5-variant
1. Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang.
A) Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi.
B) Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi.
C) Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir.
D) Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi.
2. “O’g’irlig-u fahshni ko’rib, Jim yurarkan odamlar.
O’z do’stiga kulib turib, Tig’ urarkan odamalr.
Bir yonda aysh, ko’kka chirmash, Bir yonda, boq oh-u voh,
Bugun mening ko’nglimda g’ash, Iymonimda ishtiboh….
“Ruhlar isyoni” dostonidan olingan mazkur so’zlar qaysi qahramon tomonidan aytilgan?
A) Nazrul Islom
B) ko’r kimsa
C) Shohijahon
D) jangga otlanmoqchi bo’lgan qahramon yigit
3. Xalq dostonlaridan birida “Kuyganimdan gapni gapga ulayman, Qora zulfim zarafshonni silayman.
Yolg‘iz o‘lsa, tuxmi qurib ketmaymi? Men otamning o‘lim otin tilayman” deya otning olimini
tilagan obraz uchraydi?
A) “Ravshan” B) “Kuntugmish” C) Gorogli” D) “Alpomish”
4. Qaysi javobda aniqlovchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolikka yo‘l
qo‘yilgan?
A) Do‘stim, ta’magirlik insonni qabohat sari yetaklaydi.
B) Kotiba qiz tanlovda mukofotlanganlar ro‘yxatini yozib chiqdi.
C) Bu ko‘rsatuv tamoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
D) Bugungi farovon hayotimizning qadriga yetmog‘imiz kerak.
5. Bugun siz bilan bu masalani atroflicha gaplashamiz, toki bunday noxush
vaziyat hech qachon qaytarilmasin.
Qaysi javobda ushbu ergashgan qo‘shma gapning bosh gap qismidagi barcha gap
bo‘laklari shartli belgilar asosida tartib bilan
to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ~~~~~ ~~~~~ ______ . . . . . . =====
B) . . . . . . - - - - - ~~~~~ - - - - - . . . . . . ======
C) . . . . . . _______ ~~~~~~~ - - - - - . . . . . ======
D) . . . . . . - - - - - ~~~~~ - - - - - ~~~~~~ ======
6. R.N. Guntekinning dastlabki romani qaysi?
A) “Xazonrezgi” B) “Tamga”
C) “Yashil tun” D) “Sirli qol”
7. Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik
bor?
A) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar.
B) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini
o‘tkazishimiz kerak.
C ) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi.
D) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi.
8. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
Mazkur gapda fe’lning otga xoslangan vazifa shakli qaysi gap bo‘lagi
vazifasida kelgan?
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) hol
9. Qaysi javobda Oybekning dostonlari berilgan?
A) “Dilbar - davr qizi”, “Baxtigul va Sog‘indiq”, “O‘ch”
B) “Bolalik”, “Nur qidirib”, “Alisherning bolaligi”
C) “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”
D) “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “Quyosh qoraymas”
10. Navoiyning qaysi asarida dengizning qirg‘og‘ida bo‘la turib, og‘iz ochish
uchun lozim bo‘ladigan suvni topishga intilayotgan, shu miqdordagi suvni
topish ilinjida ayni mana shu yerdan quduq qaziyotgan odam timsoli
gavdalangan?
A) “Kozung ne balo…” B) “ Meni men istagan …”
C) “ Ey sabo …” D) “Haq taolo xoni…”
11. “Kecha va kunduz” Asarda tilga olingan mingboshining rus mirzasi kim edi ?
A) Andreyev B) Aleksandr C) Sokolov D) Fyodor
12. Tobe qismi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bitishuvli birikmalarni aniqlang.
A) masala yechmoq, gap sotmoq
B) uyg‘ongan mehr, issiq suv
C) yengil jarohat, siquv ostida
D) og‘ir xo‘rsinmoq, o‘ynoqi shabada
13. Qaysi gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan?
A) So‘zdan qudratliroq kuch yo‘q, o‘tkir dalil va yuksak fikrlar safini yorib o‘tish mumkin emas.
B) Har bir narsani tejash, bugungini erta uchun zaxiraga qo‘yish yaxshi fazilatdir.
C) So‘z yovuzlarni yakson etadi, qal’alarni yiqadi, u ko‘zga ko‘rinmas quroldir.
D) Til do‘stlik va
hamjihatlikni qaror toptirishning eng qulay vositasidir.
14. U to‘rt misradan iborat bo‘lib, misralar a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi. U ramali
musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi shart. Eng muhimi, qofiyadosh so‘zlar, albatta,
tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor.
Ushbu parchada qaysi mumtoz janr haqida fikr yuritilgan?
A) G‘azal B) Ruboiy C) Qit’a D) Tuyuq
15. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O‘zbegim jon o‘zbegim.
B) Yer don, dehqon bo‘lsa xazinabondir.
C) Poytaxt bo‘lish uchun avvalambor poytaxtlik maqomi kerak.
D) Hech kim: na Dilobar, na Gulnoza ertalab kelmadi.
16. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lgan yasama fe’llar hisoblanadi?
A ) tortiq, sovg‘a, tuhfa B) shivirlamoq, so‘zlamoq, gapirmoq
C) qah-qah otmoq, hiringlamoq, kulmoq
D) yugurmoq, chopmoq, yelmoq
17. Izohlovchi bilan kengaygan yoyiq undalma qatnashgan gapni aniqlang.
A) Tura qoling, adasining erkatoyi, kun yorishib ketdi.
B) Men senga ko‘ksimni tutay, dardlarimni yuvib ket, yomg‘ir!
C) Usta Farfi, bormisiz, sizni kutaverib ko‘zim to‘rt bo‘lib ketdi?!
D) Hoy Jalil, nega bular radioni gapirtira biladi-yu, sen bilmaysan?
18. Shuhratning urush mavzusida yozilgan she’rlar turkumini belgilang.
A) "Orzu va qasos"
B) "Mehrol"
C) "Shinelli yillar daftari"
D) "Oltin zanglamas"
19. «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida sardor, Xo‘jand hokimi kim?
A) Temur Malik B) Amir Badriddin
C) Elbors pahlavon D) Yaroqbek
20. . . . sen figoning soldi olam uzra ot
…… qoni senda urdi tugyon, ozbegim.
Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasidan olingan ushbu parchada nuqtalar o‘rnida qaysi ijodkor
nomi tushirib qoldirilgan?
A) Mir Alisher, Shoh Mashrab B) Mirzo Bobur, Mirzo Ulug‘bek
C) Mirzo Bobur, Shoh Mashrab D) Mirzo Ulug‘bek, Muqanna
21. Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl
yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa so‘z tegar.
B) Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga uzatib yuborgin.
C) Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki yoqilg‘i sotiladi.
D) Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma.
22. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan?
A) Nuqtadan bir qush uchar, go‘yoki behush uchar.
B) Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab buyuk kishilar ishlab ketganlar.
C) Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!
D) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
23. Quyidagi bayt Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostondan olingan? «O‘yla bulutdekki, quruq bog‘ uza
Yog‘may o‘tub, suvni to‘kar tog‘
uza».
A) “Hayrat ul-abror” B) “Sab’ai sayyor”
C) “Farhod va Shirin” D) “Saddi Iskandariy”
24. So‘ri oldida chiroyli, xushbo‘y, ko‘m-ko‘k, sariq
gullar o‘sib yotardi. Mazkur gapdagi sifatlar haqida berilgan qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini bajargan.
B) Otlashgan sifat qatnashgan.
C) Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
D) Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
25. Ota o‘g‘illariga qarab: “(1) Hozir nimani ko‘rgan bo‘lsangiz, sizning ahvolingizga misol. (2) Agar
ittifoqda bo‘lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi” , - dedi. Berilgan ko‘chirma gapli qo`shma
gapning ko‘chirma gap qismidagi gaplar haqida to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) 1- to‘ldiruvchi ergashgan qo‘shma gap; 2- hol ergashgan qo‘shma gap
B) 1- ega ergashgan qo‘shma gap; 2- hol ergashgan qo‘shma gap
C) 1- aniqlovchi ergashgan qo‘shma gap; 2- to‘ldiruvchi ergashgan qo‘shma gap
D) 1- ega ergashgan qo‘shma gap; 2- to‘ldiruvchi ergashgan qo‘shma gap
26. A. Qodiriy, Munavvar Qori, G'ulom Zafariy kabi ulug' zotlar ta’lim olgan Toshkentdagi «Xalqlar
do'stligi» saroyi (hozirgi «Istiqlol» san'at saroyi) yaqinidagi qadimiy obida - madrasani qaysi
ijodkorning bobokaloni bunyod ettirgan? A) A. Qahhorning B) O'. Hoshimovning
C) Said Ahmadning D) Hamid Olimjonning
27. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) taalluqli, navbat, tamom B) taasurot, tamon, badiiy
C) taaluqli, tomon, baxr D) manfaat, tomom, badiy
28. O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma.
Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z qanday
sintaktik vazifa bajargan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) undalma
29. Qaysi javobda o‘zlik nisbatidagi fe’llar berilgan?
A) ko‘rinmoq, kiyinmoq B) jimirlamoq, silkinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq
30. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
C) Yozgi ta’tilda Asqad Muxtorning ”Chinor” romanini o‘qib chiqmoqchiman.
D) Unga hashamatli to‘yning ham, qalinning ham, sepning ham keragi yo‘q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |