- Demak, innovatsion ta`lim modeli o`qituvchidan o`qitishni emas, o`qishni
- o`rganish, tushunib yetish tahlil eta olish, sintez-baho olish kabi jarayonlarning
- o`quvchining talabi, moyilligi, istak-xoxishi, uning imkoniyatlari darajasida
40
qondiriladi;
- o`quvchining o`quv mehnatiga ma'suliyati, javobgarligi va burchi oshadi,
- bilimlarni mustaqil egallab olish malakasi shakllanadi;
- shaxsning jamiyatda o’zining o`rnini tezroq topib olishga muhit yaratiladi.
Yuqorida berilgan jadvaldan yaqqol ko`rinadiki, agar o`qituvchi tomonidan
inovatsiyani ta`lim jarayoniga qollash yo`lga qo`yilsa:
1
-
o`qituvchining yangilikka intiluvchanligi, yangilikni yaratish, izlab
topish, to`plash, ta`lim jarayoniga qo`llash ko`nikma va malakalari
shakllanadi;
-
o`quv jarayonida o`quvchining darsda faol qatnashishiga, mahsuliyatni
his qilib o`z fikrini bildirishga ijobiy muhit yaratadi;
-
uzluksiz o`z ustida ishlash asosida yangiliklarni pedagogik faoliyatga
tizimli olib kirish ko`nikmasiga ega bo`linadi;
-
o`quvchi ta`lim jarayonining sifat va samaradorligini ta`minlashda
harakatlanuvchi kuchga aylanadi;
-
o`qituvchi interfaol usullar yaratish muhitida ish yuritadi.
Ma'lumki, noan'anaviy usulning juda ko`p shakllari mavjud. Ta'lim sohasida
avval boshidan qo’yilgan xato, yo’l juda yomon oqibatlarga olib kеlishi mumkin.
Masalan, o’rtacha, odatiy o’ylaydigan o’quvchiga odatdagi, an'anaviy munosabat
bildiriladigan bo’lsa, bu narsa o’rtacha mutaxassisning shakllanishiga olib kеladi.
Binobarin, iqtidorli o’quvchiga shunday munosabat bildirilsa, uning o`sishiga
to`sqinlik qilishimiz mumkin. Bunday iqtidorlar juda ko’p. Lеkin ularga nisbatan
munosabatlarimizdagi “odatiylik”ni yangilik bilan almashtirsak, qanchadan-qancha
“gеniy” larni kashf etishimiz, taraqqiyot sari yuz tutishimiz mumkin. Ta'limda
e'tiborning, ayniqsa, tarix darslarida kuchaytirilishi ana shunday achinarli holning
oldini olishi mumkin. Zеro, tarixiy xotira o’quvchini uyg`otadi, uni „boshqacha"
fikrlashga undaydi, uning qobiliyatlarini „namoyon etadi".
1
Yuldoshev J. G`. /Innovatsiyalarni ta`lim jarayoniga uzluksiz ravishda tatbiq etish zamon
talabi/ Uzluksiz ta`lim. Ilmiy - uslubiy jurnal. T:. №-6. 2011yil, 11-15- bet.
41
Quyida biz tarix fanlarini o`qitishda kartografiyadan foydalanish, o`qitishda
unnovatsion usullarni qo`llash haqida fikrimizni davom ettiramiz.
Kartalar tarixi taraqqiyoti asrlar davomida shakllangan oddiy chizmalardan
toki aniq ishlangan kartalar yaratilishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
Olimlarning fikriga qaraganda: «bir kartaning mazmunini 100 sahifalik jiddiy
ilmiy matnga tenglashtirish mumkin».
Do'stlaringiz bilan baham: