-tarix bilimlarini turli manbalaridan olgan bilimlari bilan umumlashtirgan
holda qo'llashni talab qiluvchi predmetlararo va kurslararo muammoli vaziyatni
tarix kurslaridan integrasion amaliy topshiriqlarni bajarish bo'yicha natijalarini
-o'quvchilarning predmetlararo, predmet ichidagi va tarixdan kurslararo
aloqalar yuzasidan umumiy o'quv va predmet bo'yicha asosiy ko'nikmalarni
-tarixni o'zaro aloqadorlikda o'rganishda o'quvchilarning yoshi, psixologik
xususiyatiga moslik tamoyiliga asoslanib, yangi o'quv-metodik majmualar
mazmuni va xarakteridan kelib chiqqan holda zaruriy bog'lanishlarni amalga
tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, predmetlararo va kurslararo aloqalardan
muntazam hamda maqsadga muvofiq foydalanish o'quvchilar tarixiy bilimlari
uzviyligini ta'minlab, tarix predmetining ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va
Bugunda tarix fanlari dars jarayonida integratsion yondoshishning ko'p
qirrali tomonlaridan foydalanilmoqda. Shulardan yana biri savol-javob usulidir.
Binobarin, test usulida bu metod keng qo`llanilmoqda va variantlaridan ayrimini
37
4.
Tarixiy atamalar bir-biriga mos kelganligini aniqlang? (Yevropa
davlatlar – Markaziy Osiyoning turli davrlarida qo'llangan atamalari)
5.
Bobur Mirzo Hindiston taxtiga o'tirgan yilda Turkiya davlatida
qanday voqea bo'lib o'tdi ?
6.
Alisher Navoiy vafotidan to'qqiz yil o'tgach O'zbekiston tarixida
qaysi sulolar o'rtasida jang bo'lib o'tdi, qaysi shoh o'ldirildi ?
Tabiiyki, o`qituvchi yuqorida qayd etilgan tamoyillarni mavzular bo`yicha
uning mohiyatini o`quvchilarga tushuntirib berar ekan, bevosita dars jarayonida
o`quvchilar diqqat e’tiborini O`zbekistonda borayotgan islohotlar va bu
islohotlarning yutuqlarini, jahon tan olayotgan maqomini integratsion usul orqali
tahliliy tafakkur etishi talab etiladi.
Jahon tarixining qaysi mavzusini olmang, undagi tarixiylik bevosita
Vatanimiz tarixi bilan ham aloqadordir. Demak, tariximizni jahon xalqlari
tarixiy taraqqiyotidan ajratgan holda o`rganib bo`lmaydi. Bunday mantiqiy
mushohada, qiyosiy tahlil o`quvchilarning jahon davlatlari taraqqiyotiga tahliliy
tafakkur qobiliyat ko`nikmalarini shakillantirishga yordam beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, o'quvchi nafaqat o'z Vatani tarixi, balki
Jahon tarixi voqea - hodisalarni qiyosiy tarzda o'rganishga muyassar bo'ladi. U
o`zini o'rab turgan kundalik real amaliy, hayotiy misollar asosida aniq faktlar
vositasida voqealikni to'g'ri anglay olishiga harakat qiladi. Ayni paytda voqea
va hodisalarga o'z munosabatini bildirishda, Vatan taraqqiyoti yo'lida o'z orzu-
umidlarini amalga oshirish va hokazolarni belgilashda muhim o'rin tutadi.
Demak, ta`lim jarayonini integrasiyalash o'quvchilar dunyoqarashini
shakllan-tirishda va ularning mantiqiy tafakkur qobiliyatlarini uzluksiz rivoj-
lantirishda muhim ahamiyatga egadir.Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganidek,“
Bir
so‘z bilan aytganda, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy olami, ijtimoiy
faolligi o‘sib borayotgani barcha-barcha yutuqlarimizning poydevoriga, kuch-
quvvatimiz manbaiga aylanayotganini sezish, ko‘rish qiyin emas”
1
.
1
Karimov I. A. “Inson xotirasi - boqiy, qadr – qimmati ulug`”. “Xalq so`zi” gazetasi 2012
yil , 9 may.