Turkmaniston o‘rta paleolit davri yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari ham O‘rta Osiyo muste davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim hisoblanadi. Bu borada Janubiy Turkmaniston hududida P.I.Boriskovskiy, A.P.Okladnikov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida to’plangan ashyoviy dalillar muhimdir. Mazkur hududda so’nggi yillarda tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. V.I.Vishnyatskiy ham o’z tadqiqotida bu madaniy yaqinlik to’g’risida fikr yuritadi. Shuningdek, A.A.Marushenko, V.I.Sarianidi, I.N.Xlopin, O.K.Berdiyevlarning tadqiqotlarida ham mazkur mintaqalar muste davri jamoalari moddiy madaniyatlari ko’p jihatlari bilan bir-birlariga yaqinliklari borasida ma’lumotlar bor. O’rta Osiyo paleolitini o’rganish natijalari bu keng zamin tarixini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’nlab monografiyalar va ilmiy maqolalar yozildi. Shu o’rinda zikr etish zarurki, O’rta Osiyo ilk paleolit madaniyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biri shimoliy-janubiy Hindistonning soan madaniyati qayroq qurollarining ayrim o’xshashligi borligi kuzatildi. Bunday qurollar O’rta Osiyoga tutash chegaradosh bo’lgan Qozog’iston, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida o’rganilgan yodgorliklarda ham mavjud. O’rta Osiyo paleolitining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, ilk paleolit davridan e`tiboran so’nggi paleolit yodgorliklarida ham tosh o’zaklardan paraqalar ajratishda levallua texnikasi uslubining mavjudligidir. Bu jarayon paleolit yodgorliklarida turli xilda kuzatilishidan qat’iy nazar u mehnat qurollarini yaratishda qo’llanilgan taraqqiyot yo’lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu texnik uslub ayniqsa, o’rta paleolit davrida birmuncha jadallashganligi kuzatilmoqda. Mehnat quroli ishlab chiqarish uchun foydalanilgan tosh jismlar sifatidan kelib chiqib, paleolit yodgorliklarida bu jarayon turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Ammo, levallua texnologik uslubining xam xilma-xilligini unutmaslik joizdir .O’rta Osiyo ilk paleolitida qo’l cho’qmorlari bilan bir vaqtda qadimgi qayroq qurollar madaniyatining mavjudligi esa uning Hindistondagi qadimgi Soan madaniyatiga yaqinligini ko’rsatmoqda. O’rta Osiyoda levallua-muste madaniyatining kelib chiqishini joyli ashell-muste yodgorliklar negizida ko’rish xamda Old Osiyo va O’rta Osiyo levallua-muste davri madaniyatining ma’lum yaqinligini kuzatish mumkin. Ammo, bu madaniyatlarning bir-biriga yaqinligini faqat migratsiya jarayoni asosida emas, balki tub mahalliy negizda rivojlanganligida deb e’tirof qilish haqiqatga yaqinroqdir. Umuman olganda, paleolit davri madaniyatini o’rganish jarayoni davr taqazosi ila jadal rivojlanayotgan yo’nalish bo’lib, bu haqda fandagi yangiliklar ham mulohazalar ham ayni vaqtda turlichaligi bilan boshqa davrlar tarixini o’rganishdan ma’lum darajada farq qiladi.
O‘zbekiston hududi o‘rta paleolit davri yodgorliklari va ular tadqiqoti natijalari ham O‘rta Osiyo muste davri jamoalari moddiy madaniyatini o‘rganishda muhim hisoblanadi.
Toshkent va uning atrof xududlari miqyosida tosh asri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganish borasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, mazkur mintaqa odamzod tomonidan kishilik tarixi taraqqiyoti tosh asri ilk paleolit davridanoq (Ko’lbuloq makoni pastki madaniy qatlamlari) o’zlashtirilganligini ko’rsatdi. Ayniqsa, Respublikamiz mustaqilligi yillarida muste davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda muhim ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. Muste yodgorliklari tadqiqotida topilgan arxeologik ashyolar davr jamoalari moddiy madaniyati o’ziga xos xususiyatlari va ularning atrof hududlar xronologik jihatdan tengdosh bo’lgan madaniyatlar o’rtasida o’rnini aniqlashda ilmiy asos berdi. O’zbekiston muste davri jamoalari mahalliy madaniy variantlari aniqlandi ( Ko’lbuloq va Obirahmat). Paleolit davri jamoalari modiy madaniyati tadqiqoti bo’yicha Rossiya FA Arxeologiya va etnografiya Instituti Sibir bo’limi va O’zb FA arxeologiya Instituti hamkorlikda 1998 yildan e`tiboran Obi-Raxmat g’or makonida tadqiqot ishlarini amalga oshira boshlaganligi muhim ilmiy axamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishlari 1998-2001 yillari bajarilib, 10 metr qalinlikda madaniy qatlam 22 ta stratigrafik qatlamga ajratildi. 2001 yilgi tadqiqot natijasi juda sermaxsul bo’lib, o’rta paleolit davri madaniyatidan so’ngi paleolit davriga o’tishni tosh qurollari evolyutsiyasi orqali kuzatish imkoni bo’ldi. Bu tadqiqotlar natijalaridan eng muximi Obi-Raxmat g’oridan odam qoldig’i topilgani hisoblanadi. Bu kramonyon odamining bir turi bo’lib chiqdi. Bu tadqiqotlar A.V.Derevyanko va U.Islamov raxbarligida amalga oshirildi. 2001 yili U.Islamov raxbarligida O’zR FA arxeologiya instituti bir guruh xodimlari Angren vohasida kompleks ravishda tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Ko’lbuloq makonida o’z vaqtida M.R.Qosimov tomonidan 45 ta madaniy qatlam ajratilgan edi. Yangi tadqiqotlar bu madaniy qatlamlarni yoshi bo’yicha ketma- ketligi to’g’ri kelmasligini ko’rsatdi. Odatda paleolit davri makonlarini o’rganishda strategrafik sxemaning 4 bosqichli bo’linishi qo’llanilar edi: Nanay, Tashkent, Sirdaryo va cho’llik bosqichlari. endi paleolit makonlari barchasi uchun to’rtlamchi davri birgalikda 3 bosqichli bo’linish ishlab chiqildi: 1. Ilk tyanshan kompleksi-1mln 700 ming: 2. So’nggi tyanshan davri- 690 000: 3. Orol kompleksi- 10-15 000 yil.
Obiraxmat g’or makoni tosh industriyasi bir tomondan Janubiy Sibir Qorabomovsk madaniyati , ikkinchi tomondan Yaqin Sharq paleolit makonlari moddiy madaniyatiga o’xshashligini ko’rsatdi. Qo’lga kiritilgan yangi manbalar makoni so’nggi paleolit davri ilk bosqichlariga oid makon ekanligini ko’rsatdi. Vatanimiz janubiy hududida joylashgan Teshiktosh g’or makonida ham 2002 yil O’zbek- Rossiya qo’shma ekspeditsiyasi qayta tekshiruv ishlarini amalga oshirdi. G’ordan chekkaroqda tekshiruv shurfini qazib ko’rishdi. Qazish jarayonida qimmatli arxeologik manbalar qo’lga kiritilinib, bu makon Teshiktosh 2 makoni deb nomlandi.
Xullas, keyingi yillar maboyinida O’zbekiston must`e davri paleoekologik sharoiti, jug’rofiyasi, jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda yangi manbalar qo’lga kiritilishiga erishilgan. Bu manbalar muste davri ijtimoiy tuzumi, jamoalar kunlik turmush tarzi, mashg’ulotlari, ma`naviy kechinmalari, ko’mish bilan bog’liq urf-odatlari, jamoalar madaniyati o’ziga xos xususiyatlari, madaniy aloqalar va madaniyatlar kelib chiqishi ildizlari borasida qimmatli ma`lumotlar berdi.
O‘tgan asrning 30 yillarining oxirlari - 40 yillarining 2-yarmida o’rganilgan Teshiktosh, Omonqo’ton Samarqand paleolit makonlarining tadqiq qilinishi O’rta Osiyo tosh davri jamoalari madaniyat tarixini o’rganishning istiqbolini belgilab berdi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid yodgorliklar yaxshi tadqiq etildi. Xususan, Farg’ona vohasidagi Selungur, Ohangarondagi Ko’lbuloq. Chirchiq vohasidagi Obiraxmat, Xo’jakent, Tojikistonda o’rganilgan Xo’jagur, Qopa-Bura. Qayroqqum kabi paleolit makonlarining o’rganilishi asosida O’rta Osiyo tosh davri jamoalari madaniyat tarixiga doir muhim manbalar qo’lga kiritildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi davrda axeologik tadqiqot ishlariga jiddiy e`tibor berildi va keng ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish imkoniyati vujudga keldi. Natijada, O’rta Osiyoning keng hududlarini o’z ichiga qamrab olgan vohalarda 150 dan ziyod paleolit yodgorliklar arxeologik izlanishlar davomida topildi. Shu o‘rinda Zarafshon vohasida tadqiq etilgan paleolit yodgorliklari tadqiqotlarining natijalari ham ahamiyatlidir.
Mamlakatimiz hududida paleolit davriga oid yodgorliklar tadqiqoti kishilik tarixi rivoji tosh asri barcha taraqqiyot bosqichlarida uzluksiz madaniyat yaratilganligini ko’rsatdi. Bu ayniqsa, Zarafshon vohasi misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. Qizilqum sarhadlari (Lavlakon, Qorasigir, Ko’kayaz topilmalari), Quyi Zarafshon vohasi (Boshag‘itma,Xo‘jagumbaz) miqyosidagi ilk paleolit davriga oid topilmalar tosh asrining keyingi taraqqiyot bosqichlari, xususan muste, so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyati rivojiga asos bo‘lganligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omonqo’ton, Takaliksoy, Olmabuloq –muste yodgorliklari, Samarqand so’nggi paleolit yodgorligi, Siyobcha, Xo’jamazgil- so’nggi paleolit yodgorliklari tadqiqoti jarayonida qo’lga kiritilgan arxeologik manbalar tahlili bilan bu fikrni izohlash mumkin. SHu asosda Zarafshon vohasi muste, ya’ni o‘rta paleolit davri jamoalarining madaniyati avtoxton, tub joyli madaniyat hisoblanadi.
O’tgan asr 50- 60 yillarda vohaning o’rta oqimi va tog’ bag’rlarida arxeologik qidiruv ishlari tufayli tosh asrining turli davrlariga oid, jumladan, o’rta paleolit topilmalari ham qo’lga kiritildi. Xususan, arxeolog M. R Qosimov tomonidan Nurota tog’ tizmasiga kiruvchi Voush tog’i yon bag‘ridan, D.N.Lev tomonidan Urgut hududi tog‘ yon bag‘rilaridan Omonqo‘ton, Takalisoy, Go‘rdara kabi muste davri yodgorliklarining, shuningdek, N.Toshkenbaev, R.Suleymanovlar tomonidan Qo‘turbuloq, Zirabuloq yodgorliklarining o‘rganilishi natijalari mazkur sarhadlarda o‘rta paleolit davrida odamzod yashashib, o‘ziga xos madaniyatlar sohibi bo‘lishganliklarini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |