Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Kaykitov, Kurjalak-Qum topilma joylari



Download 1,5 Mb.
bet47/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Kaykitov, Kurjalak-Qum topilma joylari V.A.Ranov tomonidan tadqiq etilib, bu joylardan qiziqarli tosh buyumlar to‘plami yig‘ib olingan. Tadqiqotchining ko‘rsatishicha, bu to‘plamlarda uchirindilardan yasalgan qirg‘ichlar, teshgich, keskich qurollari bilan bir paytda o‘zaksimon qirg‘ichlarning yaxshi ishlov berilgan namunalari topilganki, bu fakt ularni so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishli deb xulosaga kelishga asos bo‘lgan.

Shugnov yuqori paleolit makoni. Bu yodgorlik nafaqat Tojikiston hududi, balki O‘rta Osiyo miqyosida so‘nggi paleolit davri jamoalari madaniyatini o‘rganishda ko‘p madaniy qatlamli yodgorlik hisoblanadi. Makon YAxsu daryosi xavzasidagi dengiz sathidan 2000 m yuqorida bo‘lgan yon terrasasi sathida joylashgan. 1969-1970 yillari V.A.Ranov tomonidan yodgorlikda qazishma ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqot ishlarida geolog O.K.CHediya hamda arxeolog V.A.Jukovlar qatnashishgan. V.A.Ranov ko‘rsatishicha, terrasa 12 metrgacha bo‘lgan qalinlikda to‘proqli qatlamga ega. Bu tuproq qatlamida qazishma ishlari jarayonida V.A.Ranov 5 ta madaniy gorizontni aniqlab ajratgan. 1-4 madaniy gorizontlar paleolit davri jamoalariga, “0” madaniy gorizonti esa mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli deb topilgan. Asosiy qazilma ishlar “A” (303 metr kv.) va “B” ( 50 metr kvadrat) qazilmalarida amalga oshirilib, hammasi bo‘lib makondan er sathidan topilganlarni ham qo‘shib hisoblaganda 4700 dan ortiq tosh buyumlar topilgan. Shugnov makoni 1-madaniy gorizontidan topilgan tosh qurollar o‘z xususiyatiga ko‘ra Samarqand makoni, SHimoliy Afg‘onistondagi Qorakamar tosh qurollariga o‘xshash. Bu o‘xshashlik o‘zaksimon qirg‘ichlar misolida keltirilgan. V.A.Ranov tosh qurollarini tipologik jihatdan tahlil etar ekan, ular natijalariga tayanib, Shugnov makoni madaniy qatlamlari bo‘yicha tosh qurollarining evolyusiyasini muste davridan to mezolitga tomon kuzatish imkoniyati borligini alohida e’tirof etgan. Haqiqatdan ham, Shugnov makoni madaniy qatlamlari orqali Tojikiston yuqori paleolit jamoalarining mahalliy muste madaniyati negizida shakllanganligi ilmiy isbotini ko‘ramiz. Shugnov makoni tosh industriyasi asosini paraqali elementlar tashkil qiladi. Tosh qurollari to‘plami chaqmoqlashgan ohaktosh, chaqmoqtoshli slanets, qisman och kulrangli chaqmoqtoshlardan yasalgan. To‘plamda 6-7 santimetrli o‘lchamda payraqasimon uchirindi qurollar, 1,4-4,0 santimetrgacha uzunlikda bo‘lgan mayda payraqa qurollari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu payraqa qurollari butun holatda bo‘lib, prizmasimon tosh o‘zaklaridan uchirib olingan Ularning yon qirralari to‘g‘ri va o‘ta keskir ko‘rinishga ega. Elka qismida 3ta uchirib olinganlikning yo‘lakcha izi saqlanib qolgan. Qizig‘i shundaki, V.A.Ranov ko‘rsatishicha, bu turdagi payraqa qurollari yon qirrasiga umuman ishlov berilmagan, sababi uchirib olinayotganda keskir qirra hosil bo‘lgan(20-rasm). Shu xususiyati bilan u O‘rta Osiyo paleolit makonlari – «A» guruhi, ya’ni Old Osiyo yodgorliklari guruhi tarkibiga kiradi. M.Djuraqulov ham Shugnov makoni pastki gorizontlari qurollari Obirahmat makoni qurollariga o‘xshash, yuqori gorizontlari tosh qurollari (uchirindi qurollari, yon old tomoniga ishlov berilgan tosh o‘zaklari, turli qirg‘ich qurollari. Jumladan o‘zaksimon qirg‘ichlar, ponasimon qurollar, teshgich, keskich qurollar) esa Samarqand makoni tosh qurollariga o‘xshashligini alohida o‘z tadqiqotlarida keltirgan. Shugnov makoni tosh qurollari muste va so‘nggi paleolit davri jamoalariga tegishli bo‘lib chiqdi. Bu esa shubhasiz madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari masalasini oydinlashtirishda muhimdir. SHugnov makoni ham keyingi mezolit davri jamoalari uchun tayanch yodgorlik hisoblanadi.

Tojikiston hududi yuqori paleolit jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda, o‘lkashunos G.Yorboboev tomonidan Rangontov tog‘ tizmasi To‘tibuloq atrofidan yig‘ilgan tosh qurollari kolleksiyasining ahamiyati katta. Bu qurollarning tipologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zaksimon qirg‘ichlar o‘z jihatlari bilan Samarqand makoni va SHugnov qirg‘ichlariga juda o‘xshash. Tadqiqotlar natijasida mazkur jamoalar moddiy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Eng muhimi SHugnov makoni misolida, bu jamoalar madaniyati mahalliy muste jamoalari madaniyati negizida shakllanganligi va keyingi tarixiy davr, ya’ni mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati shakllanishiga asos bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish