Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri


Siyobcha so‘nggi paleolit yodgorligi



Download 1,5 Mb.
bet40/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Siyobcha so‘nggi paleolit yodgorligi. 1969- yilda Samarqand shaxrining g‘arbiy qismidan o‘tadigan CHashma- Siyob daryochasining Siyob bilan tutashgan qirg‘og‘idan paleolit davriga oid dastlabki topilmalar qo‘lga kiritilgan edi. Keyinchalik arxeolog N.Toshkenboev bu joyda qazilma ishlarini olib borib so‘nggi paleolit davriga oid makon mavjudligini aniqlab, tekshirish natijasida ko‘plab arxeologik manbalarni qo‘lga kiritishga erishdi. Tadqiqotlarda keyingi yillarda qurilish bilan bog‘liq ishlar davomida makonning bir qismi buzilganligi ma’lum bo‘ldi. N.Toshkenboev makonning bir qismida saqlangan er qatlamining 2,8–3 metr chuqurlikdagi yotqiziqda buzilmagan madaniy qatlamni o‘rganishga muvaffaqbo‘lgan. Topilgan tosh qurollarining to‘plami uchirindilardan yasalgan qirg‘ich qurollari, pichoqsimon qurollar, uchburchak ko‘rinishli paykon qurollari, randasimon qurollar, turli ko‘rinishli tosh o‘zaklari kabilardan iborat bo‘lib, ular o‘z yasalishi materiallari, yasalish texnikasi va ishlov berilishi usullari bo‘yicha Samarqand paleolit makoni tosh industriyasiga yaqin va o‘xshashligi tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldi(19-rasm).

Chashma –Siyob daryochasining o‘ng va so‘l qirg‘oqlari vohasi va umuman bu atrof paleolit davrida qalin butazor va mahalliy xususiyatga ega o‘rmonzorlardan iborat bo‘lganligi, shuningdek oziqabop hayvonot dunyosi parrandalarga boy bo‘lganligidan bu joylarda odamzod qo‘nim yashashishgan. Demak, CHashma- Siyob o‘zani bo‘ylab “Dinamo” stadioni tevarak- atrofida hamda g‘isht zavodi yaqinida ibtidoiy makonlarning topilishi bundan darak beradi.

O‘tgan asr 60-70-yillarida Zarafshonning o‘rta oqimi havzasida so‘nggi paleolit davri madaniyatiga doir bir nechta yodgorliklar va topilma joylari aniqlangan. SHunday yodgorliklardan biri Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida Samarqand shahridan janubiy- sharqiy tomon chamasi 70 kilometr masofadaa joylashgan Xo‘jamazgil so‘nggi paleolit yodgorligi hisoblanadi. Bu yodgorlik 1969 yili O‘zR FA tarix va arxeologiya institutining ilmiy xodimi, arxeolog N.Toshkenboev tomonidan ochilgan. Dastlab tadqiqotchi shu nom bilan ataluvchi qadimgi sersuv chashma atrofi er sathidan , ya’ni terrasalari hamda unga yaqin bo‘lgan sun’iy suv ombori atroflaridan qiziqarli tosh buyumlar to‘plamini yig‘ib olgan (200 dan ko‘proq). N.Toshkenboevning ma’lumoticha, chashmaning janubiy- sharqiy tomonida tosh buyumlarining konsentratsiyalashuvi kuzatilib, shu joyda arxeologik qidiruv shurfi qazib ko‘rilganda, 3,4 metrlik qalinlikda madaniy qatlamga duch kelingan va undan muhim tosh qurollari topilgan. SHu asosda makonning madaniy qatlami kengroq masshtabda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Qazilma jarayonida chaqmoqtoshli slanets, chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, tosh chiqindilar, qizil bo‘yoq, gulhan izlari kabilardan iborat boy arxeologik manbalar topilgan.

YOdgorlik tosh industriyasida tosh siniqlari, uchirindilardan yasalgan tosh qurollari ko‘pchilikni tashkil etgan. Tadqiqotchining ko‘rsatishicha tosh buyumlar asosan chaqmoqtoshli-ohaktosh, qisman bo‘lsada chaqmoqtoshlardan yasalgan. SHuningdek, tosh buyumlar to‘plamida qayroqtosh qurollari ham mavjud.

Turli qurollar ichida pichoqsimon, keskich qurollari, turli usulda ishlov berilgan qirg‘ichlar, tosh uchirindilari, randasimon qurollar, uchburchaksimon mayda o‘lchamli paykonlar, teshgich qurollari, kam sonli b0lsada qayroqtosh qurollari uchratilgan. Payraqadan yasalgan qurollar nisbatan uchirmalardan yasalgan qurollarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur tosh qurollari o‘z shakli va ishlov berilishi usullariga ko‘ra Samarqand so‘nggi paleolit yodgorligi sohiblarining moddiy madaniyatiga yaqin. N.Toshkenboev, R.H.Suleymanov, M.Djurakulovlar ko‘rsatishicha, Ho‘jamazgil makoni tosh industriyasida tosh qurollari prizmasimon ko‘rinishli, paraqalar uchirib olishga mo‘ljallangan tosh o‘zaklaridan yasalgan. Bu qurollar to‘g‘ri yon qirralarga bo‘lgan va ularga ikkinchi marotaba ishlov berilgan. Turli o‘lchamli uchirindalardan yasalgan qurollar ham ko‘pchilikni tashkil etgan. Lekin, payraqa qurollarining sezilarli ekanligi xususiyatidan kelib, chiqib mutaxassislar Ho‘jamazgil makonini Samarqand so‘nggi paleolit makonidan yoshroq, ya’ni u so‘nggi paleolitning oxirgi bosqichlariga oid deb hisoblashishgan. SHunday qilib, Samarqand va u bilan bog‘liq voha hududi paleolit davridan etiboran inson jamoalari yashashib, o‘ziga xos madaniyat yaratib kelishgani va bu madaniyat keyingi tarixiy davrlar jamoalari madaniyatiga asos bo‘lishganini haqli ravishda etirof qilish joizdir.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish