Xo‘rongon topilma joyi Dushanbe shahridan 15 km. chamasi shimolroqda joylashgan bo‘lib, o‘tgan asr 60 – yillari V.A.Ranov tomonidan aniqlangan. Bu topilma joyi maydoni er sathidan qiziqarli tosh buyumlari to‘plami yig‘ib olingan. To‘plam uchirindilardan yasalgan qirg‘ich, keskich qurollari, tosh o‘zaklari, arxaik ko‘rinishdagi payraqalar, qayroq tosh qurollari bo‘laklari hamda ko‘plab ishlab chiqarish chiqitlaridan iborat. V.A.Ranov bu tosh buyumlarini tipologik jihatdan tahlil etib, ularni so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli deb xulosaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |