Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
136 
Bu she’r orqali o`quvchilar 9 ta antonim – zid ma’noli so`zni topishga erishadi. Ular 
orasida kichkintoylar nutqida deyarli ishlatilmaydigan “saraton-qahraton”, “mag`lub-g`olib” 
so`zlarining qo`llanishi fikrlashga undaydi. So`zlarning ma’nosini tushuntirish o`quvchilar 
lug`atini boyitadi. O`quvchilar lug`atini ma’nodosh va zid ma’noli so`zlar bilan boyitish ularning 
o`z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishiga yordam beradi. Sinonimlar haqida ma’lumot olgan
o`quvchi 10 dan ortiq sinonim so`zga yuqoridagi she’rdan javob topadi. Sinonimlar tilni leksik 
tomonidan boyitadi, shuning uchun bunday so`zlar bilan ishlashda yuqorgidagi kabi she’rlar 
muhim rol o`ynaydi. O`quvchilar lug`atida sinonimlar qancha ko`p bo`lsa, uning til ifodaliligi 
shuncha ortadi. Rost, boshlang`ich sinflarda sinonim haqida nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo 
sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash 
elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi. O`quvchilar berilgan so`zning sinonimini topishga, 
boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2-3-sinflarda esa berilgan so`zning 2-
3 sinonimini topib aytishga o`rgatiladi. Shuningdek, boshlang`ich sinflarda so`zning o`z va 
ko`chma ma’nolarini tushuntirishda K.Turdiyevaning quyidagi she’ri yaqindan yordam beradi: 
 
Ovqat 
achchiq
dir, yema! 
Menga 
achchiq
so’z dema. 
Kelib qoldi 
kumush
qish, 
Men qo’ydirdim 
oltin
tish. 
Sinadi 
egri
yog’och, 
Egri
ishdan tezroq qoch. 
Tilla
boladir Nizom, 
Bizda 
temir
intizom. 
Qora 
sovuq
kezadi, 
Sovuq
shamol esadi. 
Olmalar ekan 
yoqut

Bugun 
iliq
xabar kut. 
Ta’kidlab ko`rsatilgan so`zlar bo`yicha ishlashda o`qituvchi avval o`z ma’nosida 
kelgan so`zlarni aniqlash topshirig`ini beradi. O`quvchilarga topish uchun yordam tariqasida 
ovqatning acchiq bo`lishi nima-yu, so`zning achchig`i qanaqaligi tushuntiriladi. Natijada, 
birinchisi o`z ma’nosida, “achchiq so`z” esa ko`chma ma’noda qo`llangani oydinlashadi. Shunga 
o`xshash, o`quvchilar “kumush qish”, “tilla bola”, “temir intizom”, “yoqut olma”, “iliq xabar”
birikmalaridagi so`zlar ko`chma ma’noda qo`llanayotganini aniqlaydilar va tushuntirib beradilar.
Shunga o`xshash K.Turdiyevaning “Omonim”, “Sifatdosh”, “Sifat”, “Fe’l”, “Ot”, 
“Olmosh”, “Ravish”, “Son”, “Harakat nomi” sarlavhali she’rlari boshlang`ich sinf o`quvchilariga 
ona tilini o`rgatishda amaliy yordam beradi.
Xalq madaniy olamining shunday tarmog`i borki, ular uchun til xuddi rassom uchun rang, 
bo`yoq, hayhkaltarosh uchu loy yoki tosh singari moddiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Bu tarmoq 
adabiyotdir. Shuning uchun adabiyot so`z san’ati hisoblanadi. So`z bir vaqtning o`zida ham 
tilshunoslik, ham adabiyotshunoslikning ham o`rganish ob’ekti hisoblanadi. Ularning farqi faqat 
so`zga qanday nuqtayi nazardan yondashishga bog`liq. So`zning atash ma’nosi va uning ontologik 
tuzilishi tilshunoslik ob’ekti bo`lsa, uning ta’sir etish, badiiy-estetik vazifasi 
adabiyotshunoslikning o`rganish ob’ekti hisoblanadi. Binobarin, ona tilini o`rganishda adabiyot 
fanlarining ahamiyati katta bo`lganidek, boshlang`ich sinflar uchun shu vazifani o`tovchi o`qish 
darslarining ta’siri katta. Ta’bir joiz bo`lsa, o`qish darslarining asosiy maqsad vazifalarining 
aksariyati ona tili bilan bog`liq. Jumladan, uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli 
o`laroq, boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini 
shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. Shunga ko`ra 
o`qish darslarining yetakchi xususiyati o`quvchilarning savodxonligini ta`minlash bilan birga, 
badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalashga qaratiladi. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish