Kapital resurslar. Ishlab chiqarishning birlamchi omillari – yer va mehnat – o‘zaro ma’lumot munosabatga kirishadi, kapital (investitsiya) resurslarni yoki kapitalni vujudga keltiradi. Unga inson tomonidan ishlab chiqarish uchun yaratilgan mehnat vositalari, ular yordamida esa boshqa tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish kiradi. Foydalanish jarayonida kapital moddiy shaklini saqlagan holda uzoq vaqt xizmat qiladi. Kapital qiymati tayyor mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarga qismlar bo‘yicha amortizatsiya ko‘rinishida asta-sekin o‘tadi.
Rossiyada qo‘llaniladigan kapital elementlari klassifikatsiyasi namunaviy hisoblanadi va o‘z ichiga asosiy binolar: otellar, barlar, restoranlar, klublar va boshqalarni oladi;
yordamchi binolar: garajlar, korxonalar, qozonxonalar va boshq;
inshootlar: arqonli-o‘tirgichlar, toqqa chiqiladigan osma yo‘llar, turistik poyezdlar to‘xtab turadigan joy, sport maydonchalari va boshq.;
uzatish qurilmalar: elektr tarmoq, turli o‘tkazgich quvurlar, trans missiyalar va boshq;
ishchi va kuch mashinalari, uskunalar: kuchlanish transformatorlari, elektrodvigatellar, generatorlar, kompressorli sovutgichlar, yuvish – quritish uskunalari va boshq.;
o‘lchov va rostlash priborlari, qurilmalar: tarozi apparatlari, kuchlanishni o‘lchagich datchiklar, suv iste’molini hisobga oluvchi hisoblagichlar va boshq.;
hisoblash texnikasi va ularga dasturlashtirish vositalari: kompyuter texnikalari, axborot tizimi, ma’lumotlarni ishlash tizimlari;
transport vositalari: yengil avtomobillar, yengil yuk avtotransportlari va boshq.;
asboblar;
ishlab chiqarish va xo‘jalik inventorlari, jihozlar: mebel, mehnatni muhofaza qilish va yong‘inga qarshi kurash buyumlari, vositalari; boshqa asosiy vositalar.
investitsion resurslarni harakterlash uchun ularning alohida guruhlari nisbati yoki kapital strukturasi katta ahamiyatga ega. Investitsion resurslarning bir qismi bevosita tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etadi, boshqasi – turistik faoliyatni yengillashtiradi yoki mumkin qiladi. Kapital tarkibi mehnatning texnik qurollanganlik darajasi va investitsion faoliyat samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
U bir qator omillarga – tarmoq xususiyati, texnologiya va xizmatlar ishlab chiqish hajmi, ishlab chiqarishni tashkil etish shakli, korxona joylashgan manzil va boshqalarga bog‘liqdir.
Kapital tarkibi darajasi ko‘p jihatdan tarmoq xususiyatlari bilan belgilanadi.
Otellar ma’lum vaqtda foydalanish uchun turarjoy beradi, shuning uchun mehmonxona xo‘jaligi kapital resurslari tarkibida bino solishtirma vazni katta – 70 % dan ko‘proq. Mebellar ulushiga 3-4 % ga yaqin to‘g‘ri keladi. Mehmonxona kapitali mebellar elementlari (elektr jihozlar, transport vositalari, yuvish-quritish va kompressor – sovutgich uskunalari, yo‘lakcha gilamlari va boshq.) solishtirma vazni sezilarli emas – 1% dan ko‘p emas.
Jahon tajribasida otellarda kapitalga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari xizmat muddati uzoq bo‘lgan boshqa tovarlar: chinnilar, oynalar, kumushlar, oshxona va to‘shak jihozlari, shuningdek xodimlarning maxsus formadagi kiyimlari ham kiritiladi. Turistik firmalar kapital tarkibi otellardan farq qiladi. Odatda ular o‘zlari ishlayotgan binolar va idoralar egalari hisoblanishmaydi. Tartibga ko‘ra, binolarga taaluqli investitsion resurslar bir qismi ularga ijara shartlari bilan taqdim etiladi. Shuning uchun turistik firmalarning xususiy kapitali mutloq ifodada katta emas, uning tarkibida esa hisoblash texnikasi va inventarlar ustunlik qiladi.
Chiqib ketayotgan kapitalni qoplash, uni ko‘paytirish va texnik
takomillashtirish (modernizatsiya) yirik kapital qo‘yilmalarni talab qiladi. Turizm va sayohatlar bo‘yicha Butunjahon sovetining baholariga qaraganda, 1996 yilda turizmda investitsiya 766 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Uning umumiy hajmining 70 % OESR mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |