Zarafshon vohasi muste davri yodgorliklari. Zarafshon vohasi muste davri, ya`ni o’rta paleolit jamoalari madaniyatining tadqiqotida D.N.Lev, M.J. Djuraqulov, N.X.Toshkenboev, R.X.Sulaymonov, B.Sayfullaev kabi tadqiqotchi olimlar izlanishlari muhim bo’ldi. Zarafshon vodiysining paleolit davri haqidagi malumotlar 30- yillarning oxiridan boshlab ma`lum bo’ldi. Samarqand shahrining bolalar istirohat bog’i territoriyasida, Chashmasiyob daryochasi irmog’ining o’ng qirg’og’ida (keyinchalik Komsomol ko’li nomi bilan yuritilgan joyda) birinchi bor 1939 yilda ko’l inshooti qurilishi davomida, ibtidoiy kishilarning tosh qurollari, hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan edi. 1940 yilda esa bu dargohdan pastroqda G.V.Grigorev tomonidan ikkita tosh sixchasi topildi. 1947 yildan boshlab arxeolog D.N.Lev rahbarligida faol ishlagan Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti arxeologiya ekspeditsiyasi vohaning ibtidoiy tarixini o’rganishda katta yutuqlarga erishdi, yani ibtidoiy jamiyat tarixining barcha taraqqiyot davrlariga mansub makon va qarorgohlarni topib o’rginishga muvaffaq bo’ldi. Keyingi yillarda shahar qurilishi bilan bog’liq ob`ektlar ham tadqiq qilinib, jumladan Registon maydoni, Siyob daryosining qirg’oqlari, Afrosiyob territoriyasida Darg’om kanali qarorgohlarida ham paleolit davri topilmalari qo’lga kiritildi. Samarqand Davlat universiteti olimlari keng ko’lamda arxeologik qidiruv ishlarini olib borib Cho’ponota balandligida, engels nomli kolxozning Navbog’ qishlog’i yaqinida ibtidoiy kishilarning yangi qarorgohlarini aniqladi. Ayniqsa, Omonqo’ton,Takalisoy g’orlarining qazib o’rganilishi muhim natijalar berdi. Bu g’orlarda neondertal odamlar yashaganligi isbotlandi. Samarqand paleolit manzilgohi bir necha yillar davomida qazish usulida o’rganildi va natijada kata ilmiy material to’plandi. Keyingi yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Samarqanddagi Arxeologiya instituti xodimlari vohada keng ko’lamda ilmiy- tadqiqot ishlari olib bordilar. Jumladan, N.X.Toshkenboev, R.X.Sulaymonov, M.R.Qosimov, O’.I.Islamov, M.Mirsoatov kabi arxeologlarning ish natijalari diqqatga sazovordir. A.Asqarov Urgut tog’larida ilmiy tadqiqot ishlari o’tkazib, Go’rdara g’ori paleolit qarorgohini kashf qildi. Bulung’ur rayoni territoriyasida Xo’jamazgil paleolit makoni topib o’rganildi. M.Mirsoatov Uchtut ibtidoiy shaxtalarini qazib o’rgandi. Zarafshon havzasi arxeologik jihatdan turli davr yodgorliklarga nihoyatda serob maskanlardandir. Xususan, bu hududda ibtidoiy davrning barcha taraqqiyot bosqichlariga doir makonu manzilgohlar mavjud. Xususan, Uchtut-Ijont-Vaush makonlari qiziqarli manbalar berdi. Bu o’lkalarda atoqli olim Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh 60-yillarda katta qidiruv ishlarini bajargan. Uchtut-Ijont-Vaush makonlarida o’tkazilgan tadqiqotlarda U.I.Islomov, M.R.Qosimov, T.Mirsoatovlar katta tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Ish jarayonida Sang-Peterburgdan bilimdon mutaxasislar prof S.A.Semyonov, G.F.Korbkovalar hamkorlikga kelishdilar va bu yodgorliklar haqida qator asarlar e`lon qilingan. Zikr etilgan mazkur yodgorliklar Novoiy viloyati, Navoiy shahriga yaqin, Qoratovning janubiy qiyaligi bag’rlarida joylashgan, hozirgi Uchtut , Kavobi qishloqlari yaqin atrofida ochiq maydonda ibtidoiy jamoalarning manzilgohlari bo’lishi bilan bir vaqtda bu yerda sifatli chaqmoqtosh konlari(shaxtalari) ham mavjud bo’lgan va kishilar turmushida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu makonlarning pastki ma’dan qatlamlarida topilgan mehnat qurollari, xususan, yirik shakldagi tosh o’zaklari, ulardan olingan uchirmalar, yasalingan mehnat qurollari ashel davri buyumlarini eslatadi. Bu makonlaridan topilgan tosh ashyolar ashel, must`e, so’nggi paleolit va mezo-neolit davrlariga ham xosdir. Demakki, bu makonlarda, hamda atrofda inson jamoalari uzluksiz, uzoq tarixni o’z ichiga oluvchi davrlarda yashab kelishgan ekanlar. Yuqorida aytilganidek Uchtut ya’ni Kavobi qishlog’i atrofida chaqmoqtoshni yer qatlamidan qazib olish, undan turli qurollar, xususan, mehnat qurollari yasash uchun ularni moslashtirish ustaxonasi mavjud bo’lgan ekan. Bu jamoalar o’z konlaridan qazib olingan chaqmoqtosh jinslarini qo’shni va tutash hududlarda yashovchi jamoalarga ayribosh ham qilganligi aniqlandi. Xususan, Zarafshon havzasidagi Qo’tirbuloq, Zirabuloq must`e yodgorliklarida, Samarqand so’nggi paleolit makoni hamda ko’pgina mezo-neolit manzilgohlarida qurol uchun foydalanilgan xom ashyoning aksariyati Uchtut chaqmoqtoshidan ishlanganligi qiziqarli jarayonidan guvohlik beradi.
Zarafshon vohasida Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omonqo’ton, Takalisoy, Go’rdara g’or makonlari, Olmabuloq makoni Uchtut, Ijond chaqmoqtosh ustoxonalari va shaxtalarida bevasita arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |