tangalarni o`rganadigan soha. Qadimiy pullarning materialli, shakli, vazni,
o`lchovlar haqida tushuncha, o`tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida
haqida tushuncha) hadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo`lgan yil
nusxasini ko`paytirish, xattotlik san`ati bilan bog`liq bo`lgan manbalarnig nashr
27
Demak, faqat manbalar atrofida fikr yuritish bilangina tarix haqiqatini
tiklab bo`lmaydi. Tarixiy dalil va ilmiy mushoda bevosita inson tafakkuriga,
ayniqsa, uning dunyoqarashiga ham bog`liqdir. Dunyoqarash insonning atrof-
muhitga munosabati, hayotdagi o`rni va pozitsiyasi, insonlik mohiyati, odam va
olam haqidagi qarashlari in`ikosidir
1
.Tarixiy dunyoqarash esa kishilik o`tmishi
bilan bog`liq bo`lgan, uni o`rganish jarayonida yuzaga kelgan qarashlar tizimidir.
Bugungi kunda o`tmish saboqlarini o`rganishga ehtiyoj tobora kuchayib
borayotgannining o`ziga xos sabablari bor. Chunki qarashlar yangilanmoqda.
Munosabatlarning yangi yo`nalishlari: tarixiy tajriba, ijtimoiy dunyoni inson
tomonidan ma`naviy ma`rifiy, ruhiy amaliy o`zlashtirish va bilishning yangi
bosqichini ochib bermoqda. Qadriyatlar haqidagi tassavurlar qalqib chiqmoqda.
Demak, tarixiy jarayonlardan chiqariladigan xulosalr faqatgina bilimlar va
qadriyatlargina emas, balki ma`naviy qudrat vazifasini bajaradi. Shu nuqtai
nazarda qaraganda tariximizni milliy g`oya ruhi asosida o`rganish, milliy
haqqoniy tariximizni yaratish avvalabor madaniyatimiz va ma`naviyatimizni
yuksaltirish zaririy vazifa bo`lib qolmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov
ta`kidlaganlaridek, “Yoshlar, ularning iqtidorligi va bilim olishga chanqoqligidan
ta`lim va ma`naviyatni tushunib yetish boshlanadi”
2
Xulosa qilib aytganda, tarix fanini milliy istiqlol g`oyasidan kelib chiqib,
xolisona o`rganish davr talabiga aylandi. Darhaqiqat, kishilar onggini eski
tuzum asoratlaridan xalos etish, ular qalbida yangicha tafakkur, yangi mafkura
g`oyalarini singdirish, milliy qadriyatlarimizni, tilimiz, tariximizni tiklash,
barkamol avlod tarbiyasi borasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish, biz
yosh avlodlarning zimmasiga tushmoqda. Shuningdek, ma'naviyat masalasiga
alohida e'tibor berish, yoshlar orasida xavf solishi mumkin bo`lgan ayrim
mafkuraviy taqdidlarga, yovuz intilishlarga aslo yo`l qo`yib bo`lmaydi.
Tarixchi tadqiqotchi mustaqil fikrga ega bo`lishi, har bir masalaga ijodiy
yondosha bilishi lozim.
1
Qarang: Narzulla Jo`rayev. Tarix falsafasining nazariy asoslari. T:, ”Ma`naviyat”.2008. 211-b.
2
Karimov I. A. O`zbekistonning o`z istiqlol yo`li. T:. “O`zbekiston”, 1992. 73-bet.