2.2. Integratsiya texnologiyalari, tarixiy voqelikni xolisona o`rganish metodi.
Bugunda milliy modelimizga asoslangan, ta`lim tizimining uzluksizligi va
uzviyligini ta`minlash barobarida integratsiyani amalga oshirish ta`lim
tizimining barcha bosqichlarida boshlangan.Jumladan, M. Rasulova, X Axmedova,
Q. Abdullayeva, R. Safarova va boshqalar tomonidan yaratilgan “Uchunci ming
yillik bolasi” dasturi,A.Bahromov, G.Mo`minov,E.Nazirov va boshqalar tomonidan
yaratilgan “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi fanlari davlat ta`lim standartlari va
o`quv dasturlari”da integrativ bilimlarga ega shaxsni shakllantirishga katta
e`tibor berilgan.
Integratsiya - fanlarning bir-biriga yaqinlashishi va bog`lanish jarayoni
bo`lib, predmetlararo bog`lanishni sifat jihatidan yangi sathga ko`tarish demakdir.
Ma`lumki, dunyo olimlari integratsiyaning turli shakllari: zamonaviy iqtisodiyot,
siyosat, fan va texnikani rivojlantirishdagi roli kabi mavzularni keng
yoritishgan.Dunyoning bir butunligini tushunish, ilmiy dunyoqarashni shakllan-
tirish, fan va texnika, jamiyat, tabiatning o`zaro bog`liqligini anglash, zamonaviy
global muammolarni echishda uning muhim o`rni mavjudligini ko`rsatishgan.
Ta`limda integratsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik zaruriyat ekanligi
R. Jo`rayev tahriri ostida mualliflar R. Safarova, U. Musayev, P. Musayev, M.
Saloyevaning “Umumiy o`rta ta`lim tizimini prognostika qilishning nazariy va
amaliy asoslari” monografiyasida qayd etilgan.Muhimi ta`limda integratsiyani
amalga oshirishning besh turi turi ko`rsatilib, boshlang`ich ta`limda amalga
oshirish yo`l yo`riqlari ochib berilgan.
Pedagogik, ta`limiy jihatdan integratsiya, uzviylik, fanlararo va o`zaro
aloqadorlikni ifodalaydi. U o`zaro bir-birini to`ldiruvchi, kengaytiruvchi, chu-
qurlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Fan asoslari bilan qurollantirish funksiyasi ustuvor bo`lgan fizika,
bialogiya, kimyo o`quv fnlaridan farqli o`laroq, geografiya, tarix, davlat va
huquq asoslari, adabiyot, iqtisod, milliy istiqbol g`oyasi va ma`naviyat
asoslari, Vatan tuyg`usi singari o`quv fanlarida tarbiyaviy funksiya ustivorlik
qiladi. Bu o`quv fanlarini mazmuni ko`proq o`quvchining dunyoqarashini
29
shakllantirishga, vatanparvarlik tuyg`usini mustahkamlashga, axloqiy estetik,
siyosiy-huquqiy, iqtisodiy jihatdan tarbiyalashga yo`naltirilgan.
Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, integratsiya bu - bir necha predmetlarning
obrazlar, metaforalar va simvollar asosida qo`shilishi bo`lib, oqibatda individual
ma`no va qadriyat kelib chiqadi. Bunda o`quvchilar uchun qiziqarli bo`lgan,
hayotiy, muhim ahamiyat kasb etgan fanning amaliy yo`nalishlariga katta
e`tibor qaratish ko`zda tutilgan.
Hozirda tarix fanining o`zaro aloqadorligi jihatlari quyidagicha ko`rinishda
namoyon bo`lmoqda:
-
Ma`lum bir tarixiy jarayon yoki ijtimoiy-siyosiy voqelik qandaydir
siyosiy manfaat asosida dunyoga keladi. Xuddi shunday jarayonlarni
o`rganishda, baholashda siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib
baholash zarur. Demak, tarix fani siyosatshunoslik fani bilan
aloqador;
-
Xalqlar va davlatlar o`rtasidagi urushlar, xalqning iqtisodiy imkoniyat-
larini o`zlashtirishga qaratilgan. Shunga ko`ra xalq yaratgan jamiki
boyliklarni o`zlashtirish, erga, boyliklariga egalik qilish ustivor bo`lgan.
Demak, tarix fani iqtisodiyot fani bilan aloqador;
-
Tarixiy voqealikning oldin yoki keyin yuz berganligi, sabablari va
oqibatlarini o`rganishda mantiqan xulosa chiqariladi. Demak, tarix fani
mantiq fani bilan aloqador;
-
Har qanday jarayon ma`lum bir jamiyatnig mahsulidir. Voqea
hodisalarni o`sha davrda mavjud bo`lgan muhitdan kelib chiqib tahlil
etilmasa, u o`z isbotini topmaydi. Demak, tarix fani falsafa fani bilan
aloqador;
-
Tarixiy voqealik kishilarning, har bir davr odamlarining hayotga
munosabati, voqelikni idrok qilishi va uning turmush tarzi bilan
bog`liq. Binobarin, odamlar ongidagi o`zgarishlar va ularning idroki
bevosita shu jamiyatning taraqqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Demak,
tarix fani ruhshunoslik fani bilan aloqador;
30
-
Har bir tarixiy davrda insonning kechinmalari, orzu-umidlari badiyat
bilan bog`langan. ‘Shiroq”, “To`maris” haqidagi afsonalar bunga guvoh.
Demak, tarix fani adbiyotshunoslik fani bilan aloqador;
90-yillar oxirida O’zRFA Tarix instituti ilmiy jamoasi hamda rеspublika oliy
o’quv yurtlarining еtakchi tarixchi olimlarining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari
natijasida ishlab chiqilgan o’zbеk xalqi va uning davlatchiligi tarixi, milliy ozodlik
harakatlari tarixini o`rganish kontsеptsiyasi yuzaga kеldiki, bu kontsеptsiya
rеspublika tarixchi olimlarining formatsion yondashuvidan voz kеyaganliklaridan
dalolat bеrar edi
1
. Bu hol tadqiqotchilarning erkin ishlashlari va fikrlar xilma-xilligi
uchun yo’l ochib bеrdi hamda rеspublika olimlarining qarashlarini Markaziy
Osiyoni o’rganishda sivilizatsion yondashuvlardan foydalanayotgan xorijiy
mamalkatlar ilmiy markazlari nuqtai nazarlari yaqinlashuviga sabab bo’ldi. Mazkur
qarash bir tomonidan eng qadimgi davrlardan O’zbеkiston hududida kеchgan
tarixiy jarayonlarning o’z zaminida yaratilgan boy tarixiy va ma'naviy mеrosiga
umumiy egalik qilishda tеng huquqli voris ekanligini inobatga olgan edi.
O’tgan yillar mobaynida shu yo`nalishlarda amaliy ishlar amalga oshirildi.
Oxirgi o’n yillikda tarix yo’nalishida o’rta maktablar va o’quv muassasalarining
barcha sinflari uchun yaratilayotgan yangi avlod darsliklari va oliy o’quv yurtlari
uchun qo’llanmalar, dasrliklar yaratildi. Ayniqsa, tarixchi olimlarning ilmiy
izlanishlari natijasida O’zbеkiston tarixida birinchi marta yaratilayotgan
“O’zbеkiston davlatchiligi tarixi” va “O’zbеklar” nomli etnologik tadqiqot hamda
“O’zbеkistonning XX asr tarixshunosligi” kabi tadqiqotlar bo’yicha ishlar olib
borilmoqda. Umuman olganda, tarixan qisqa davr mobaynida tarixchi olimlar
tomonidan tarix va etnologiyaning dolzarb muammolariga bag`ishlangan jami 40
dan ortiq monografiyalar e'lon qilindi
2
.
Tadqiqotlarning mеtodologik bazasi ham yangilanmoqda. Tarix fani bilan
arxеologiya, etnologiya, san'atshunoslik, sotsiologiya kabi yondosh fanlar o’rtasida
o’zaro mеtodologik tajriba almashinuvi yuz bеrdi. Qolavеrsa, yaqinda bajarilgan
1
Karimov I.A., O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O’zbekiston», 1999, 31-bet
2
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi». T., «O’zbekiston», 1997.
19-b
31
ayrim tadqiqotlarda ilk marotaba ilmiy amaliyotga matеmatik uslub olib kirildi,
ya'ni epistolyar manbalarning kontеnt tahlili asosida XX asrning 20-30-yillarda
O’zbеkistonning oddiy fuqarolarining ijtimoiy va ruhiy holati hamda siyosiy
kayfiyatini umumiy manzarasi yaratildi
1
.Shuningdеk, tarixiy shaxslar ham tadqiqot
ob'еkti tarzida tadqiq qilina boshlandi va bu hol hozirgi zamon tarixini sеzilarli
darajada rivojlanishi hamda jonlanishiga olib kеldi. Tarixchilar tomonidan og`zaki
tarixga ham katta e'tibor bеrilmoqda, tarix fanida sotsiologiya mеtodlari ham kеng
qo’llanila boshlandiki, buning natijasida rеtrosotsiologiya kabi tadqiqot shakllari
vujudga kеldi.
Umuman olganda, ilmiy tadqiqot sohasida ijtimoiy fanlarning yaqinalshuvi
yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ayniqsa, tarix arxеologiya sxеmasi bugungi kunga
kеlib birmuncha yaxshi samara bеrmoqda. Holbuki, bir paytlar fanning ushbu
sohalarning har biri mustaqil tarzda rivojlangan bo’lib, ular orasidagi o’zaro
bog`liqlik mavjud emas edi. Shubhasiz, tarixchilarning qadimgi va o’rta asrlarga oid
xulosalari haqli ravishda arxеologiya fanining eng yangi natijalariga asoslanishi
zarur.Etnologiya sohasida ham muayyan yangiliklar amalga oshirildi. Ushbu fan
tarmog`ida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasi o’laroq uning mavzulari
doirasi ham asta-sеkin kеngayib boryapti, xususan, bu hol nazariya va mеtodologiya
sohasida ko’zga tashlanmoqda.
“Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur
to’g’risida” gi tarixiy qonunlar qabul qilinganligiga mana o’n yetti yil to’ldi.
Shu qisqa vaqt davomida ta’lim tizimida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi natijasida ulkan ishlar amalga oshirildi. O’tish davrining tug’dirgan
qiyinchiliklariga qaramay oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari hamda
akademik litseylarida ijobiy o’zgarishlar tomir yoydi. Ular faoliyatida raqobat-
bardosh kadrlar tayyorlash uchun yoshlarga eng zamonaviy ilg’or bilimlarni
berish, ularni davr talablariga mos mutaxassis qilib tayyorlashda izchil amaliy
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ta’lim islohotini bosqichma-bosqich amaliy
1
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi». T., «O’zbekiston», 1997.
21-bet.
32
hayotga tatbiq etishda maktabgacha tarbiya, umumtalim, o’rta maxsus va oliy
ta’limning ishlab chiqilgan konsepsiyalari asosida o’qitishning yangi pedagogik
texnalogiyasi joriy yetilmoqdaki, bu dars samaradorligini oshirishga xizmat
qilmoqda.
Bugunda dars samaradorligini oshirishda ayniqsa, tarix fanlarini o`qitishda
integratsion yondoshuvga katta e`tabor bilan qaralmoqda. Ya`ni, hozirdgi zamon
didaktikasi va metodikasida predmetlararo, kurslararo va bir o'quv predmeti
ichidagi aloqalarni o'rganish masalasi ta'limga integratsion yondashishning
muhim omili sifatida qaralmoqda
1
.
Mamlakatimizdagi uzluksiz ta'limni fan, ishlab chiqarish hamda jahon
ilm-fani va ta'limi bilan integratsiyalashuvi ro'y berayotgan hozirgi sharoitda
o'quv predmetlariga integratsion yondashish, mazkur fanning o`qitish
metodikasiga ilmiylik, tarixiylik, xolisiylik, muqobillik jarayonni uzluksiz mantiqiy
aloqadorlikda olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o`z navbatida
tarix fanini o`rganishda dialektik jarayonini uzluksiz mantiqiy aloqadorlikda
olib borishi taqozo etadi. Darhaqiqat, «ta'limda integrasiyani amalga oshirish
ham iqtisodiy, ham pedagogik, gigiyenik va fiziologik jihatdan muhim
ahamiyatga ega».
2
Demak, ta'lim-tarbiya davomida ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy
jihatdan yetuk shaxsni shakllantirish muammosini samarali hal etish ko'p qirrali
jarayon bo'lib,unda birinchi galda ta'limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish
va integratsiyalashtirishga yo'naltirish asosiy omil hisoblanadi.
Muammoga tarix fani misolida yondashadigan bo'lsak, maktablarimizdagi
tarix ta'limining xususiyati ikki mustaqil kurs - O'zbekiston va Jahon tarixini
eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy jarayonlar, voqealarni
xronologik izchilligi davomida o'rganishdan iborat. Bu fanlararo aloqalar usulida
o`rganib boriladi. Kurs (predmet) ichidagi aloqalarni o'rnatish deyilganda, har
bir tarix kursi ichida bo'lgan o'ziga xos ichki bog'lanishlar anglanadi.
1
Choriyev A. XXI asrda pedagogika fani. / Xalq ta`limi/. Jurnal, Toshkent, 2001, № 4, 17
-20-betlar.
2
Musayev, U. «Integrasiya-ta'lim jarayonini optimallashtirishining muhim prinsipi “Xalq
ta'limi. Jurnal. 2002, № 6, 4-bet.
33
Kurslararo aloqalarni uzviy bog'lash esa bir o'quv predmeti doirasida ilgari
o'rganilgan kurs mazmuniga tayanib, sinfda o'qitiladigan ikki parallel tarix
kurslarini o'zaro aloqadorlikda o'rganishni nazarda tutadi. Bu o`z navbatida tarix
fanini o`rganishda tarixiy voqealik, har bir muammo yuzasidan to`g`ri xulosalar
chiqarishga imkon beradi.
Tarixni o'qitishda predmetlararo aloqani o'rnatish - bu turli fan asoslarining
maqsad va mazmunining o'zaro moslashtirib o'qitish, shuningdek,
o'quvchilarning bilim, e'tiqodlarini shakllantirish hamda bilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga muvofiqlashtirgan holda rahbarlik qilish deb tushunish lozim.
Rossiyalik olimlar bu ilmiy muammo haqida quyidagi fikrlarni bildirdilar.
«Integrasiya darajasini biz predmetlararo aloqaning eng yuqori darajada
amalga oshirilishi deb bilamiz»
1
. «Integrasiyalash deb biz quyidagi shartlardan
birini bajarish jarayonini tushunamiz:
- U mustaqil predmetlarni, ular orasidagi aloqalarni bir majmuaga kiritib,
uni strukturaga aylantiradi.
- U mavjud bo'lgan struktura elementlari orasiga yangi aloqalarni kiritadi.
- U ushbu struktura elementlari orasidagi bor bo'lgan aloqalarni yanada
kuchaytiradi»
2
.
«Integrasion jarayonlar ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: - vertikal
Do'stlaringiz bilan baham: |