Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet74/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Machay g‘or makoni Surxandaryo oblasti territoriyasidagi Machay daryosi o‘ng tomonida yuqori Machay qishlog‘i yonida joylashgan(28 –rasm).

. Bu makon 1938-1942 yillar mobaynida arxeolog-olim G.F.Parfenov tomonidan o‘rganilgan. Bungacha esa, ya’ni 1937 yilda g‘orga M.E. Voronets va A.P.Okladnikovlar kelib bu joyda insoniyat qadimgi madaniyati izlari borligini aniqlashgan. Makonda qazish ishlari olib borgan A.P.Okladnikov, bu erda ikkita madaniy qatlam borligini aniqlagan va pastki qatlam must’e davriga, yuqori qatlam esa mezolit davriga oid degan xulosa kelgan. YOdgorlik 1971-1977 yillar mobaynida arxeolog-olim O‘.Islomov tomonidan qayta o‘rganildi va bu tadqiqot natijalarini o‘zining «Machay g‘ori» nomli monografiyasida keltirdi.

Machay makonidan ko‘plab tosh o‘zaklari, paraqalardan yasalgan qurollar, mikroparaqalar, qirg‘ichlar, pichoqsimon qurollar, qayroqtosh qurollari ko‘plab topilgan. Lekin, bu makonda geometrik shakldagi qurollar uchramaydi. Makondan yovvoyi va xonakilashgan to‘rtlamchi davr hayvonot suyagi qoldiqlari ham ko‘plab topilgan. YUqori madaniy qatlamdan radiouglerod namunasi olingan (7500+ 110 let nazad). O‘.Islomov ko‘rsatishicha, makon tosh industriyasi uchirindili-payraqali industriya hisoblanib, qayroqtoshli element sezilarli darajada kuzatiladi. O‘. Islomov makonda 2 ta madaniy qatlam borligini o‘z tadqiqotida keltirgan, A.P.Okladnikov o‘zining keyingi xulosasida bu ikki madaniy qatlamlar turli tarixiy davrga mansub bo‘lmasdan, ikkalasi ham bir tarixiy davrning rivojlanishiga oid bo‘lib, ular mezolit davriga taalluqli ekanligi haqida fikr bildirgan. Tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, Machay g‘ori mezolit davri so‘nggi bosqichlarida yashashgan ovchi-chorvador qabilalarning makoni bo‘lgan ekan. Madaniy qatlamlar gulxan izlari, to‘rtlamchi davr hayvonotlari qoldiqlariga, hamda boy arxeologik tosh ashyoviy topilmalarga ega bo‘lib, odamzodning barkamol turmushidan dalolat beradi. Yuqori madaniy qatlamdan ikkita odam suyagi qoldig‘i topilib o‘rganilishi, bu davr odamlari antropologik tuzilishlarini tasavvur etishimizda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Jumladan, antropologlarning aniqlashicha topilgan suyak qoldiqlarining biri katta yoshdagi erkakka, ikkinchisi yosh ayolga tegishli bo‘lib, ular evropoid irqiga mansub bo‘lishgan. Bu makonda 1938 yili G.V.Parfen’ev tomonidan ham ikkita odam bosh suyagi qoldiqlari topilgan edi. Bu topilmalar o‘z vaqtidamutaxassislar tomonidan evropoid irqiga mansub deb topilgan.

SHu bilan birgalikda tadqiqotlarda Surxandaryo vohasi boshqa hududlarida ham mezolit davriga oid manzilgohlar borligi aniqlangan. Ayrtam yodgorligi yonidan, Eski Termiz atrofidan, Kattaqo‘rg‘on g‘or makonidan topilgan tosh qurollarining to‘plamlari bundan dalolat beradi.



O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari, jamoalar xo‘jalik mashg‘ulotlari, o‘zaro madaniy aloqalari, madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari masalasi.

Kishilik tarixi tosh davri mezolit (o‘rta tosh davri) bosqichi moddiy madaniyati ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu tarixiy davr jamoalari ijtimoiy tuzumi urug‘chilik tarzida bo‘lib, jamoaviy mehnat qilishib,umumiy yashash tartibida to‘plangan oziq-ovqat mahsulotlarini birgalikda tanovul qilishgan. Xo‘jalik yumushlari asosini o‘zlashtirma xo‘jalik, ovchilik, qisman baliqchilik tashkil etgan, lekin davr so‘nggi bosqichlarida ishlab chiqarish iqtisodiyotining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘laboshlagan. Odamlarning kasbiy ixtisoslashuvi jarayonlari ro‘y bergan. Masalan, tosh qurollarni tayyorlovchi malakaga ega bo‘lgan odamlar guruhi chaqmoqtosh ustoxonalari va shaxtalarida ishlashgan. Bu tarixiy davrda arxeologik madaniyatlar misolida aholi etnik birikmalari nisbatan yorqinroq namoyon bo‘la boshlagan.

O‘rta Osiyoning Kaspiy dengizi bo‘ylarida Jabal g‘ori, Qaylu, Dam-dam-chashma 1 va 2 makonlari, Tojikiston sarhadlarida Oshxona, Istiq, Soy-Soyyod, SHugnov, SHo‘rdara, Tutqovul, O‘zbekistonda Machay g‘ori Toshko‘mir, Qo‘shilish, Obishir I, V, Zarautkamar qoya tosh rasmlari yodgorligi, Zarafshon vohasi (CHorbaqti, Sazog‘on 1, Zamichatosh, Qorakamar, Ochilqor makoni pastki madaniy qatlami), Ustyurt mezolit yodgorliklari (Oydabal 2,4,7,10,20; Oqtoyloq 4,5; Qo‘shxotin 2, CHuruk guruhi) tadqiqotida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritishga imkoniyat beruvchi katta hajmda material to‘planishiga erishilgan.

O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston mezolitini o‘rganishda ayni vaqtda olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan aniq metodik yondoshuvni inobatga olish lozim. Bu metodning asosi qilib yodgorliklar tosh industriyadagi etakchi tosh qurollari qabul qilingan. Masalan, O‘zbekiston mezoliti yodgorliklari uchun asosan prizma shaklidagi, bir tomonlama, bir maydonli, konus shaklidagi ammo aylana tarzda tosh paraqalari sindirib olingan tosho‘zaklari, ponasimon qurollar, tik ish maydoniga ega bo‘lgan qirg‘ichlar, o‘zaksimon qirg‘ichlar xarakterlidir. Bu mintaqada uchratiladigan yodgorliklarda tosh paraqalar bir tomonlama kertma tarzda o‘tkirlangan. Ko‘pincha kertish usullari paraqalarining orqa va astar tomonlaridan bajarilgan, qirg‘ich qurollar esa deyarli tosh parachalarida yasatilganligi kuzatilgan. Foiz nuqtai nazaridan yuqorida aytilgan xususiyatga tosh qurollari bu erda 30 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi. Ular O‘zbekiston mezolitini xarakterlovchi tosh qurollari kompleksi hisoblanadi. Bunda bir vaqtda paraqalik texnika uslubini, ham arxaik shakldagi qurollarning evolyusiyasi , ya’ni paleolit davriga xos texnikaviy uslublarning saqlanib qolganligini kuzatiladi.

O‘rta va Old Osiyo territoriyasida tadqiq qilingan yodgorliklar materiallari O‘rta Osiyo mezolit davrini taraqqiyot bosqichlariga bo‘lish imkonini berdi. Masalan, Qo‘shilish makoni ilk mezolit davriga oid (mil. avv. XI-X ming yillik). Mezolitning o‘rta davriga oid yodgorliklar qatorida Obishir I vaV makonlarini ko‘rsatish mumkin (mil.avv X-VIII ming yilliklar). Markaziy Farg‘onadan topilgan mezolit yodgorliklari va Machay g‘ori mezolitning so‘nggi davriga taalluqli hisoblanadi (mil. avv. VII-VI ming yilliklar). Bunda tosh qurollarining evolyusiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ilk mezolit davri yodgorliklarida mikrolit texnikaning endigina paydo bo‘lishi xarakterlidir.Bunday yodgorliklarda geometrik shakldagi (segment, trapetsiya, uchburchaksimon) tosh buyumlar ham kam uchratiladi. Mikroparaqalar ham kam. So‘nggi paleolitga xos qirg‘ichchalar, o‘zaklar, payraqa payraqa qurollari uchraydi. Dam-Dam-CHashma 2 yodgorligining 8-7-qatlami, Tutqovul yodgorligining 3-qatlami Qo‘shilish yodgorligi tosh industriyasida bu xususiyat kuzatiladi(29 –rasm).

O‘rta mezolit davrida esa boshqacharoq rivojlanish jarayoni kuzatiladi. Jumladan, bu bosqichda endi geometrik tarzdagi mikrolit qurol\ buyumlarining turli tiplari paydo bo‘ladi. Geometrik shakldagi qurollar esa ham deyarli yirik, baland va hiyla chiroyli nusxalarda taqdim qilingan. Mikroparaqalar ancha ko‘payadi va ularning keskich qirrlari ancha o‘tmaslangan holda bo‘ladi. Qirg‘ichlar ko‘pincha tosh siniqlarining qirra tomonlariga va paraqalrning uchqir tomonlariga tig‘ chiqarish usuli bilan yasalgan, ularning hajmlari ancha kichiklashib, takomillashib borgan. Pichoqsimon o‘rta hajmdagi payraqalar, prizmatik va konus shakldagi o‘zaklar soni ko‘payadi. Qayroqtoshlardan yasalgan qurollarning ko‘payishi bu davrga xosdirdir (Damdamchashma II makonining 6-5 qatlamlari, Oshxona, Tutqovul, Quyi-Bulyon, Dagana, Obishir I-V, Toshko‘mir). So‘nggi mezolit davri tosh industriyasida tosh qurollarining ko‘pchilik turlarining maydalashish xususiyati kuzatiladi. Mikrolitlar ancha mukamallashtirilgan, qalamsimon mikroo‘zaklar soni ko‘payadi. Bu davr yodgorliklarida ham qayroq qurollar va yirik qirg‘ichlar mavjud (CHilchorchashma, Machay, Kaylu, Xo‘jasuv, Qashqirbuloq, Obi-Kiyik, Damdamchashma 2 ning 4- gorizonti, Tutqovulning 2-pastki qatlami, Jabal g‘orining 8-7 qatlamlari, SHo‘rdara makoni).

To‘plangan arxeologik manbalar O‘rta Osiyoning mezolit davri tabiiy sharoiti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, jamoalarining xo‘jalik faoliyati haqida xulosalar chiqarishga imkon beradi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘rta Osiyo mezolit jamoalari asosan ovchilik va terimchilik bilan tirikchilik qilganlar. Ovchilik kasbida sibir echkisi asosiy o‘rinda turgan. YOdgorliklardan topilgan qurol-aslahalarning 80 protsenti ovchilik va hayvon terilarini qayta ishlash bilan bog‘liqligi isbotlangan. Bunga turli shakldagi qirg‘ich qurollarni, pichoqlar, silliqlash asboblari, chopqich va burdalash qurollari va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. CHorvachilik bu jamoalarning xo‘jaligida hali etakchi rol o‘ynamagan. Honakilashtirilgan hayvon suyaklari qoldiqlari Obishir va Machay g‘orlaridan topilgan. Masalan, Machay g‘orining ikkala madaniy qatlamidan qoramol suyaklari topilgan. Bu g‘orlar aholisi qo‘y, echki va hatto qoramollarni honakilishtirish hamda urchitishni kasb qila boshlagan bo‘lsa ehtimol. Lekin, O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston sarhadlarida hali chorvachilik xo‘jaligini asoslovchi arxeologik ma’lumotlar hozircha etarli emas.

Kishilik tarixi tosh asri mezolit davriga kelib jamoalar o‘zaro madaniy aloqalari yanada faollashganligi tadqiqotlar jarayonida ma’lum bo‘ldi. Ma’lumki, O‘rta Osiyo miqyosida bu davrga kelib, qulay ekologik, iqlimiy sharoit yuzaga kelganidan mintaqaning deyarli hamma hududlari odamzod tomonidan o‘zlashtirilgan. A.P.Okladnikov, U.Islomov, G.F.Korobkova, E.Bijanov, G.E. Markov, V.A.Ranov, V.A.Jukov, M.Jo‘raqulov, N.U.Xolmatovlarning mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishdagi tadqiqotlari muhim hisoblanadi. G.F.Korobkova Dam-Dam-CHashma 1 makoni 4,5- madaniy qatlami tosh qurollarining YAqin SHarq hududidagi Zarzi, Palegavra, SHanizar makonlari tosh qurollariga o‘xshashligini jamoalar o‘zaro madaniy aloqalari bilan bog‘laydi va bu haqda tadqiqotchilardan R.Breydvud, B.Xouv, F.Smitlar ham o‘z tadqiqotlarida ma’lumot keltirishganliklarini ta’kidlaydi: E. Bijanov keyingi tadqiqotlarida Ustyurt jamoalari moddiy madaniyati shakllanishida Kaspiybo‘yi va Janubiy Urol hududi mezolit jamoalarining madaniy ta’sirini alohida ta’kidlaydi. U.Islomov Farg‘ona vohasida tadqiq etilgan mezolit jamoalari moddiy madaniyatini «Obishir madaniyati» nomi bilan fanga olib kirdi va bu madaniyat ko‘p jihatlari bilan Tojikiston hududidagi Oshxona, Tutqovul yodgorliklari madaniyatiga yaqinligini e’tirof etdi. SHuningdek, Obishir 1,5 makonlari tosh industriyasining Toshko‘mir, Qo‘shilish yodgorliklari tosh industriyasiga o‘xshashlik jihatlarini ham qayd etgan. V.A.Ranov ham o‘z navbatida Tojikiston mezolit jamoalari madaniyati ko‘p jihatlari bilan Obishir madaniyatiga o‘xshashligini alohida e’tirof etgan. Quyi Zarafshon vohasi CHorbaqti mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining Samarqand makoni hamda O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasi paleolit, mezolit jamoalari madaniyatiga o‘xshashlik jihatlari ham tadqiqotlarda kuzatilgan. Zikr etilgan tadqiqotlar O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalarining o‘zaro madaniy aloqalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining muhim masalalardan biri O‘rta Osiyo miqyosida mezolit jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizi masalasi hisoblanadi. SHu kunga qadar to‘plangan arxeologik manbalar asosida bu masalani quyidagicha talqin qilish mumkin. Jumladan, Qo‘shilish mezolit kishilari bundan avval yashagan so‘nggi paleolit davri madaniyatli kishilarning merosxo‘rlari ekanligi oydinlashdi. Obishir jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizlari Xo‘jago‘r, Samarqand so‘nggi paleolit jamoalari madaniyati bilan bog‘diq. mahalliy qabilalar madaniyatini tarkibidan izlash asoslidir. To‘g‘ri, Obishir qabilalarining madaniyat taraqqiyotida Old Osiyo, so‘ngra Markaziy va SHarqiy Osiyo hamda Sibir qabilalarining madaniy aloqalarini kuzatish mumkin. Obishir qabilalari madaniyati ham izsiz yo‘qolib ketmagan. Markaziy Farg‘ona neolit jamoalari ularning vorislari hisoblanadi. Machay qabilalari madaniyatining tashkil topishida Samarqand so‘nggi paleolit jamoalari madaniyatining ishtiroki bor. Tojikiston mezolit davri jamoalarining madaniyati kelib chiqishi bir tomondan Samarqand yuqori paleoliti, ikkinchi tomondan esa Say-Sayyod makonining 3- gorizonti bilan bog‘liq. Balxan bo‘yi mezolit jamoalari madaniyatining kelib chiqishi ildizlarini Dam-Dam CHashme makoni 11-madaniy qatlami bilan bog‘lash mumkin.va Samarqand paleolit makoni bilan bog‘lash mumkin. Quyi Zarafshon CHorbaqti vohasi mezolit jamoalari hamda O‘rta Zarafshon Sazog‘on 1, Ochilg‘or makoni, Qorakamar mezolit makonlari madaniyati kelib chiqish ildizlari bevosita Samarqand so‘nggi paleolit makoni madaniyati negizida shakllangan. Xullas, O‘rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari madaniyatining kelib chiqishi ildizlari mahalliy so‘nggi paleolit davriga oid mkadaniyatlar negizida avtoxton tarzda shakllanganligi tadqiqotlarda o‘z echimini topdi.

Xullas, O‘rta Osiyo mezolit davri tarixini o‘rganishda arxeologlarimiz muhim kashfiyot va yutuqlarga erishishgan. Bu borada A.P. Okladnikov, G.E. Markov, D.N.Lev, V.A.Ranov, U. Islomov, G.F.Korobkova, V.M.Masson, A.V.Vinogradov, E.Bijanov, V.A.Jukov, A.Amosova, A.X.YUsupov, M.Djuraqulov, N.U.Xolmatov kabi olimlarning tadqiqotlari natijalari muhim hisoblanadi

Xullas, O‘rta Osiyo miqyosida keyingi yillar maboynida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida qo‘lga kiritilgan materiallar paleoekologik sharoit, iqlimiy muhit hozirgi zamonga nisbatan yaqinroq bo‘lganligi, mezolit davri jamoalari mil. avv. XIV- XII-VII ming yilliklarda yashashib, urug‘chilik jamoasi tuzumini boshdan kechirishganligi, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan madaniyat sohiblari bo‘lishganini ko‘rsatdi. Jamoalar turmushida hali o‘zlashtirma xo‘jalik hukumron bo‘lgan. Ular ovchi jamoalari bo‘lishgan. Ular o‘zaro qo‘ni-qo‘shnichilik madaniy aloqalarda bo‘lishgan va bu aloqalar yodgorliklar tosh industriyasi xarakteri, tosh qurollari shakli, ishlov berilish uslublari va turmushda bajargan funksiyasida namoyon bo‘lgan.

SHu bilan birgalikda, O‘rta Osiyo mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati tadqiqotida turkum muammolar ham kuzatilganligini ham aytish lozim. Bular O‘rta Osiyo miqyosida hammo mintqalarda mezolit yodgorliklari bir zaylda o‘rganilmaganligi, yangi kashf etilgan yodgorliklar tadqiqotida qo‘lga kiritilgan manbalar asosida O‘rta Osiyo miqyosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining yaxlit xronologiyasi ishlab chiqilmaganligi, davrlashtirilishi masalasi to‘laqonli emasligi kabilar hisoblanadi. Ular istiqboldagi tadqiqotlarda o‘z echimini topadi degan umiddamiz.



Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish