Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Ishlab chiqarishning vaqtinchalik parametrlari



Download 0,71 Mb.
bet73/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Ishlab chiqarishning vaqtinchalik parametrlari. Ishlab chiqarish funksiyasi resurslar harajati o‘rtasida o‘zaro bog‘liq holda mahsulotni kirishi va chiqishi yakunida belgilanadi. Chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish (kamaytirish) uchun harajat hajmiga aniqlik kiritish zarur. Bunday o‘zgartirish imkoniyati vaqtinchalik ufqlarga bog‘liq, uning davomida u yoki bu ishlab chiqarish qarorlari qabul qilinadi. Ishlab chiqarish nazariyasida ikki davr ajralib turadi: qisqa muddatli va uzoq muddatli. Qisqa muddatli davrda firma qobiliyati yangi cheklangan bozor sharoitiga ko‘nikma hosil qiladi. Chunki, ayrim ishlab chiqarish omillari turlari hajmi tezkor o‘zgartirishga bo‘yin bermaydi. Binolar va uskunalar singari firmaning fizik hajmi va ishlab chiqarish quvvatlari parametrlarini belgilovchi harajatlar doimiy hisoblanadi. Doimiydan tashqari firma o‘zgaruvchan harajatlar ham qiladi. Ularning hajmi tez va oson aniqlanadi. Xom ashyo, energiya, mehnat – ko‘pchilik firmalar o‘zgaruvchanlik harajatlariga misoldir.
«Er Maksim E» (Fransiya) servirlash restorani bir kunda 350 nafargacha xo‘randaga xizmat ko‘rsatadi. U quyidagi uskunalarga ega: to‘rtta mikroto‘lqinli pech, past haroratli sovutgich va isituvchi stol bor. Bu harajatlar, shuningdek ishlab chiqarish binosi qayd etilganiga kiradi va qisqa davrda – bir ikki kunda o‘zgartirishning imkoni yo‘q. Ammo biroq restoran xizmatiga talab oshganda egasi uning ishlab chiqarishini qisqa muddatda ko‘paytirishi mumkin. Bunga u katta o‘zgaruvchan harajatlar – mehnat soati va xom ashyodan foydalanish orqali erishiladi. Oshxona xodimlariga uzaytirilgan ish kuni uchun haq to‘laydi, ularning tarkibini ko‘paytiradi, yarimfabrikantlar esa katta partiyalarda sotib olinadi va pechlarga bir – biriga zich qilib joylashtiriladi.
Lekin ega yangi-yangi xodimlarni hadeb ishga olaverish bilan ishlab chiqarish hajmini ko‘paytira olmaydi. Qaysidir bosqichda navbatdagi qo‘shimcha xodim chiqarish hajmiga deyarli hech narsa qo‘sholmaydi. Yangi oshpaz yoki ofitsiant faqat o‘ralashib halaqit beradi va xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarni ham, tayyor taomlar miqdorini ham kamaytirib yuboradi.
Bir tur harajati darajasida (mazkur holatda - mehnat) qayd etiladigan qolgan harajatlar hajmi nuqtasiga yetadi, negaki mahsulot kattaligi chegarasi qisqara boshlaydi. Bu tendensiya umumiy harakterga ega va iqtisodiyot nazariyasida foyda keltirishini pasaytiruvchi qonun sifatida ma’lum.
Uzoq muddatli davrda firma ishlab chiqarish omillari va tayyor mahsulot
(xizmat) bozori o‘zgarishlariga oson ko‘nikadi, uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini tanlashi kengayadi. U ishlab chiqarishning boshqa usuliga o‘tish uchun yetarli vaqtga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish binosi va uskunalar sotib olish, barcha harajatlarning hajmini aniqlab chiqish imkoni tug‘iladi.
«Er Maksim E» servirlash restorani ijaraga qo‘shimcha maydon, katta hajmli pechlar va sotuvchilar, qo‘shimcha stollar sotib olishga ehtiyoj sezadi va bu vositlarni oshib borayotgan talabiga qarab moslaydi. Ammo o‘z o‘zgartirishlarni juda tez joriy etib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarish harajatlari barcha turlarini o‘zgartirish uchun talab etiladigan vaqt davomiyligi turistik industriya sektorlari bo‘yicha kuchli farq qiladi. Agar ekskursiya byurosi o‘z ishini bir oy ichida qayta qurib chiqaololsa, aviakompaniyalarga samolyotlar sotib olish yoki ijaraga yollash, uchuvchilar topish, angarlar, (samolyotlar va dirijabllar turadigan bino) kassalar va aeroportda idora binosi jihozlash, reyslar sonini ko‘paytirish uchun kamida uch-to‘rt oy vaqt kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish harajatlari barcha turlarini o‘zgartirish uchun esa yanada ko‘proq vaqt talab etiladi. Mehmonxona – kurort kompaniyasiga, kema kompaniyalariga esa bir – ikki yil vaqt zarur bo‘ladi.
Ishlab chiqarish masshtabini ko‘paytirish, ya’ni firma hajmi, chiqarish hajmi o‘lchami, ayniqsa boshlang‘ich bosqichda, resurslardan iqtisodiy foydalanish bilan kechadi. Agar firma o‘zgaruvchan va doimiy harajatlarning ma’lum proporsiyada oshirish yo‘lidan borsa, masshtab kengayishi o‘rtacha harajatlar kattaligiga ta’sir etmaydi deb kutish adolatdan bo‘lardi. Biroq real firmalar boshqacha o‘sadi. Chiqarishni ko‘payishi bilan ular ishlab chiqarish texnologiyalari va usullarining ichki tashkil etishini yirik ishlab chiqarishning ustunligini amalga oshirish uchun o‘zgartiruvchilar. Ana shu o‘zgartirish mashulot chiqarish masshtabi hisobiga tejamli samara yaratadi.
Chiqarilgan har bir birlik tannarxi ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq firmalar o‘sishi bilan o‘rtacha ortiqcha mahsulot qisqaradi.
Mutaxassislar masshtabdan tejalishning bir necha sabablarini aytadilar. Birinchi, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalar uchun eng muhimi – ishlab chiqarishning bo‘linmasligidir. Umuman biznes bilan shug‘ullanish uchun firma ayrim resurslarning minimal hajmiga ega bo‘lishi kerak. Misol uchun, u ma’muriyatga ega bo‘lishi, o‘zining buxgalteriya hujjatlarini tartibli yuritishi lozim. Ehtimol unga telefon va stol ham kerak. Bu ehtiyojlar shu ma’noda bo‘linmas hisoblanadiki, firma faqat yarim buxgalteriya yuritolmaydi, yarim telefondan foydalana olmaydi.
Firma taraqqiyoti uchun bo‘linmas omillarni sezilarli ko‘paytirish talab qilinmaydi. Boshqaruvchi uch xodimga xuddi ikki xodimdagidek rahbarlik qiladi. Chiqarish bo‘linmas harajatlarni imkoni darajasida kengayishi tobora ko‘proq mahsulot birligi miqdoriga taqsimlanaveradi va ularning har biri hisobiga qisqaraveradi. Albatta, ishlab chiqarishning bu o‘sish samarasining ham ma’lum chegarasi bor. Firmaga yana bir necha boshqaruvchi yollashga to‘g‘ri kelgan zohati qo‘shimcha telefonlar va stollar o‘rnatish ehtiyoji tug‘iladi. Murakkabroq buxgalteriya tizimi hisobida yuritish hisoblanadi, shu bilan mazkur masshtabdan tejash manbai tugaydi.
Masshtabdan tejash boshqa manbai mehnatni taqsimlanishi va ixtisoslashishida yashiringan, firma yiriklashishi bilan har bir xodim diqqat-e’tibori bita vazifaga, uni yanada samaraliroq yechishga qaratiladi. Kichik otelda uning egasi hamma masalalari, jumladan marketing bilan shug‘ullanadi. Katta otellar esa mutaxassis marketolog yollashi imkoniga ega. Yirik otellarda mehnat taqsimoti yanada tarmoqlanadi. Ularning boshqaruv tarkibida marketing va sotish xizmatlari paydo bo‘ladi, ular narxlash, reklama, xizmatlarni amalga oshirish va boshqa mutaxassislardan iborat. Ayrim yirik mehmonxona korporatsiyalari o‘zlarining har bir korxonasi sotish bo‘limiga qo‘shimcha holda markaziy milliy (xatto xalqaro) bozorga chiqarish bo‘limlariga ega. Bu bo‘lim xodimlari hududlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlarga yoki bozor segmentlari (individual, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar va boshq) ga bo‘linishi mumkin.
Ular akseptorlar kartotekalari va hisobni yuritishadi, yangi bozorlarni o‘rganishadi, potensial mijozlar bilan qo‘ng‘iroqlashadilar.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish