mutaxassislik darajasidagi alohida predmetlar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni
yaxlit professional bilim va ko'nikmalar tizimiga aylantiruvchi integrasiyalashdan
естественных наук в школе. Наука и школа, 2002, № 1 стр. 56.
М.:Издательство Московского университета,1989.стр. 164.
педагогический колледж-педагогический институт». Наука и школа.2003..№1.стр.58-60.
34
Fikrimizcha, bu muammoni yuqorida ta'kidlaganidek, turli darajada ko'rib
chiqish muhim. Ya'ni:
-bir predmet doirasida: umumiy o'rta ta'lim predmetining ikki paralel
kursi-Jahon va O'zbekiston tarixini uzviy bog'lab, integrasion yondashish asosida;
-tarixga yaqin bo'lgan turdosh predmetlar, xususan, ijtimoiy fanlar
doirasida: «Davlat va huquq asoslari» «Milliy istiqlol g'oyasi va Ma'naviyat
asoslari» bilan predmetlararo aloqalarni o'rnatish vositasida;
-turli o'quv predmetlarni ko'zda tutish asosida o'quvchilarning tayanch,
o'quv-bilim doirasidan tashqariga chiqishini hisobga olgan holda.
Mazkur muammo yuzasidan adabiyotlar tahlili, pedagogik amaliyotning
kuzatish ta'lim mazmunini integrasiyalashni turli yo'nalish va darajada amalga
oshirish mumkinligini ko'rsatmoqda. Jumladan, birinchi darajali ta'lim
mazmunining integrasiyasida didaktik sintez yoki ko'plik tomonidan tan
olingan didaktik birliklarni yiriklashtirish hisoblanadi.
Mazkur kurslararo integrasiya o'quv materialini ixchamlashtirish va
mujassamlashtirish imkonini berib, o'quvchilarni ortiqcha o'quv yukidan xolos
etadi. Binobarin, hozirgi vaqtda 5-sinfda Jahon va O'zbekiston tarixidan
hikoyalar kurslari birlashtirilib, integrasion tarzda o'qitilayapti.
Ikkinchi darajali ta'lim mazmuni integrasiyasida har ikkala tarix
kurslarining tegishli mavzularini turli metodik shakl va usullar vositasida,
kurslararo bog'lash orqali o'rganishdan iborat.
Uchinchi yo'nalishdagi integrasiyalash esa predmetlararo aloqalarni
yuqori darajada amalga oshirishdir.
O'qituvchilarning dars jarayonida predmetlararo va kurslararo, predmet
ichidagi aloqalarni amalga oshirishga tayyorlashni, fikrimizcha, shartli ravishda
uch bosqichda bo'lish mumkin: birinchisi-tanishtirish, ikkinchisi-bog'lanishi
mumkin bo'lgan aloqalarni rejalashtirish, uchinchisi-mazkur aloqalarni dars va
darsdan tashqari ishlarda ro'yobga chiqarish.
Birinchi navbatda, metod birlashmalari a'zolari tomonidan bu sohadagi
DTS, o'quv darslari, darslik va o'quv qo'llanmalarining mazmuni chuqur
35
o'rganilib chiqiladi. Keyin ulardagi materialni muammo nuqtai nazardan
xarakteri, mantiqiy bayoni, tarixiy tushuncha va atamalar, savol va topshiriqlar
tizimi, illyustrasiyalar va hujjatlar, xarita, chizma, jadvallar, rasmlar hamda
boshqa qo'shimcha manbalar o'rganilib, bog'lanishi mumkin bo'lgan aloqalar
aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda ushbu aloqalar tizimi rejalashtiriladi. Bunda
maktabdagi eng ommaviy reja shakllaridan biri bo'lgan taqvimiy mavzuiy
rejada mazkur bog'lanishlarga alohida bo'lim ajratiladi.
Ushbu ishlarni mashg'ulotlar jarayonida amalga oshirish uchun
maqsadga muvofiq, metodik usullar tanlashni taqozo qiladi. Buning uchun
dastavval asosiy maqsad va hal etilishi lozim bo'lgan vazifalar aniqlanadi.
Bular esa belgilangan vazifalarga erishishning yaroqli bo'lgan umumiy tarzdagi
bir guruh metodlarini yuzaga keltiradi. So'ngra bilish jarayonini maqbul tarzda
amalga oshirish imkonini beruvchi optimal yo'llarini tanlash zarur bo'ladi.Tarix
ta'lim integratsion yondoshuvi ko'p jihatdan o'qituvchi hamda o'quvchilarning
ushbu aloqalardan foydalanishlariga omil bo'ladigan metodik shart-sharoit
yaratuvchi quyidagi chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishga bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: