“Tarix o’qitish metodikasi” bo’yicha tayyorlanadigan metodik qo’llanmaning taxminiy rejasi


I.2. Tarix ta’limining nazariy asoslari, uning o’rganish manbalari



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/52
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#81511
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
6 sinfda tarix oqitish metodikasining ayrim jihatlari

I.2. Tarix ta’limining nazariy asoslari, uning o’rganish manbalari. 

O’zbеkiston  mustaqil  taraqqiyot  yo’liga  kirdi,  asriy  orzusi  ushalgan  xalq  o’z 

taqdirini  o’z  qo’li  bilan  yaratadigan  bo’ldi.  Kеlajagi  buyuk  davlatni  qurish  va 

mustahkamlash  uchun  jamiyatni  harakatga  kеltiruvchi  komil  insonlarni  еtishtirish 

talab  etiladi. Buning uchun jamiyatning har bir aozosi dastavval, o’zligini anglashi 

kеrak.PrеzidеntimizI.A.Karimov ta`kidlaganidek,“O’zlikni anglash tarixni bilishdan 

boshlanadi.  Tarixni  yaxshi  bilmasdan  turib  yuksak  mavqеga  erishish  mumkinmi? 

Albatta,  mumkin  emas.  Ma'naviyatini  tiklashi,  tug`ilib  o’sgan  yurtida  o’zini 

boshqalardan  kam  sеzmay,  boshini  baland  ko’tarib  yurishi  uchun  insonga,  albatta, 

tarixiy  xotira  kеrak...Tarixiy  xotirasi  bor  inson  -  irodali  inson.  Takror  aytaman,  u 

irodali  insondir...  Jamiyatning  har  bir  a'zosi  o’z  o’tmishini  yaxshi  bilsa,  bunday 

odamlarni  yo’ldan  urish,  har  xil  aqidalar  ta'siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix 

saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”

1

  



Tarixiy    voqеalarni  o’rganishda  qanday  ilmiy-nazariy,  mеtodologik  asoslarga 

tayanishning  ahamiyati  juda  katta.  Ma`lumki,    Sho`ro    hukumati    davrida    xalqni  

ataylab  savodsizlantirish,  o`z  otmishidan ajratib  qo`yish,  ajdodlari,  nasl-nasabi  

va    butun    tarixidan    bexabar    qilish    siyosati    olib    borilgan    bo`lib,    u    davlat  

siyosati    darajasiga    ko`tarilgan,    kommunistik  mafkuraning    butun  mazmun-

mohiyatini  tashkil  etgan  edi. 

Sovеtlar davrida uni o’qitish ishlari marksistik mеtodologiyaga bo’ysundirildi. 

Har  qanday  voqеani  yoritishga  komfirqa  mafkuraviyligi,  partiyaviylik,  sinfiylik 

nuqtai  nazaridan  yondoshildi.  Mamlakat,  butun  bir  xalq  tarixi  ikkiga  - 

ekspluatatorlar  va  ekspluatatsiya  qilinuvchilar,  quldorlar  va  qullar,  fеodallar  va 

qaram  dеhqonlar,  burjuaziya  va  yollanma  ishchilar,  boylar  va  kambag`allar, 

mulkdorlar  va  yo’qsillar  tarziga  bo’lindi.  Boylar  va  mulkdorlar,  ular  orasidan 

chiqqan  bеklar,  amirlar,  xonlar,  davlat  arboblari,  ruhoniylar  qoralandi,  nomlari 

badnom qilindi. Tarixiy  voqеalar jamiyat aozolarining bir qismi  - kambag`allar va 

yo’qsillarni  himoya  qilgan,  ularning  manfaatiga  bo’ysundirilgan  holda  yoritildi. 

Din,  diniy  qadriyatlar  qoralandi,  insonlarning  diniy  eotiqodlari  oyoqosti  qilindi, 

                                                 

1

 I.Karimov. O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.: O’zbekiston, 1-jild, 1996.6-bet. 




 

21 


ruhoniylar  quvg`in  ostiga  olindi.  Buyuk  olimlar,  allomalar,  maorifatparvar  shoiru-

ulamolar,  yozuvchilar  ikkiga  -  matеrialistlar  va  idеalistlarga  bo’lindi.  Ulardan  u 

yoki bu dinga eotiqod qilganlari idеalist dеb ataldi, taoqib etildi, ularning faoliyatini 

o’rganish  taoqiqlandi,  o’zlari  tahqirlandi,  asarlari  halqdan  yashirildi,  yo’qotib 

yuborildi. 

Oqibatda  ko’pgina  tarixiy  voqеa-hodisalar  soxtalashtirildi,  o’tmish  qoralandi, 

ma`naviy  mеrosimiz,  milliy  qadriyatlarimiz  haqoratlandi.  Yosh  avlodga  ularni 

jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari dеb o’rgatildi. 

Xalqimiz 

tarixining 

bu 

qadar 


soxtalashtirilishiga 

faqat 


marksistik 

mеtodologiyaning  yaroqsizligi  aybdor  dеyish  kifoya  qilmaydi,  albatta.  Bu  borada 

mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo’ldi. Tarix esa 

shu  totalitar  tuzumning  xizmatkoriga,  targ`ibotchi  va  himoyachisiga,  kommunistik 

mafkura dumiga aylantirilgan edi.  

Tarixning  fan  sifatida  yoritish  va  o’quvchi  diqqatini  uzoq  o’tmishga  qaratish 

bilan  birga  o’quvchilarning  dunyoqarashlarini,  ilmiy  nazariy  tafakkurlarini 

takomillashtirish, o’tmish va hozirgi zamondagi voqеa va hodisalarga ilmiy  xolislik 

va tarixiy ob'еktivlik tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqеalikka munosabat 

bildiradigan  hamda  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  yondashadigan  erkin  fikrli 

komil insonni tarbiyalash, o’quvchilarda xalqimizning madaniy, ma'naviy mеrosiga, 

ilg`or  an'analari,  milliy  qadriyatlari,  ahloqiy  fazilatlariga  hurmat,  vatanparvarlik 

tuyg`ularini, ajdodlarimizning  jahon madaniyatiga qo’shgan hissalaridan faxrlanish 

va ularning munosib davomchilari bo’lishni tushuntirish lozim. 

Bu hol umumta'lim maktablarida tarix fani asoslarini o’rganish oldiga, xususan 

ushbu o’quv fanini o’qish mazmuniga katta talab qo’yilishi  bilan  belgilandi. 

Bugunda  Vatanimizda  tarix  fanini    o`rganishning    metodologiyasi    aniqlab  

olindi.O’zbеk  xalqi  va  uning  davlatchiligi  haqqoniy  tarixini  o’rganish,  mamla-

katimiz  va  chеt  ellarda  mavjud  tarixiy  manbalar  tahlili  asosida  olingan  ilmiy 

natijalarning  jahon  miqyosidagi  e`tirofiga  erishish,  ularga  tayangan  holda  ilmiy, 

ilmiy-ommabop  asarlar,  darsliklar,  turli  adabiyotlar  yaratish  va  mazkur  bilimlarni 

kеng yoyish hamda tarix sohasida uning  vazifasi, metodologiyasini belgilab olish, 




 

22 


tarixni  anglash,  idrok  etishda butunlay  yangicha  qarashlarni  qo`llash  vazifalari  

belgilandi.  

Tarix    fani  tushunchasida  -  qonuniyatlari,    tarixiy    jarayon    va    inson,    inson  

mohiyati,    fe`l    atvori,    xatti  –  harakatlari,    mafaatlari    turmush  tarsi,    urf-odatlari,  

an`analari,  qarashlari  va  e`tiqodlari  talqin  etiladi.Bu  bevosita    insoniyat    taraq-

qiyotida,  sivilizatsiyalar  mohiyati  va  ularning  “to`qnashuvi”da  kishilik  jamiyati 

evolyutsiyasi,    inson    tafakkuri    va    ehtiyojlari    dinamikasi    bilan    jamiyat    rivoji  

dinamikasi    o`rtasidagi    bog`liklik,    renessans    hodisasi,  uning    yuz    berishi    va  

inqirozi  sabablari  o`rganiladi. 

Tarixni    anglash    tushunchasi    turli    davrlarda    mutaxassislar,    olimlar    va  

boshqa    ma`rifatparvarlar    tomonidan    turlicha  talqin    etilgan.    Natijada,    tarixiy  

bilim  va    tarixni    anglashning    xilma-xil    shakllari    yuzaga    keldi.    Kimdir    tarixiy  

jarayonni    tarixiy-xronologik    tarzda    o`rganish    g`oyasini    ilgari    sursa,    kimdir  

ma`lum  bir  davrda  yuz  bergan  tarixiy  jarayon,  voqea  va  hodisalarni  falsafiy  

o`rganishga    qiziqqan.  Yana  boshqasi    esa    ijtimoiy    mohiyat,  ijtimoiy    taqdir    va  

ijtimoiy  mantiq  izlash  orqali  tarixiy  tafakkurni  shakllantirish  usullarini  yuzaga  

keltirgan. Masalan: G. Lukach  I. Berlin  singari  olimlar  tarixni  anglash va  tarixiy  

bilim    mohiyati    sifatida    tarixiy    his-tuyg`uni    birinchi    darajali    hodisa  deb  

bilishgan.  I.  Vaynberg    esa    tarix    haqida    fikrlash    va    tarixiy    tafakkurni  

anglashning    oliy    darajasi    sifatida    tushungan.  Yu.  Levada,  Yu.  Afanas`ev,    V. 

Yakovlev    va    boshqalar

1

    esa    tarixiy    bilimni    ijtimoiy    xotira    sifatida  



tushunishga,  ular  istorizm - har  bir  narsa  yoki  hodisaga  tarix  nuqtai  nazaridan  

qarash  tarixiy  bilim  va  tarixni  anglashning  asosi  deb  bilishgan. 

Sobiq  sovet    tuzumi    hukumron    bo`lgan    davrda  esa,  bizning    tarixchilarimiz  

marksistik    g`oya    asosida    tarix  fanini    yoritishga  harakat    qilganlar.  Sovеt 

ittifoqining 

parchalanishi 

natijasida 

Markaziy 

Osiyoda 

qator 


mustaqil 

rеspublikaning  paydo  bo’lishi  mazkur  mamlakatlarda  tarix  fani  yo’nalishlarini 

                                                 

1

 Qarang: Narzulla  Jo`rayev. Tarix  falsafasining nazariy  asoslari. T:, ”Ma`naviyat”.2008. 195-



196-betlar. 

 



 

23 


tubdan o’zgarishiga va  yangi ustuvor dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib borishni 

kun tartibiga olib chiqdi.  

Mustaqillikka  erishishgach,  Markaziy  Osiyoning  ko’plab  tadqiqotchi-olimlari 

singari yurtimiz tarixchilari ham kеng imkoniyatlarga ega bo’ldi va mintaqa xalqlari 

tarixini oldindan bеlgilab bеrilgan g`oyaviy mе'yorsiz mustaqil tarzda ilmiy xolislik 

mеzonlari  asosida  yoritib  bеrish  imkoniyatiga  ega  bo’ldilar.  Bozor  munosabatlari 

sharoitiga  o’tish  jarayonida  ijtimoiy-gumanitar  fanlarning  transformatsiyalashuvi 

biryoqlama  va  ilmiy  ishlanmalardan  xoli  bo’lgan  eski  mеtodologiyadan  voz 

kеchish,  tarixiy  qadriyatlar  va  tarixiy  jarayonlarga  qaytadan  baho  bеrish  zaruratini 

kun tartibiga olib chiqdi. 

Shuningdek,  “O’z  navbatida  informatsion-tahliliy  rеstsrslvrdan  foydalanish 

chеklangan,  moliyaviy  muammolar,  ya'ni  fanga  sarflanayotgan  mablag`larning 

еtishmasligi  qolavеrsa, tarixiy voqеa va hodisalarni yoritishda biryoqlama noxolis 

baho bеrish kasalligini avj olishi bilan hamohang davom etdi. Qolavеrsa, tarix fani 

bu davrda tarixiy fakt va ob'еktiv haqiqatdan yiroq bo’lgan tarixiy-madaniy mеrosni 

bir xalqgagina tеgishli, dеb hisoblovchi mifologik qarashlardan ham xoli bo’lmadi”

1

  

-dеgan mulohazasiga qo’shilmasdan ilojimiz yo’q. 



90-yillar boshlarida siyosiy  libеrilizatsiya jarayoni o’zbеkistonlik tarixchilarga 

ham  tadqiqot  mavzularini  dolzarb  yunalishlarini  tanlash  va  bеlgilab  olish,  olib 

borilayotgan ilmiy ishlar mеtodologisi, ilmiy maktab borasida uzoq muddat kutilgan 

erkinlikni bеrdi. Bu borada ayniqsa, arxivlarda jumladan,  oldingi avlod tarixchilari 

uchun  yopiq  bo’lgan  fondlari  (masalan,  MDH  arxivi  fondlari)dan  foydalanish 

borasida yangi imkoniyatlar ochilishi, xorijiy hamkorlar bilan sеrmahsul muloqotlar 

olib  borish  va  doimiy  hamkorlikda  ilmiy  tadqiqotlar  samaradorligiga  ma'lum 

ma'noda ijobiy ta'sir qildi. 

Yuqoridagilardan    kelib    chiqib,    ta`kidlash    o`rinliki,    yosh    tarixchilarimiz  

oldiga:    o`zbek    davlatchiligi    tarixi;    milliy    ozodlik    tarixi;    o`zbek    xalqining   

kelib    chiqish    tarixini    o`rganish,    uchunchi    ming    yillikda    dunyo    tarixini  

yangicha  nazar  bilan  o`rganish  masalalari  bosh vazifa qilib qo`yildi.  

                                                 

1

 Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: O’zbekiston, 1999. 45-bet. 




 

24 


O’zbеkiston  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  “O’zRFA  Tarix  instituti 

faoliyatini takomillashtirish to’g`risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi 

ahvolini  tubdan  o’zgartirib  yubordi

1

.  Prеzidеntimiz  I.A.Karimovning    “Tarixiy 



xotirasiz kelajak yo’q” asari  tom  ma`noda  tarix  fanini  o`qitilishida,  metodologik  

asos  bo`lib  xizmat  qilmoqda. Hozirda  tarix  fanining metodologik  asosi  sifatida  

quyidagi  tamoyillarga  amal  qilinmoqda: 

1. dialektik qonunlarga  tayanish. 

2. tarixiylik. 

3. ilmiylik. 

3. xolisiylik. 

4. tanqidiylik. 

5. muqobillik. 

Prezidentimiz    olg`a    surgan    tarixni    o`rganish    bo`yicha    metodologik  

tamoyillar    tariximizni  o`rganish    jabhalarida    samarali    ahamiyat    kasb    etmoqda. 

Biz    yurtimizni    yangi    bosqichga,  yangi    yuksak    marraga    olib    chiqmoqchi  

ekanmiz,  bunda    bizga    yorug`    g`oya  kerak.  Bu    g`oyaning    zamirida    xalqimizni  

o`zligini  anglashi  yotadi.  

Ma'lumki,  har    qanday    voqea    xodisaga    tarix    deb    qarashimiz    noto`g`ri. 

Voqea  hodisalar    avvalombor    jamiyat    taraqqiyotiga    xizmat    qilishi    lozim.  Yoki  

aksincha,    voqea    xodisalar    jamiyatdagi  mavjud    davlatning    tanazzuliga    yuz  

tutishiga    sabab    bo`lishi  mumkin.  Bunday  holatda  tarixdan    saboq    chiqariladi. 

Agar    voqea  xodisa    jamiyat    taraqqiyotiga,  rivojiga    xizmat    qilsa,  undan    andoza 

olinadi.  Mana    shu    oddiy    bir    haqiqat,  tariximizni    o`rganishda    uzoq    vaqt  

xaspo`shlab  kelingani ma`lum.  

Tarixiy  voqea  –  xodisalarga    bir    kishining    fikri  deb,  yagona    haqiqat  

sifatida    qabul    qilinishiga    yo`l    qo`ymaslik    darkor.  Muayyan    tarixiy    masalaga  

turli  fikrlarni  berish, bahs  orqali  haqiqat  oydinlashuviga  erishish  lozim  bo`ladi. 

Jumladan, tadqiqot  ishida  aniq  tarixiy  fakt  va  dalillarga  tayanib, o`sha  davrda  

ro`y    bergan    voqealarni    xolison    ko`rsata    bilishi    kerak.  Unda    aniq    tarixiy  

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi».T,«O’zbekiston»,1997.15-bet. 




 

25 


voqealar    aks    etmog`i    lozim.  Bundan,    o`z    o`zidan    taqqoslash    usuli    kelib  

chiqadi. Masalan: Ibn  Arabshoxning  A.Temurga nisbatan   adovati  va  kitobidagi  

salbiy    nuqsonlar    va    hokazo.    Aksincha,  Ali    Yazdiy    va    Nizomiddin    Shomiy  

saroy    tarixchilari    bo`lganligi    sababli    birmuncha    madhiyabozlikka    yo`l  

qo`yganliklari  va  hokazo. 

Bugunda  tamoyillarga    tayangan    holda    yana    davriylik    va    uzviylik  

qoidalariga  ham  amal  qilishi  kerak. Tarixchi  voqealarni  ketma - ket  va  uzviy  

ya'ni  bir-biriga  bog`langan  holda  yoritishi,  ishda  tadqiqotchining  nuqtai  nazari  

yaqqol  sezilib  turishi  kerak.   

Tarixiy    asarlarning      g`oyaviy    mazmuni    O`zbekiston    Respublikasining 

davlat  siyosati, milliy  mustaqillik  mafkurasi  bog`liq  holda  yo`g`rilgan  bo`lishi  

kerak. G`oyaviy  siyosiy  yechimlar  mustaqil  davlatimizning  taraqqiyotiga  xizmat 

qilishi    lozim.  Faqatgina    milliy    istiqlol    g`oyasigina    tariximizni    xolisona  

o`rganishga    ko`maklashadi.  Nuqsonlardan    xoli    qiladi.  Eng    muhimi  xalqimiz  

tarixini  yangicha  o`rganishga,  o`zligimizni  anglashga  yordam    beradi.  Yoshlar  

orasida    xavf    solishi    mumkin    bo`lgan    ayrim    mafkuraviy    tahdidlarga,  yovuz  

intilishlarga  qarshi  kurashishga  ko`maklashadi. Shuningdek, buzuq  g`oyalarning  

kirib    kelmasligi    uchun  inson    qalbi    va    ongini    egallashga    chaqiradi.  

Bunyodkorlikga  da'vat  etadi.    

        Tarixni  yaxlitligicha,    bir  butunligicha    anglash    uchun    tarix    fanini  

mohiyatini    anglamoq    zarur.    Yuz    bergan    voqeani    mohiyatini    anglamoq    yoki  

tan    olmaslik    hamma    davrda    bo`lgan.  Lekin    aniq    manbalardan,    ishonchli  

faktlardan  foydalanish,  voq`ea-xodisalarni  tarix  haqiqati  sifatida  qabul  qilishga  

majbur  etadi. Bu  tarix  fanida  tarixiy  dalil  deb nomlanadi.  

        Tarixiy  dalilning    asosiy    turlaridan  biri    tarixiy    manba    hisoblanadi.  Lekin 

manbalarning  ham  ayrimlari  ilmiy  asoslangan  bo`lsa, ayrimlari  tarixiy  tanqidga 

muhtoj  bo`ladi. Binobarin,  bu  tarixchining  bilim salohiyatiga bog`liq  bo`ladi. Bu  

esa    tarixchilardan    bir    necha    yo`nalish  va    sohalarni    bilishni    taqozo    etadi. 

Jumladan:  



 

26 



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish