Hisor madaniyati. Hisor neolit jamoalari moddiy madaniyatini tadqiqoti ishlarini 1948 yili A.P.Okladnikov boshlab bergan bo‘lsa, keyinchalik madaniyatni atroflicha tadqiqot etgan olim V.A.Ranov bo‘ldi. SHuningdek, A.G.Amosova, A.X.YUsupovlarning izlanishlari ham muhim. Hisor madaniyati tarqalgan asosiy hududlar YAxsu, Surxob, Vaxsh, Kafirnigon vohalari hisoblanadi. V.A. Ranov tadqiqoticha, hisor jamoalariga tegishli makonlar dengiz sathidan 500-700 metrdan 1000-1500 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi joylarda joylashgan. Bu makonlar barchasi soz tuproq qatlamlidir. Hozirgi kunda Hisor jamoalariga tegishli makonlar soni 100 dan oshib ketdi. Hisor madaniyati tarqalgan xudud chegarasi masalasiga kelganimizda quyidagi holatni kuzatamiz: Uning shimoliy chegarasi SHimoliy Tojikiston baland tog‘liklari yon daralari bilan chegaradosh. SHuningdek, Farg‘ona vohasi janubiy qismi, Issiqko‘l, CHo‘l vohasi hududlaridan ham Hisor jamoalariga tegishli moddiy madaniyat izlari topib o‘rganilgan. Lekin, bu joylarda madaniy qatlami yaxshi saqlangan makonlar uchratilmagan, faqatgina tasodifiy xarakterdagi manbalar yig‘ib olingan. Geolog A.A. Nikonov ma’lumotiga ko‘ra, SHimoliy Afg‘oniston hududida, Ko‘kcha rayonida Hisor jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli manbalar mavjud. SHu faktning o‘zi Hindiqush tog‘ tizmalari shimoliy yon bag‘ri Hisor jamoalari madaniyati tarqalgan hududga kirishini tasdiqlaydi. Umuman aytganda, Hisor jamoalari madaniyati ¡rta Osiyo tog‘ mintaqalari hududlariga tarqalgan (32,33 –rasm).
V.A.Ranov tadqiqotiga ko‘ra, hisorning neolit jamoalari moddiy madaniyati kelib chiqishi ildizi, mahalliy mezolit davri madaniyatlari negizidan hisoblanadi. Bular Tutqovul makoni 2a- gorizonti, Say-Sayyod makoni 3- gorizonti, Darai-SHo‘r makoni moddiy madaniyatlaridir. (Ranov, 1998, 106-bet). M.M.Paxomovning changlanish diagrammasi ma’lumoti bo‘yicha mil avv 6 ming yillik boshlarida hozirgi zamonga o‘xshash iqlimiy yuzaga kelgan. Endi, Hisor madaniyati boshlanishi xronologik yoshi masalasiga kelganimizda V.A.Ranovning bu boradagi tadqiqotlari muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. V.A.Ranov Tutqovul makoni 2-gorizontidan radiouglerod analizi oladi va namunaning xronologik yoshi yoki bilan belgilanadi. Demak, mil. avv. 8 ming yilliklar bilan yoshlangan. Hisor jamoalari madaniyatining tugash yoshi Say-Sayyod makoni yuqori madaniy qatlamlari, Quyi-bulon makoni madaniy qatlamlari asosida mil. avv. 4 ming yilliklar bilan belgilangan. Demakkim, Tojikiston hududi Hisor jamoalari madaniyatining mavjud bo‘lgan xronologik davri mil avv VI – IV minginchi yillarni o‘zi ichiga oladi. V.A.Ranov tadqiqotiga ko‘ra Hisor jamoalari asosiy makonlari Tutqovul, Say-Sayyod, Qo‘yi-bulon, Kangurtut kabilar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |