5.5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish resurslarni talab qiladi. Ishlab chiqarish resurslarining asosiy kategoriyalari yoki ishlab chiqarish omillari mavjud: bular tabiiy va tarixiy – madaniy, insonlar, kapital omillardir.
Tabiiy va tarixiy – madaniy resurslar. Turistik takliflarning «poydevori» ni tabiiy mo‘l-ko‘llik tashkil qiladi. Turistlar ehtiyojini qondirishda ularning ahamiyatiga katta e’tibor beriladi. Rekratsion landshaftlar, yoqimli iqlim, suv ob’ektlari, ayniqsa iliq dengiz, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq bularning barchasi tashrif buyuruvchilarni jalb etadi va turistik harakatda muhim ta’sir etuvchi omil sanaladi. Zamon va makonda turistik harakatning tarkibini shakllantirib, unga ma’lum yo‘nalish beradi. Turistik ekspluatatsiya jarayonida ko‘pchilik tabiiy resurslar qashshoqlashadi. Ularning bir qismi qayta tiklanmaydi, boshqasi mustaqil ravishda yoki inson ishtirokida tiklanadi.
Tabiiy «kapital» turli nuqtai nazardan o‘rganiladi: geografik, biologik, geologik va boshqalar. Iqtisodchilar ishlab chiqarish jarayonida qo‘l keladigan juda ko‘p bunday tabiiy resurslar bilan ish ko‘radilar. Bular bita – «er» degan umumiy tushunchaga birlashgan. Yer ishlab chiqarish omili sifatida nafaqat sayyoramiz ustki qattiq qatlamini, balki turizm sohasi bino va inshootlar qurilishi uchun maydon o‘rmon va iqlim, suv resurslari va boyliklar manbalarini ham tashkil etadi. Yerning bu xususiyatlari turistik industriya korxonalarini joylashtirishda hisobga olinadi. Dam olishni tashkil etish tabiiy turistik resurslarni aniqlash va o‘rganishdan boshlanadi hamda ularni baholash bilan yakunlanadi. So‘ngra ulardan foydalanish tartiblari aniqlanadi va qo‘riqlash rejimi belgilanadi.
Tabiiy turistik resurslarni baholashning turli ko‘rinishdagi bir necha usullari mavjud: texnologik – u yoki bu tip rekratsion faoliyat uchun resurslarning funksional yaroqligi bo‘yicha, fizilogik – shinamlik darajasi bo‘yicha, psixologik – estetik sifatlarga bog‘liqligi. Bunda antropogen zo‘riqish va turli xil tabiiy sinovlarga bardoshlik hisobga olinadi.
Tabiiy turistik resurslarni baholashni nisbatan ko‘proq tarqalgani texnologik usul hisoblanadi. Uni tog‘-chang‘isi turizmini rivojlantirishda relefga baho berish misolida ko‘rib chiqamiz.
Jahon tajribasida tog‘ chang‘isi kurortini tashkil etish trassa qurish uchun joy relfini, uning o‘tkazish qobiliyatini o‘rganishdan boshlanadi. Shundan keyin kurort hajmi belgilanadi, ko‘targichlar loyihalashtiriladi, osma yo‘l quriladi, otelni joylashtirish uchun yer tanlanadi.
Tog‘ chang‘isining o‘ziga jalb etishi trassaning xilma-xilligi va cho‘zilganligiga bog‘liqdir. Bu omillar toq chang‘isi kompleksiga joy tanlashda yordam beradi. Trassalar uzoq va qisqa, oson va qiyin bo‘ladi. Rayonda hamma tipdagi trassalar bo‘lgani mahsul: o‘quv, sayyohlik va sport trassalari. Har qanday toq-chang‘isi kurorti o‘quv va turistik trassaga ega bo‘lishi kerak. Sport trassasining bo‘lishi esa yanada ko‘proq odamlarni jalb qiladi, chunki turistlar professional chang‘ichilar musabaqalarini tomosha qilib dam olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Rossiyada tezkor qiyalik eng yaxshi sport trassasi Dombay kurortida qurilgan.
U uzoq masofaga cho‘zilganligi va turli uchastkalariga mo‘’tadil nisbatdaligi bilan ajralib turadi. Chegetidagi tezkor tushish qiyaligi trassasi esa o‘ta murakkab kategoriyaga kiradi. Unda kichik qiyaliklardan iborat uchastkalari yo‘q.
Kurortlardan foydalanishda toq-chang‘isi mavsumining davomiyligi muhim ahamiyatga ega. Uni (tog‘ yonbag‘ri qiyaliklarida trassa tanlash, shimol manzarasi ko‘zga tashlanib turadigan qiyaliklarda qishda foydalanish orqali uzaytirish mumkin. Ya’ni qishda janubiy qiyaliklardagi trassadan, bahorda qor kechiroq eriydigan shimoliy qiyalikdagi trassalardan foydalaniladi. Harorat ta’sirida trassa, qor qoplami erib ketmasligi uchun uni bir tekis muzlashi, qor uzoq turishi choralari ko‘riladi. Bunda trassani qiyaliklardagi qalin o‘rmonzor – butazorlar orasidan o‘tkazish yaxshi samara beradi. Trassa qurilishida asosiy e’tibor chang‘ichilar xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi. Keskin burilishlarda to‘sqinlik qiladigan dov-daraxtlar kovlab tashlanadi, ko‘rinish ochiladi.
Tog‘ chang‘isi turizmi uchun relfni baholash – murakkab va mehnat talab ish.
Ammo u hali hududning rekratsion majmua ta’rifini (harakteristikasi)ni tuzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bir kichik bo‘lagi xolos.
Turizmni rivojlantirish uchun hududning jozibadorligini oshirish eng avvalo, uning tarixiy – madaniy potensialini bilishga qiziqishni kuchaytirishga bog‘liq. U tarixiy yodgorliklar, memorial ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylarni o‘z ichiga oladi. Tarixiy-madaniy meros barcha ijtimoiy-madaniy muhitni bor an’analari va urf-odatlari, maishiy turmush xususiyatlari bilan birga qamrab oladi. Deyarli barcha ziyoratgohlar turistlar uchun bilishga qiziqish uyg‘otadi.
Tarixiy – madaniy resurslarni turistik xizmatlar tizimiga qo‘shishning turli usullari mavjud. Eng ko‘p tarqalgan shakllari - muzeylar tashkil qilish va sayyohlikekskursiya yo‘nalishlari ochishdir.
Madaniy majmualarning attraktivligi ularni badiiy va tarixiy qimmatiga, moda va kirish qulayligiga bog‘qliqdir. Rekratsion resursshunoslikda turistik maqsadlarda madaniy komplekslarga baho berishning usullari ishlab chiqilgan. Turizm xo‘jalik tarmog‘i sifatida tarixiy-madaniy va tabiiy resurslardan foydalanishga qaratilgan mo‘ljallarda yorqin aks etgan. U ko‘pincha yangi hududlarni o‘zlashtirishda birinchilardan bo‘lib maydonga chiqadi. Xo‘jalik oborotiga ilgari qo‘l urilmagan tabiiy komplekslar jalb etiladi va ulardan intensiv foydalanishga kirishiladi. Tabiiy va madaniy potensiallardan uquvsizlik bilan foydalanish, antropogen normalarga amal qilmasdan zo‘riqtirish uni xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Yaqin o‘tmishda turistlarni nazoratsiz Kamchatkaning noyob issiq suv manbalariga tashrif byuurishi oqibatida harorat muvonzanati buzildi, fontan bo‘lib otilishlari izdan chiqdi va geyzerlar vodiysi turistik tashriflar uchun yopib qo‘yildi.
Gaaga turizm bo‘yicha dekloratsiyasida buzilmagan «tabiiy, madaniy va insoniy muhit» turizmni rivojlantirishning asosiy shartlari hisoblanishishi ta’kidlangan.
Dekloratsiyada (III pirinsipial) quyidagi tavsiyalar ifodasini topgan:
mamlakat ichkarisida ham, xorijga sayohat qilishda ham turistlarni ma’rifiy xabardorligini ta’minlash, ularni borgan joylarida tabiiy, madaniy va insoniy muhitni hurmat qilish va saqlashga o‘rgatish;
turistlar tashrif buyuradigan joyning o‘tkazish qobiliyati darajasini aniqlash va unga amal qilishni ta’minlash, hatto u yerga borish davri va mavsumi cheklangan bo‘lsa ham».