II. Bob. 6 – sinf tarix ta’limida innovatsion texnologiyalar.
2.1. Kartografik texnalogiyalar orqali tarixiy bilim, ko`nikma va
malakalarni shakllantirish metodlari.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning ikkinchi sifat bosqichida milliy
dasturni keng miqiyosda to`liq amalgam oshirishga erishish, ta`lim
faoliyatining samaradorligini ta`minlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
innovatsion texnalogiyalardan foydalanish jadal sur`tlarda ta`lim tizimiga keng
joriy etilmoqda. Bunga sabab shu vaqtgacha ta`limda o`quvchilardan faqat
bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsa, zamonaviy axborot va texnalogiyalarni
qo`llash bilan esa, ularni egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o`rganib tahlil qilishlariga, xulosalar chiqarishlariga o`rgatmoqda.
Innovatsion ta’lim (ing. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) o’quvchida
yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zgalar tomonidan yaratilgan ilg’or
g’oyalarni qabul qilishga oid sifat, malakalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.
Mazkur tushuncha 1979 yilda Rim klubida “Ta’lim olishning chegarasi yo’q” (Нет
пределов обучению) mavzusidagi ma’ruzada tilga olingan
1
. Uzluksiz ta’limda
innovatsion ta’limdan foydalanish o’quvchilarni ta’lim sohalarida yangiliklarni
yaratish, ilg’or g’oyalarni asoslash, amaliyotga samarali tatbiq etishga tayyorlaydi.
Bu haqida “Umumiy o`rta ta`limning DTS va o`quv dasturi”da o`quvchilar “xarita
ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish,
bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish”i
2
lozim
deyiladi.
Demak, ta`lim tizimida o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishida innovatsion
texnalogiyalarning o`rni va roli benihoya kattadir. Bu metodning o`ziga xosligi
shundaki, bunda pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali
pedagogik jarayon to`liq amalga oshiriladi. Bu metodda hamkorlik jarayonining
o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`ladi. Y`ani:
1
Internet ma`lumotlari. GOGLE UZ.
2
Umumiy o`rta ta`limning DTS va o`quv dasturi. T:. “Sharq”, 2009. 28-29-betlar.
39
-
dars davomida loqayd va bevarq o`quvchilarni mustaqil fikrlash,
izlanishga majbur etish;
-
o`quvchilarning dars jarayonida qiziqishi va aktivligini ta`minlash;
-
o`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;
-
o`qituvchi va o`quvchining hamisha birgalikdagi hamkorligi faoliyatini
tashkillashtirish.
Ayni payta an`anaviy modeldagi farqiga e`tibor qaratsak, innovatsion
texnologiyar asosida o`qitishni tashkil etish ijobiy samara beradi. Buni quyidagi
jadval orqali yaqqol ko`rishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |