jihatlari

-  ta'limda talabalar roli o`zgarishiga:  

  o`quv  faoliyatini  mustaqil  olib  boruvchi  ta'lim  jarayonining  tеng  huquqli 

sub'еkti ekanligida; 



-  ta'limning  har  bir  shaxsga  yo`naltirilganlik  va  tizimli  yondashuv,  ta'lim  

sub'еktlari munosabatlarini dеmokratlashtirilishi va insonpavarlashtirilishida;  



-  jamoa va guruh ishlari kеng qamrovli ta'lim shakliga nisbatan ko`payganligida; 

-  axborot  tеxnologiyalari  ta'limning  an'anaviy  vositalari  bilan  bir  qatorda  kеng 

qo`llanishida;  



-  o`quv  matеriallari  ta'lim  olayotganlar  tomonidan  bilimlarni  mustaqil  qidirish 

uchun foydalanishda; 



-  mustaqil o`quv faoliyatining tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi 

va yordamchisi; 



-  talabalar bilimi, ko`nikmalari, mahoratlarining nazoratini qamda ehtimolli  

-  oqishlarni o`z vaqtida to`q`irlash maqsadida ularning bilim darajasi   


 

50 


    diagnostikasini ta'minlamoqda; 

       Interfaol  usullarning  dars  jarayonida    qo`llanishi    bilan    pеdagogik  boshqarish 

uslublari  va  vositalarining  o`zgarishi  natijasida  o`qituvchining  boshqaruv  

faoliyatida  ham o`zgarishlar  vujudga  keldi. O`qituvchi muammolarni aniqlashga, 

g`oyalarni rеgеnеratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga 

oshishiga mas'uldor mеnеjеrga aylanmoqda.U nafaqat pеdagogik balki talabalarning 

o`quv  faoliyatini  ham  bashoratlaydi,  loyihalashtiradi  va  rеjalashtiradi,  ya'ni 

qo`yilgan  ta'lim  maqsadini  amalga  oshirish  va  o`quv  faoliyatining  rеjalashtirilgan 

natijalariga erishish bo`yicha qo`shma faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, 

bashoratlash,  loyiqalashtirish  va  rеjalashtirishda  va  o`quv  faoliyatini  tashkil-

lashtirishda  talabalarni  qo`llab-quvvatlaydi,  ta'lim  jarayonini  o`quv  dialogi  va 

polilogi  sifatini  tuzadi.  Shu  bilan  birga,  o`qituvchilar  –  loyihalashtiruvchilar 

talabalarning  yangi  ta'lim  modеllari  bo`yicha  qurilgan  ta'lim  jarayoniga  tayyor 

emasligiga duch kеlishadi. Bu talabalarning ta'lim sub'еkti sifatida ta'sir etmasligida 

va o`qituvchilar tomonidan taklif etiladigan o`quv faoliyatining uslub va vositalarini 

amaliy qo`llash ko`nikmalarining yo`qligida namoyon bo`ladi.  

       Lekin    bu    muammoli    jihatlar  aksincha,    o`qituvchini    o`z    ustida    tinmay  

izlanishni    talb    etmoqda.    Cunki    harqanday    bilimni    egallash  uchun    anchagina  

aqliy    kuch    quvvat    sarflashi  talab  etiladi.  Har    doim    kishida    ishtiyoq  bo`lishi,  

yangilikka  intilish xususiyatlari va  insoniy  fazilatlari shakllanishi  lozim. Ayniqsa, 

o`quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni topish, 

bilish,  tushunish,  tanqidiy  baholay  olish  va  еtkazib  bеrish  uchun    o`qituvchining  

o`zi doim tayyor bo`lishi kerak.Bu esa ta'lim uslub va vositalarini amalga oshirishga 

faol ishtirok etishiga, ma'lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash 

va  qiyoslashga,  o`rganilayotgan  tushunchalar  (voqеalar,  hodisalar,  mavzular  va 

boshqalar) o`rtasidagi aloqalar va o`zaro aloqalarni  tushinishda  yordam  beradi. 

        Tarixiy    manbalarga    e`tibor    qaratsak,    o`qitish    tizimi    birdaniga    hozirgi  

tizimga kelgani yo`q. Ma`lumki, Sho`rolar hokimiyati  davrida N.K. Krupskayaning  

tashabbusi  bilan  Kamenskiyning  gummanistik  o`qitish tizimi  joriy  etildi.  Ynga  



 

51 


ko`ra    o`qitishning    qattiq  usuli    qoralanib,    faqat    yumshoq    usulda    bilim    berish  

lozim  deb  topildi  hamda  davlat  tomonidan  kuchli  nazorat  ostiga  olindi. 

        1961    yili  Sovetlar    mamlakatida      birinchi    bo`lib  insonning  kosmosga    etib  

borishi Amerika  hukumati  rahbarlarini  sarosimaga  solib  qo`ygan. Shunda  AQSh 

Prezidenti    turli    soha    olimlarini    yig`ib,    nima    sababdan    negizida    noto`g`ri  

tuzum    bo`lgan    sotsializm    mamlakati,    bu    yo`nalishda    bizdan    o`zib    ketdi?    -

degan  savolni  o`rtaga  tashlagan.  Amerika olimlari  bu  borada  qator  tadqiqotlar  

olib  borishib,  buning sababi  “Rossiyada  ta`lim  tarbiya  to`g`ri  yo`lga” qo`yilgan 

degan xulosaga  kelishgan. Bu  ayni  haqiqat,  zero har  qanday  davlatning  qudrati,  

shu  davlatda ta`lim-tarbiyaning  to`g`ri  yo`lga  qo`yilganligi bilan  bog`liqdir. Buni  

o`z    vaqtida    Mirzo    Ulug`bek    ta`kidlagan  bo`lsa    700    yil    keyin    Yan  Amos 

Komenskiy  buni  ilmiy  asoslab  bergan. Shundan  so`ng  AQSh  ta`lim  tizimida  

turli    islohatlar    o`tkazildi.    O`qitishning    majburlash    usuli    bekor    qilinib,    o`quv  

mashg`ulotlarini    bolalarni    fan    bilimlariga    qiziqtirish  yo`li    bilan  olib  borishga  

qaror  qilingan. Natijada  “muammoli o`qitish” usuli paydo  bo`ldi. Bizga ma`lum  

bu  usul    zamirida    o`quv  jarayonida    talabalarni    fikriy    faollashtirish    g`oyasi 

yotadi.Ana  shu  o`qitish  zamirida  interfaol  usullar  shakllandi. 

      Pedagogik    amaliyot    shuni    ko`rsatadiki,    interfaol    usularni  hayotda  

qo`llaganda talabalar  qanchalik faollashgan bo`lsalarda, ammo bu borada  bir  qator  

muammolr  ham  kelib chiqar ekan.  Jumladan,bu  usullar  bilan  o`quv  mashg`uloti  

olib    borilganda    talabalarni  boshqarish    juda    qiyin  bo`lib,    muayyan    soatda  

rejalashtirilgan biimni  talabalarga etkazish  uchun,  unga  ajratilgan  vaqt etmasdan,  

ustiga-ustak  pedagogdan  juda  katta  kuch  va  sabr  toqat  talab  qilinar  ekan.   

      Shunday    bo`lsada    bu  usulni    barca    rivojlangan    mamlakatlar,    muayyan 

mamlakatlar    pedagogik  jamoatchiligining    mentalitetidan    kelib  chiqib,  o`zining  

ta`lim tizimiga moslashtirgan holda  foydalanib,  yuqori  natijalarga  erishmoqdalar. 

Bu  usul misli  ko`rilmagan  natijalar  berib,  undan  to`g`ri  foydalanilganda ta`lim 

olivchilarnining  o`zlashtirish    darajasini    oshirish    mumkin    ekan.  Demak,  kam  

kuch    va  oz    vaqt    sarflab  yuqori    natijalarga  erishadigan  O`zbekistonimiz    ta`lim 

tizimi  o`quv jarayonida ham o`z o`rnini  topdi.      




 

52 


     Bugunda    boshqa    fanlar    qatori  tarix    fanlarini    o`qitishda    ham    “muammoli  

o`qitish”  zaminida    shakllangan  turli  -“Klaster”,  “Veer”,  “Davra    suhbati”,  

“Charxpalak”,  “Aqliy  hujum”,“Bahs-munozara”,  “FSMU”  kabi    usullar    qo`lla-

nilmoqda.

1

  Albatta    ta`lim    tizimida  tarix    fanlarini    o`qitishnining    o`ziga    xos 



jihatlari    mavjud.  Ya`ni  umumta`lim    maktablarida  tarix    fanini    o`qitishda 

o`quvchilarning    yosh    xususiyatlarini    hisobga    olib  yangi  usublarni    tanlashimiz  

zarur,  deb o`ylaymiz. Shulardan  ayrimlarini namuna  sifatida  keltiramiz:       


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish