Tarix fakulteti n. O`. Xolmatov O`rta osiyo arxelogiyasi: tosh asri



Download 1,5 Mb.
bet41/116
Sana17.09.2021
Hajmi1,5 Mb.
#176845
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
Oquv qollanma.ох.doc.lotincha.2ох-1

Uchtut ustaxonasi. Nurota tog‘ining bir tizmasi bo‘lgan Qoratovning janubiy yon bag‘rida Vaush, Kalavash-Qizil etaklarida Uchtut, Vaush va Ijont kabi tosh davriga oid chaqmoqtosh ustaxonalari va shaxtalari yodgorliklari joylashgan. SHulardan, nisbatan kattorog‘i va ko‘p material bergani Uchtut yodgorligi hisoblanadi. Uchtut ustaxonasi va shaxtalarida uchirindilar va ishlab chiqarish chiqitlari ko‘pchilikni tashkil qilishiga qaramasdan, tosh qurollarining yasalish texnikasi va ularga ishlov berilishi usullariga, patinizatsiyasi va qurollarning shakllariga ko‘ra M.Qosimov, T.Mirsoatovlar bu erda uchta davrga oid komplekslarni: ashel-muste, so‘nggi paleolit va neolit davri komplekslarini ajratishgan. Jumladan, ular o‘zlarining monografiyalarida so‘nggi paleolit davri tosh to‘plamlarini ham aniqlanishib, ilmiy tahlili natijalari haqida ma’lumotlarni keltirishgan (Kasыmov M.R. Kremneobrabatыvayuщie masterskie i shaxtы kamennogo veka Sredney Azii. – Tashkent: Fan, 1972; Mirsaatov T. Drevnie shaxtы Uchtuta. – Tashkent: Fan, 1973; Gornыe razrabotki v epoxu kamnya. – Tashkent: Fan, 1977.).

Uchtut ustaxonasining materiallari keyingi yillarda B.Q.Sayfullaev, O.T.Ergashevlar tomonidan qayta tahlil etilgan. Bu mutaxassislarning ko‘rsatishicha, M.Qosimov tomonidan aniqlangan tosh buyumlarning hammasi ham so‘nggi paleolit davriga oid emas.Masalan, Uchtut chaqmoqtosh ustaxonasining M.R. Qosimov tomonidan ta’rifi keltirilgan so‘ngi paleolitga oid deb topilgan kompleks nukleuslari orasida bironta ham so‘nggi paleolit davri elementlari uchramaydi. Kolleksiyadagi prizmatik deb ta’riflangan nukleuslarning aksariyati bir yoki ikki zarb maydonli va protoprizmatik nukleuslardan olingan plastinasimon buyumlardir.SHu bois qayta tahlildan so‘ng,Uchtut ustaxonasining so‘ngi paleolit davri kompleksida gardishsimon nukleuslar bilan protoprizmatik o‘zaklar nisbati bir xilda ekanligi aniqlandi. To‘plamda qirg‘ichlar va qirg‘ichchalar soni ko‘p emasligi (13 ta) ham ma’lum bo‘lib, ularning o‘lchamlari 2,8 9,5x2,2 -2,5x0,5 3,2 sm oralig‘ini tashkil etgan. Ularni tayyorlashda kremniy va kremniylashgan oxaktosh qo‘llanilgan. Tosh buyumlar to‘plamida 7 dona qirg‘ichlar, 1 dona randa bilan kombinatsiyalashgan qirg‘ich, 6 dona qirg‘ichchalar hamda randasimon qurollari ham mavjud. SHuningdek, to‘plamda 57 dona plastinalar va ularnin siniqlari bo‘lib, ularning ko‘pchiligida yuza qismi kulrang patina bilan qoplangan va ba’zan patinizatsiyaga uchramagan yuzalilari ham bor. Mutaxassislar ko‘rsatishicha, tosh qurollari ichida qirralari yoki uchlari retushlangan yirik plastinalar seriyalarining deyarli uchramasligi so‘nggi paleolit davri plastinalarining o‘ziga xos xarakterli xususiyati hisoblanadi. Nisbatan karoq bo‘lsada, uzunchoq pichoqsimon plastinalar ushbu so‘nggi paleolit davri kompleksining asosini tashkil qiladi va ular prizmatik nukleuslardan gir aylanasiga chaqmoqlab olingan. Umuman olganda, bu tosh buyumlarning 2,7 % tugallangan qurollar, 97,3 % i ishlab chiqarish chiqitlari hisoblanadi. Tosh qurollarining barchasiga birlamchi ishlov berishning shu joyda amalga oshirilgan.

Tosh qurolarini chaqmoqlash usullari va toshga ishlov berish texnikasi paleolit tosh industriyasi xususiyatiga mos. SHu bois, ustaxona so‘nggi paleolit davri jamoalari tomonidan ishlatilganligi haqida xulosaga kelish mumkin.


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish