Solurlar el ani suvg`a yalong`och.
Ushbu misrada qanday she`riy san`at qo`llangan?
A) tasbe B) husni ta’lil
C) tajohilu orifona D) talmeh
25. “Ulug`bek xazinasi” romanida qaysi qahramon bir faqir cholga to`nkaga o`tirib olib, mis kosada boda tutgan va o`sha faqir bir chol kim edi?
A) Mirzo Ulug`bek, Qalandar Qarnoqiy
B) Sulton Jondor, Abdulatif
C) Amir Temur, Temur Samarqandiy
D) MirzO Ulug`bek, Ali Qushchi
26. Usmon Nosir “Bolaligimga” she`rida o`zini nimaga o`xshatadi?
A) asalariga B) barglari kom-kok palakka
C) kapalakka D) gulga
27. Qo‘shimcha qo‘shilganda tub asosda tovush o‘zgarishi vujudga kelgan so‘zlarni belgilang.
A) kulgi, turtki
B) o‘lchovchi, bo‘yoqchi
C) ishlov, o‘tlog‘i
D) qo‘zichog‘im, tilagim
28. Quyidagi gapda ma’no ko`chishining qaysi usuli qo`llangan?
Ikkita chumchuq kelib, olchaga qo`ndi.
A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
29. Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. Ushbu maqolda so‘zlarning o‘zaro aloqasi qanday yo‘l bilan amalga oshgan?
A) Gapda so‘zlar teng va tobe bog`langan.
B) Boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan
C) Faqat boshqaruv yo‘li bilan
D) Bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan
30. Bosh bo‘laklar uyushib kelgan gapni toping.
A) Saida kitob bilan, she’r bilan dardlashardi.
B) Quyosh, havo—tanga da’vo.
C) Havo salqin, toza.
D) O‘rmonlar, bog‘lar uni quvontirdi, to‘lqinlatdi.
8-variant
1. “Yulduzi issiq” iborasining ma’nosini aniqlang.
A) omadli
B) yoqimli
C) xushsuxan
D) kasal bo‘lishga moyil
2. Kabirov, sezmayapsizmi, u sizning kursingizga ko‘z olaytiryapti.
Ma’no ko‘chishi turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
3. Bergin, desam, kulimsirab qocha boshlar.
Ushbu parchada qaysi mayl shaklidagi fe’llar qo‘llangan?
1) xabar; 2) shart; 3) buyruq.
A) 2, 3
B) 1, 2, 3
C) 1, 3
D) 1, 2
4. Har bir xalq o‘z turmushi bilan jami insoniyat hayotining qaysidir qirrasini ifodalashi lozim, aks holda, bu xalq hayot kechirmaydi, balki behuda tirikchilik qiladi va uning mavjudligidan hech qanaqa naf yo‘q. Ushbu gapda necha o‘rinda olmosh qo‘llangan?
A) 7 ta B) 8 ta
C) 5 ta D) 6 ta
5. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan otlar qatorini aniqlang.
A) talafot, istehzoomuz, tatbiq
B) tadqiqot, baht, imtihon
C) halokat, ahil, monelik
D) taqiq, ehtimol, naqarot
6. Qaysi gapdagi mantiqiy urg‘u olgan so‘zning urg‘uli bo‘g‘ini ot turkumidagi so‘zga shakldosh?
A) Borini olib kelavering: bu yerda hammaga qog‘oz-qalam kerak.
B) Bugun-erta uyga akam keladilar.
C) Olgan narsalarimni egasiga bus-butun qaytarganman.
D) Bizga keragi ham qop-qora parda.
Do'stlaringiz bilan baham: |