jamiyatdagi voqea - hodisalarning o'zaro bog'liqligini, ularning vaqt o'tishi bilan
o'zgarishi kartografik tasvir, obrazli belgi – modellar vositasi bilan tasvirlashni
ta'rifni (kartografiya atamasisiz) milodiy II asrda yashagan yunon olimi Klavdiy
Mirzaliyev T. Kartografiya. T. «Universitet». 1982. 4-5-bet
43
8.
tarixiy-demografik
9.
tarixiy-arxeologik
10.
geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixi kartalari
11.
alohida shaxslar hayotini aks ettiruvchi tarixiy kartalari
12.
tarixiy tibbiy kartalar
13.
dinlar tarixi kartalari.
Ana shu bo'limlarning har biri fanning turli sohalariga xizmat qiluvchi
manbalar sirasiga kiradi.
Tarixiy voqealarni tahlil qilish, avvalo jamiyatda kechgan jarayonlarni,
qolaversa, joy, hudud va makonda bo`lib o`tgani bilish, o`quvchini esda qolarlik
darajada bilimlarni o`zlashtirishga olib keladi. O`quvcilarning kartalar orqali
qiziqishlarini shakllantirishda quyidagi usullarni qo`llash zarur:
- maroqli faktlarga boy vaziyatni vujudga keltirish;
- qiziqarli o`xshashlik va tajjublanishni his eta olish usullari;
1
Faraz qiling 6-sinf tarixi fanidan mavzu o`tayapsiz. Mavzu: 37-38 gg.
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari. Mavzu bo`yicha o`quvchilarga
topshiriq tariqasida test berdingiz va uni javobi darslikda berilmagani, faqat
kartada mushohada qilib topishlarini aytdingiz.Test variantlari quyidagicha:
Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida muhim jang maydonlarini aniqlang?
a) Sardiniya b) Issa s) Maroqand, Esxata, Gavgamel d) Barchasi
Albatta javob- “d”. Lekin bu testga o`quvchi javob topishi uchun shu davr
kartasidan foydalanishi talab etiladi. Binobarin, kartada ushbu savolning
javoblari belgili ajratib ko`rsatilgan. Demak, o`quvchi darslikda aniqlay olmagan
savolga javobini karta orqali bilib olishi mumkin. Ayni paytda esa, mustaqil
mushohada etish natijasida bu savol javobi o`quvchi ongida uzoq vaqt
saqlanib qoladi.
Xulosa qiladigan bo`lsak tarix o`qitishda noan'anaviy usullardan foydalanish
tarix o`qitishning eng samarali usullaridan biri bo`lib qoladi. Noan'anaviy usullarni
1
O`quvchilarning bilish faoliyatlarini kengaytirishga yo`naltirilgan o`quv variantlarini tanlash
va tizimlashtirish. qo`llanma. T. “fan va texnalogiya”, 2013. 94-95- betlar.
44
qo`llash shunga olib keladiki, uni qo`llash natijasida o`qitishning samarali
usullariga ega bo`lish mumkin. Agar bu usullar yordamida o`qitiladigan bo`lsak,
bunga qo`yidagi ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin:
- o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatamiz;
- ularning tafakkurini, dunyoqarashini rivojlantirish mumkin;
- o`quvchilarni o’z ustlarida mustaqil ishlashlariga imkon yaratgan bo`linadi.
Bu usullarni tarix darslarida qo`llash shunga olib keladiki, mazkur usullar
yordamida o`quvchilarda tarixiy savodxonlik qaror topib, tarixiy ong shakllanadi.
Bu jarayon esa huquqiy davlat qurayotgan, fuqarolik jamiyatini yaratayotgan
yoshlar
kelajagi
uchun
juda
muhimdir.Zero,tarixiy
madaniyat,
tarixiy
savodxonlikni, tarixiy ongni shakllantirmasdan turib bu maqsadga erishib
bo`lmaydi. Tarix darslari o`tmishdan saboq chiqarish, xalqimiz yaratgan ma`naviy
qadriyatlarni hurmat qilish, asrashm muhofaza qilishni o’rgatuvchi ta'limdir.
Bu jarayonlar yosh avlod ongida shakllantirishda barcha usullar bilan birga
noan'anaviy usulning ham o`rni beqiyosdir. Bu usullarni faqatgina tarix darslarida
emas balki boshqa fanlarni ham o`qitish jarayonida qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Bu usullarni qo`llash uchun o`qituvchidan ijodiylikni talab etadi. Buning uchun
o`qituvchining o’zi yetarli bilim va malakaga ega bo`lishi kerak. Chunki
o`qituvchining o’zi bu talablarga ega bo`lmasa u o`quvchilarga bu usullarni tadbiq
etolmaydi. Bu esa faqat an'anaviy usullar bilan cheklanib qolishga olib keladi.
Bularni oldini olish uchun avvalo o`qituvchining o’z faniga bo`lgan mehri a'lo
darajada bo`lmog`i, o`z ustida tinmay izlanishi lozim. Yosh avlodni bilimli qilish
va tarbiyalash, shu kasb egasi ko`liga topshirilgan ekan shu sharafli kasbga munosib
bo`lmog`i darkor.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, tarix darslarini kartografik ma`lumotlar
asosida tashkil etilsa, o`quvchilarda ko`rsatish va tushuntirish metodikasiga
an`anaviy o`qitish uslubiga nisbatan o`quv darsining mazmunini ko`proq ochib
berishga, yaxshiroq tushunib etishga hamda samarali o`zlashtirishga imkoniyat
yaratadi.