Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet52/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Obirahmat makoni. YOdgorlik Toshkent shahridan chamasi 100 km masofada bo‘lgan Chirchiq vodiysining Tyanshan tog‘ tizmasi janubiy-g‘arbiy qismida Burchmulla qishlog’i yaqinida joylashgan(15-rasm). YOdgorlik CHorvoq suv ombori qurilishi jarayonida Ya.G‘ulomov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya xodimlar qidiruv ishlarini amalga oshirgan paytda topilgan. 1962-63 yillarda X. K. Nasretdinov, M. M. Gerasimov va A. R. Muxamedjanovlar tomonidan dastlabki tadqiqotlar amalga oshirilgan. YOdgorlik 1964-65 yillarida R.H.Suleymanov tomonidan atroflicha tadqiq etilgan( Suleymanov R. X. Statisticheskoe izuchenie kulturы grota Obi-Raxmat. Tashkent, 1972.Suleymanov R. X. Grot Obi-Raxmat i problemы paleolita Sentralnoy Azii // Arxeologiya Uzbekistana. Samarkand, 2010. № 1.). Obiraxmat g‘or makonining o‘lchamlari quyidagicha bo‘lgan: g‘orga kirish og‘iz qismi kengligi -20 metr, balandligi-11,8 metr, g‘or tubi tomon chuqurligi -9 metr ni tashkil etgan. YOdgorlikning tuproq qatlami qalinligi 10 metr bo‘lib, unda 22 ta litologik qatlam ajratilgan. 1966 yili V.A.Ranov,S.A.Nesmeyanovlar Obirahmat g‘or makoniga kelishib, qazilma ishlari jarayoniga ishtirok etishdi. Asosiy stratigrafik ma’lumotlar g‘orning janubiy-g‘arbiy qismidagi 8x2 metr o‘lchamli uzun transhey 8-10 metrgacha chuqurlik qazilmasida kuzatildi. R.H.Suleymanov bunday qalinlikdagi tuproqli qatlamda 21 ta madaniy gorizont borligini aniqlagan. Makon qazilmalari jarayonida 30 mingdan ziyodroq tosh buyumlar to‘plami qo‘lga kiritilgan. R.H.Suleymanov yodgorlik tosh industriyasining xarakteri, tosh qurollari yasalishi texnikasi va ularga ishlov berilishi usullarini keng tahlil etgan. Tahlilda zamonaviy tadqiqot usuli, ya’ni matematik-statistik metodni muvaffaqiyatli ravishda qo‘llab, makon moddiy madaniyatini aniqlashda muhim xulosalarga kelgan. Tosh buyumlar to‘plami tarkibida tosh paraqasidan ishlangan pichoqsimon qurollarning salmog‘i yuqoriroq ekanligini aniqlagan. Uchirindilar olishga mo‘ljallangan nukleuslar soni sistematik ravishda kamayib boradi va prizmatik plastinalar chaqmoqlanadigan o‘zaklar soni oshib boradi. Qirg‘ichlar va retushlangan uchirindilar nisbati kamayadi hamda so‘nggi paleolit davri uchun xos tosh qurollar soni ortadi, shu jumladan, kombinatsiyalashgan tosh qurollar ham(16-rasm) . Obiraxmat g‘orining industriyasi quyidan yuqoriga qarab 5 ta ketma-ket xronologik kompleks ga ajratilgan. Quyi kompleks (A) o‘rta paleolitning finali; ikkinchi (B) –o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tish davri, deb tasniflangan; yuqori – V, G va D kom plekslari esa Obirahmat g‘orining so‘nggi paleolit davri bosqichi, deb tasniflangan. Texnik-tipologik ko‘rsatgichlariga ko‘ra, Obiraxmatning industriyasi Teshik-tosh, Xo‘jakent, Janubiy-G‘arbiy Farg‘ona materiallariga o‘xshash deb topilib, yagona Obiraxmat madaniyatiga birlashtirilgan va levallua-muste fatsiyasi nomini olgan. O‘rta va so‘nggi paleolitga oid tosh qurollar hamda uchirindilar va plastinalar nisbatini hisoblab chiqish oqibatida Obiraxmat madaniyati yodgorliklarida ularning foiz nisbati turlichaligi aniqlandi. Bu holat ularning davriy ketma ketligini aniqlash imkonini berdi. Ulardan eng arxaigi Teshik-tosh, so‘ngra Janubiy Farg‘ona, Xo‘jakent va eng taraqqiy etgan kompleks esa Obiraxmat g‘ori industriyasi ekanligi aniqlandi. SHuningdek, R.H. Suleymanov ko‘rsatishicha, to‘plamda turli tosh o‘zaklari. randasimon qurollar, iskanjalar, turli qirg’ichlar,xususan o‘zaksimon qirg‘ichlar, kichik o‘lchamli uchburchaksimon paykonlar, ishlab chiqarish chiqitqilari asosiy o‘rin tutgan va tosh qurollarining tipologik tahlili ular ko‘p jihatlari bilan Zarafshon vodiysi so‘nggi paleolit yodgorliklari tosh qurollariga o‘xshash bo‘lgan.

O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiya (akademik A.P.Derevyanko, akademik O‘.I.Islomov) xodimlari tomonidan 1998 yildan e’tiboran “O‘zbekiston Respublikasi qadimgi tosh asrining arxeologiyasi va paleoekologiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy loyihasi asosida paleolit davri yodgorliklari borasida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi. Bu tadqiqotda asosiy ob’ekt etib Obiraxmat g‘or makoni tanlandi. Bundan maqsad yodgorlikning absolyut sanasini oydinlashtirish, qadimgi o‘rab turgan atrof muhitning manzarasini tiklash, o‘rta paleolitdan so‘nggi paleolitga o‘tish jarayoni qay darajada kechganligi masalasini yoritish, mintaqaning tayanch paleolit yolgorliklari korrelyasiyalashda informatsion bazani yaratish kabilar tadqiqotning kun tartibiga qo‘yilgan. Radiouglerod, EPR, OSL va i toriy-uran metodlari asosi Obirahmat g‘orining absolyut sanasi 80-70 ming yil oldindan to bundan 40 ming yilgacha bo‘lgan xronologik ramka bilan belgilandi. Obirahmat g‘or makonining qazilmalari jarayonida uning barcha madaniy qatlamidan ko‘p sonli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritildi. Tadqiqotda madaniy qatlamlar ketma ketligi gomogennosti tosh industriyada modifitsiyalashgan levallua kompleksi elementi kuzatiluvchi o‘rta paleolit payraqa texnologiyasiga tayanilib asoslandi. Eng muhimi barcha madaniy qatlamda o‘rta paleolit va so‘nggi paleolitga xos texnik va tipologik jihatlar uyg‘unlashgani kuzatildi va ilmiy asoslandi. Umumiylikka ega bo‘lgan YAqin SHarq, O‘rta Osiyo va Oltoy texnokompleksini mujassamlatirgan o‘rta paleolit davri aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi gipoteza ilgari surildi.

Obirahmat g‘orida qayta arxeologik qazilma ishlari amalga oshirilgan. Xususan, 2003 yilda 16-madaniy qatlamdan (54000- 56000 yil) tuproq qatlamidan odam bosh suyagining qoldiqlari topilgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu odam tanasi suyaklari qoldiqlari neandertal odami bilan hozirgi zamon tipidagi odamning omuxta qiyofasini namoyon etgan bo‘lib, topilma birinchidan, hozirgi jismoniy tipdagi odamning mustaqil raviщda multimintaqaviy shakllanganligini, ikkinchidan hozirgi odamlarning ajdodlari bilan neandertallarning o‘zaro chatishganligini ko‘rsatadi. Mitoxondiral DNK tahlili vositasida Obirahmat g‘orida yashagan qadimgi odam kim bo‘lganligini- hozirgi zamon odamimi yoki neondertal bo‘lganini aniqlash imkoni bo‘ldi. Tahlillar natijasi quloq suprasining tuzilishi bu odamning neondertaldan kelib chiqqanligidan dalolat bersa, miya hajmi va tishlarning shakli hozirgi zamon odamining jismoniy tipiga aloqador ekanini ko‘rsatdi.

Toshkent shahri va uning atrofii hududlaridan Ko’hisim va Qoraqamish tosh buyumlar to‘plamlarining qo‘lga kiritilishi so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda ahamiyatli hisoblanadi.



Xullas, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, O‘rta Osiyo sarhadlari kishilik tarixi taraqqiyoti tosh asri so‘nggi paleolit davrida odamzod yashashib, o‘ziga xos madaniyat yaratishgan ekan. Bu haqda Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston hududlarida amalga oshirilgan tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan arxeologik, antropologik manbalar dalolat beradi. A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, D.N.Lev, O‘.Islamov, E.Bijanov, M.Djurakulov, G.F.Korobkova, N.Toshkenboev, M. Qosimov, R.Suleymanovlar tadqiqotlari ahamiyatli hisoblanadi. SHuningdek, V.A.Ranov, N.Toshkenboev, M.Qosimov, M.Djurakulov, G.F.Korobkova R.Suleymanovlar so‘nggi paleolit davri jamoalarining moddiy madaniyatini mahalliy madaniy variantlarga bo‘lishgan. To‘g‘ri, yaqin yillarga qadar so‘nggi paleolit davri yodgorliklari nisbatan kamroq miqdorda o‘rganilgan edi. Asosiy tayanch yodgorliklari Samarqand makoni, Obirahmat g‘or makoni va Tojikistondagi SHugnov yodgorligi hisoblanar edi va hozir ham shunday. Lekin, keyingi yillarda O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi (O‘.Islamov, R.Suleymanov, A.P.Derevyanko) xodimlari tomonidan so‘nggi paleolit davriga oid bir qator yangi yodgorliklar topilishiga erishilgan. Bular Dodekatim 1.2, Qizilolmasoy 2, To‘daxotun 1,2 kabi ko‘plab so‘nggi paleolit davri yodgorliklari hisoblanadi. SHuningdek, Obirahmat g‘or makoni,Ko‘lbuloq yodgorliklarning qayta qazilmalari, Samarqand makoni (M.Djurakulov va G.F.Korobkovalar tomonidan) va ulardan oldingi yillarda topilgan materiallarni qayta yangi ilmiy yondashuvda o‘rganilishi natijalari ham O‘rta Osiyo so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatining yangi qirralarini ochish, xronologik jihatdan yangi sanalashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish