Sana 13.04.2022
Guruh Kishik
Mavzu: : Yer sayyorasi kuni.
Mashgulot markazi: fan va tabiat , san’at markazi , musiqa va ritmika markazi
Mashg’ulot nomi: atrof olam, rasm, jismoniy tarbiya
Mashg’ulot mavzusi: ‘’Hidiga ko’ra top’’ gullar ifori, ‘’boychechak’’ , ‘’guldan gulga sakrash’’.
Maqsad: Bola iforni his qiladi va manbasini ayta oladi, ranglarni tanishtirish ranglardan to’g’ri foydalana olish.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: gular ifor vositasi( atir ), gular s;ur’atlari, idishlari. ‘’Boychechak ‘’rasmi, gular atributi.
Faoliyatning olib borilishi:
1.Gullar mavzusiga oid sur’atlarni tomosha qilish.
2.Faoliyatni rejalashtirish-iforni ta’riflash(o’tkir, yumshoq, yoqimli)
3.Mevalarni iforini eslatuvchi gullarning iforini topish.
Mashg’ulotning borishi: Bolajonlar o’lkamizda qaysi fasl? Juda yaxshi bolajonlar. Baxor faslida havo iliq bo’ladi.
Asta sekin kunlar isiy boshlaydi. Issiq o’lkalardan qushlar uchib kelmoqda. Biz qushlarga g’amxo’rlik qilib ularga
uychalar yasaymiz. Bolajonlar bugun sizlarbilan ‘’fan va tabiat” markazida faoliyat olib boramiz.
Mavzuimiz:’’ Hidiga ko’ra top. “ Gul ifori”.
Bolajonlar bu mavzu orqali gullarni iforini hia qilishni va manbasini ayta olishni o’rganamiz.
Mashg’ulot uchun kerakli jixozlar: Gullar ifor vositasi (atir) gular sur’ati, idishlar.
Bolajonlar gular mavzusiga oid sur’atlarni tomosha qilamiz.
Atirgul, lola qizg’aldoq, binafsha va chinnigul. Gullarning rangini bilasizmi?
To’g’ri aytasiz gullarning rangi qizil rangda, barglari yashil rangda, hidi shirin
Bolajonlar mevalarni iforini eslatuvchi gullarni topamiz. Masalan qulpinoy va olma. Bu mevalarni qo’limizga olib
hidlasak qo’limizdan yoqimli hid taraladi. Honamizda ham ifori tarqalib hushbo’y hid taraladi. Bolajonlar qani kim
qaysi gullarni nomini biladi va ularni ta’riflab beradi.
Tarbiyachi va bolalar san’at markaziga boradilar, kerakli jihozlar qog’oz va qalam olib bugungi mavzu
‘’boychechak’’ rasmini chizishga hozirlik ko’radilar.
Maqsad: ranglarni to’g’ri tanlash va ulardan to’g’ri foydalanishni o’rganish “Boychechak” guli haqidagi bilimlarni
boyitish.
Binafshaning rangi siyohrang bo’lib uning barglari yashil rangdadir, quyoning qulog’iga o’xshab uzunchoq.
Bolajonlar boychechak rasmini chizib bo’lib jismoniy mashg’ulot qilamiz. Musiqa va ritmika markazida faoliyat
olib boramiz.
Mavzu: Doiradan doiraga sakrab o’tish.
Bolajonlar biz doiradan doiraga sakrab o’yish uchun gullardan foydalanamiz. Yonma yon turgan gullarga sakrab
o’tamiz. O’tish davrida oyoqlarimiz qayrilib ketmaslik uchun extiyot bo’lamiz. Bolalar atir gul qo’shigini tinglab
guldan gulag sakraydilar.
Mashg’ulotlar mustaxkamlanadi bolalar rag’batlantiriladi.
Hafta mavzusi: Yer sayyorasi kuni.
Qurilish va konstruktsiyalash markazi.
Mashg’ulot nomi: Sensor/matematika.
Mavzu: Kichkinalar va kattalar.
Maqsad: Buyumlarning hususiyatiga ko’ra taqqoslaydi, buyumlar guruhidan umumiy o’xshashini topadi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Qurilish ashyolari, lego, konstruktorlar, mavzuga oid suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Bolalar bilan katta kichik giometrik shakllarni qurish;
2. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag’batlantirish;
Qo’shimcha qism: Tarbiyachi hohshiga ko’ra jihozlardan foydalanishi mumkin.
E’tiborga molik jihati:
1. Ijodiy tasavvurlarga;
2. Fikrini bayon etishga;
3. Xayot xavfsizligi saboqlari.
Faoliyatning borishi:
Dastlab tarbiyachi doskaga kichkina samalyotlarni qo’yadi, so’ng katta samalyotlarni qo’yadi. “Men kichkina
samalyotlar nechta bo’lsa, shuncha katta samalyotlar qo’ydim”.
Bollalarning diqqatini katta va kichik samalyotlarga qaratadi. Tarbiyachi takror ko’rsatayotganda kichkina
samalyotlar tagiga bir tekislikda katta samalyotlarni qo’yish kerakligini takidlaydi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarni ikki guruhga bo’ladi. Gurug’lar konistruktorlardan foydalanib katta va kichik geometrik
shakllarni yasaydi.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikdaqog’ozdan katta va kichik samalyotlar yasashib fazoda uchishini
kuzatishadi.
Yaxshi bajargan guruhni rag’batlantirish.Bolalar bilimlarini mustahkamlash bilan faoliyatni yakunlash.
Oylik mavzu: Yer sayyorasi umumiy uyimiz.
Markaz nomi: fan va tabiat:
Mashg’ulot mavzusi:” Suvga ranglarni tomizish.”
Mashg’ulot maqsadi: Tabiatda suvning o’ziga xos xususiyatlari bilan kuzatish
Kerakli jixoz va materiallar: Suv va bo’yoq.
Faoliyat borishi:
1. Suv xususiyati bilan tanishish.
2. Bo’yoq va suv bilan tajriba.
3. Bollar o’yini muxokamasi va rag’batlantirish.
Mashg’ulotning borishi: Kelajagi porloq O’zbekistonning baxtli bolalari, yaxshi dam olib keldingizmi? Kayfiyatlar
va sog’ligingiz yaxshimi?
Barakalla, demak, mashg’ulotimizni boshlasak xam bo’ladi.
Tarbiyachi bolalardan xafta kunlari va o’tilgan mashg’ulotlar yuzasidan savol -javob orqali mavzularni
mustaxkamlaydi.
Bolalar bugun sizlar bilan fan va tabiat markazida tabiat mashg’ulotidan “Suvga ranglarni tomizish” mavzusida
suxbatlashamiz.
Bolajonlar markazimizga ko’rib turganimizdek qum, suv, gullar, gazlamalar, paxta va boshqa resurslar kiradi.
Kelinglar bolalar mashg’ulotimizni boshlaymiz. Bolalar e’tibor bering, maxsus idishlarda suvlar va akvarel
bo’yoqlar turibdi. Xozir o’lkamaizda baxor fasli to’g’rimi?
Sizlar bilan birgalikda suvga ranglarni tomizish yo’li bilan ranglarni aks etamiz.
Bolalar musaffo osmonimizning ranggi qanday? Albatta, xavo rang. Xozir sizlar bilan oq va ko’k ranglardan xavo
rang xosil qilamiz.
Endi qizil va oq rangdan foydalanib pushti rang xosil qilamiz. Mashg’ulotimiz davomida oldimizda turgan suv va
akvarel bo’yoqlarini extiyotlik bilan ishlatamiz chunki suvni kiyimlarimizga to’kib qo’ymasligimiz yoki akvarel
bo’yoqlarini surtib olmasligimiz kerak.
Mashg’ulot davomida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ranglarni hosil qiladilar. Bolalar keling birgalikda
g’unchaning gul bo’lib ochilishini qo'l xarakatlarimiz orqali bajaramiz.
Bolajonlar mashg’ulot sizlarga yoqdimi? Ranglarchi esingizda qoldimi?
Mashg’ulot yuzasidan savol javob qilinib mavzuni mustaxkamkash.
San’at markazi.
Mashg’ulot nomi: Rasm.
Mavzu: Osmon jismlarini chizish.
Maqsad: Atrof olamni anglash.
Kerakli jihozlar va materiallar: Oq qog’oz, rangli qalamlar, namuna.
Mashg’ulotning olib borilishi: Bolalar endigi markazimiz san’at markazi. Mashg’ulotimiz rasm. Bugun sizlar bilan
“Osmon jismlarini” chizamiz.
Bolalar aytinglarchi osmon jismlariga nimalar kiradi? Arakalla bolajonlar. Zamin uzra nur sochib turgan quyosh,
tunda osmonimizni miltillab yoritib turgan yulduzlar va oy.
Bolajonlar mana bu globus. Globus bu yer sharini kichraytirib aks ettirilgan maketi. E’tibor beringlar globusimiz
qaysi geometric shaklga o’xshar ekan?
To’g’ri, bu doira shakliga o’xshaydi.
Bolalar qo’limdagi sur’atga e’tibor bering qay biri tun qay biri kun?
Barakalla quyosh rasmi aks etgan rasm kun, oy rasmi aks etgani esa tun hisoblanadi.
Quyosh qanday rangda?
To’g’ri sariq rangda.
Oy bilan yulduz havorang rangda.
Kelinglar sizlar bilan birgalikda tun rasminichiroyli qilib chizamiz. Oldingizga qo’yilgan oq qog’ozlarga chiroyli
va toza qilib chizishga xarakat qiling. Rangli qalamdan to’g’ri foydalaning.
Rasmlarni musiqa sadolari ostida chizishni boshlang.
Mashgulot so’ngida chiroyli va toza chizgan bolalar rag’batlantiriladi.
Oy mavzusi: Yer sayyorasi- umumiy uyimiz.
Hafta mavzusi:Yer sayyorasi kuni.
Til va nutq.
Mashg’ulot mavzusi:’’ Gullaydigan daraxtlar ’’
Mashg’ulot maqsadi: Bolalar baxor faslida gullaydigan daraxtlarni bilib olishadi. Ularni rangi, gullari orqali hosil
berishi haqida tushuncha hosil qilish. Bilim malaka ko’nikmalarini rivojlantirib boorish.