Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar xususiyatlari



Download 0,71 Mb.
bet76/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

5.7. Turistik industriya sektorlari bo‘yicha takliflar xususiyatlari


Oldingi tahlillar ko‘rsatadiki, turistik xizmatlar bozorida firmalar xulqining bosh xususiyatlari – mavjud quvvatlarni to‘liq yuklanishi darajasidagi takliflardir. Yuklanish foizli ko‘pchilik turistik korxonalar ishi muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Havo transportida yo‘lovchilar o‘rindiqlari bandligi hisoblab chiqiladi, mehmonxona xo‘jaligida nomer fondi yuklanish koeffitsiyenti mavjud. Tematik parklar va golf o‘yin maydonlari uchun tashrif byuuruvchilar sonlari ob’ektning maksimal o‘tkazish qobiliyati bilan taqqoslanadi. Turistik kompaniyalar 100 foizlik yuklanishga erishishga intiladilar. Shu bilan birga aviatashuvchilar takliflari turagentlarnikidan farq qiladi, turoperatorlar esa bozorda o‘zlarini otellardan boshqacharoq tutishadi. Turistik industriyaning uch yetakchi sektorlari bo‘yicha takliflar va chiqimlarni ko‘rib chiqamiz: transport, joylashtirish va turoperatorlik faoliyat.
Aviatashish. Yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarda umumiy chiqim harajatlarning to‘rt kategoriyasini o‘z ichiga oladi:
Birinchi guruhda – doimiy chiqimga – ma’muriy boshqaruv harajatlari, marketing va bronlashtirish harajatlari kiradi. Bular tashishga bevosita aloqador emas, lekin ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab turish uchun zarur.
Ikkinchi guruh harajatlar aniq aloqa yo‘lini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Bu harajatlar shartli doimiydir. Ularga samolyot amortizatsiyasi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, aeroportga xizmat ko‘rsatishlar kiradi.
Uchinchi guruh harajatlar ham shartli doimiy, uchishlar bajarilishi bilan bog‘liq. Ularning kattaligi aloqa yo‘llariga bog‘liq ravishda almashinadi va yo‘nalish nuqtai nazaridan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bu chiqimlarni doimiy deb qarash mumkin. Chunki ularning hajmini hal etish qarori bir yo‘la butun uchishga qabul qilinadi. Harajatlar tarkibiga kema ekipaji mehnatiga haq to‘lash qo‘shiladi, havo transportida eng yirik harajatlar statiyasi – yoqilg‘idir. Bu jahondagi ko‘pchilik avia kompaniyalarda barcha chiqimlarning uch qismini va boshqa harajatlarni tashkil qiladi.
To‘rtinchi guruh harajatlar – o‘zgaruvchan chiqim – yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha harajatlarini birlashtiradi. Bular ovqatlanish, qayd qilish (registratsiya), bagajlarni yuklash harajatlaridir. Ularning kattaligi nisbatan katta emas, umumiy chiqimning bor – yo‘g‘i 7 – 9 % ni tashkil qiladi. Bunday tarkibda doimiy chiqim salmog‘i ochiq-oydin ko‘rinib turgani sababli havo orqali tushuvchilar har bir uchishda avialaynerlar sig‘imi chegarasi darajasida o‘z xizmatlarini taklif qilishga intiladi.
Bozorga chiqarishni kengaytirish uchun aviakompaniyalar narx nufuzini tushirishga urinadilar. Ular mijozlarning turli guruhlari uchun turli narxlar belgilaydilar. Narx turli xilligi (diversifikatsiyasi) haridor daromadiga, iste’mol hajmi va xizmat kategoriyasiga bog‘liq holda uch asosiy shakl ko‘rinishini oladi.
Havo transportida tariflar tizimi amal qiladi. Tariflar to‘liq (bazaviy) va imtiyozli (maxsus) bo‘ladi. Bazaviy tariflar tashish barcha klasslari uchun belgilanadi: Birinchisiga (biletga F harfi belgisi qo‘yiladi), biznes – (S) va iqtisodiy (u) bilan belgilanadi. Ular shinamlik darajasini farqlaydi. Birinchi klass – eng qimmat, iqtisodiy – eng arzon. Bazaviy tariflar yil davomida uchishning «borish va qaytib kelishi»ni nazarda tutadi. Iqtisodiy klass uchun bazaviy tarif mamlakatda bo‘lish muddatga bog‘liq holda almashishi mumkin. Iqtisodiy klassga yillik to‘liq tarif ko‘p hollarda biznes – klass bileti bahosiga tenglashib qoladi. Ayrim aviakompaniyalar bazaviy tarifni yilning mavsumlariga bog‘liq holda ko‘rib chiqadilar: yoz va qishda uchish qimmat turadi.
Bazaviy tariflar bo‘yicha harid qilingan bilet zarur bo‘lganida hech qanday cheklovsiz almashtirilishi va qaytarib olinishi shart. Orqaga qayta uchish sanasini biletda o‘zgartirish, yoki biletni hatto uchish amalga oshgandan keyin ham qaytarib berish mumkin. Har qanday holatda ham bilet qiymati to‘liq qaytariladi.
Bazavaiy tariflardan turli chegirmalar hisobi yurtiladi. Bu biletlar narxini kamaytiradi. Maxsus tariflardan foydalangan yo‘lovchi iqtisodiy afzallik oladi, ba’zan sezilarli, lekin bunda ayrim cheklanishlarga duch keladi.
PEKS (REX) va APEKS (AREX) maxsus avia tariflari ayniqsa alohida mashhurlik kasb etdi. Ular normal bahoga qaraganda sezilarli chegirmalarni ko‘zda tutadi. Ularning joriy etilishi bilan bir vaqtda aviakompaniya arzon biletlarni sotib olish va qaytarib berish tartibini qat’iylashtirdi, shuningdek ularning amal qilish muddatini qisqartirdi. APEKS imtiyozli tarifi bo‘yicha sotiladigan o‘rin qayta bronlashtirilmaydi.
Bo‘sh o‘rin mavjudligida kerakli reysga bilet 24 soat ichida sotib olinishi zarur. Biletlarni sotish uchishdan ancha oldin (7 kunda 28 gacha, yo‘nalishga bog‘liq holda) to‘xtatiladi. Uchish sanasi (borish va qaytish) sotish paytida qayd etiladi. Bunda aviakompaniya xorijda bo‘lishning minimal va maksimal muddatlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, u bilet qaytarib berilganda jarima sanksiyasini ko‘zda tutadi.
PEKS va APEKS qatorida maxsus tariflarga turagantliklar bilan guruhlar, ekskursion, konfidensial va boshqalar ham qo‘llaniladi. Chegirma va imtiyozlar alohida aholi guruhlari uchun mavjud: bolalar, yoshlar, talabalar, pensionerlar, ularning talablari narx bo‘yicha egiluvchan. Bolalar uchun chegirma ikki yoshgacha 90 % (alohida joy berish huquqisiz va yukini bepul olib borish huquqi bilan), 2 yoshdan 12 yoshgacha 50 % gacha (o‘z o‘rni huquqi va yukini bepul olib ketish huquqi bilan), 12 yoshdan 26 yoshgacha, talablar va pensionerlar uchun 25 %. Ma’lum imtiyozlardan ko‘p bolali oilalar va nogironlar foydalanishdi. Masalan,
«Pulkovo» avikorxonasi ko‘p bolali onalar uchta va undan ortiq bolasi bo‘lsa, 50 % hajmda chegirma beradi. Xudi shunday chegirma 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarni kuzatib beruvchi shaxslarga ham belgilangan. Yana bir chegirmalar tizimi tez-tez uchuvchi to‘lovchilarga mo‘ljallangan. Maxsus rag‘batlantiruvchi «Ef-ef – Pi» (FFP) dasturlari AQShda 80-yillar boshida paydo bo‘ldi. Bu vaqtga kelib aviakompaniyalar ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmati ulushi bir qismi tez-tez uchuvchi ishbilarmon odamlar hissasiga to‘g‘ri kelishini angladilar.
«Ameriken Eyrlaynz» birinchilar qatorida o‘zining doimiy mijozlari uchun bonus tizimini joriy etdilar. Uning bilan deyarli bir vaqtda «Yunaytsd Eyrlaynz», «MayLidj Plas Program» rag‘batlantiruvchi dasturi haqida e’lon qildi. Bu dasturi darhol muvaffaqiyat bilan foydalanila boshladi va boshqa avikompaniyalar tomonidan ham qo‘llanila boshladi.
«Eso-Ef-Pi» tizimi mohiyati shundaki, yo‘lovchi u yoki bu aviakompaniya samolyotlarda uchish chog‘ida ochkolar to‘playdi (yo‘nalish va xizmat ko‘rsatish klassiga muvofiq) va ularning summasi bo‘yicha yuqori klass xizmatgami, yoki bepul biletgami chegirma huquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda yetakchi amerika aviakompaniyalari 10 % gacha yo‘lovchilarni bepul tashiydi («Delta Eyrlayn» 4%, «Yunayted Eyrlayn» 6 %). Ular 2,3 mln. amerika dollaridan («Kontinentli Etsrlaynz») 7,1 mln. dollargacha («Yunayted Eyrlayiz») hajmida bonus taqdim etishmoqda. Katta harajatlarga qaramay, «Ef-Ef-Pi» tashuvchilarga qulay. Bu maxsus dasturlar eng maqbul tarzdagi falsafasiga javob beradi: iste’molchilarni rag‘batlantirish firma o‘rnatilgan uzoq muddatli aloqalarda katta daromad keltiradi va har safar yangi haridorlarga tovar (xizmat)lar sotishga qaraganda, uncha qimmatga tushmaydi.
G‘arbda hamma joylarda tarqalgan rag‘batlantirish dasturlari Rossiyada hozircha kam ma’lum mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasida xususiy «Ef-Ef-Pi» allaqachon «Trans - aero» ga ega. Soddalashtirilgan, lekin to‘liq ishlayotgan «Oltin tumor» - («Zolotoy kulon») «Vunukovo havo yo‘llari» aviakompaniyasida qo‘llanilmoqda. «Ef-Ef-Pi» «Krass Eyr» kompaniyasiga kirishish imkoniyatlari qidiralayapti.
Narx tushirilishi tashuvchilarga ham, mijozlarga ham qulay. Avikompaniyalar uning yordamida samolyotni qo‘shimcha yuklashga va o‘z daromadlarini oshirishlari mumkin. Bir vaqtning o‘zida iste’molchilarning katta soni havo transporti xizmatidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Biroq ayrim mamlakatlarda narx tushirilishi raqobatiga to‘siq va monopol hukmronlikni kuchayishi deb qaralmoqda. Uning alohida namoyon bo‘lishi monopoliyaga qarshi qonunchilik ostiga tushadi.
Avia xizmatlar taklifida tub o‘zgarishlar havo transportida charter aloqalar tarqalishi bilan ro‘y berdi. Charter bu transport vositalari egalari (Fraxtovshik) bilan ijaraga yollovchi (Fraxtovitel) o‘rtasida tuzilgan shartnoma. U hatto transport vositasiga yoki uning ma’lum reys yoki muddat qisimiga tuzilishi mumkin. Aviacharter tashish samolyotlarni ijaraga olgan holda muntazam bo‘lmagan jadvalda bajariladi.
Charter aloqasi 1950-yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ochildi va ko‘psonli ta’tilchilarni shimoldan janubga quyoshli turistik markazlar Florida, Karib havzasi va O‘rta yer dengizi tomon otlanishlariga imkon yaratdi. Hozirgi paytda rejalashtirilmagan havo orqali tashish barcha xalqaro yo‘lovchi tashishning 17 % ni tashkil qiladi.
Aviakompaniyalarning Charter tashish hajmi amalda tashilgan yo‘lovchilar soni, safar uzoqligi – yo‘lovchi – kilometr bilan emas, uchishlar soni bilan o‘lchanadi. Rejalashtirilmagan reyslar yuklanish zarur hajmi (masalan, 90 % dan kam bo‘lmagan) ta’minlangan, daromad kafolatlangan holdagina e’lon qilinadi. Uchish mashina parkidan tejamli foydalanish va parvozlar qiymatini sezilarli kamaytirish imkonini bergan hollarda qoldirilishi yoki qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga bu charter dasturini muntazam reyslarga taqqoslanganda ishonchli emasligini bildiradi.
Charter takliflar parvozlar sonida aks etadi. Munzam reyslardan katta egiluvchanligi bilan farq qiladi. U bozor ehtiyojlariga oson moslashadi. Turistik talablar tebranishiga tez e’tibor qaratadi. Charter reyslar mavsum avjida tashkil qilinadi. Bu vaqtda muntazam aviakompaniya turistik oqimlarni uddalay olmay qolgan bo‘ladi. Ya’ni joylarda turistlarni tashish uchun havo qatnovi bo‘lmasligi yoki tashish qo‘nib o‘tishlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Buyukbritaniya masalan, dunyodagi eng yirik «Britaniya» charter aviakompaniyasi, tuoperator «Tomson» ga qarashli, o‘sishi rejalashtirilmagan havo tashishlari turistlar o‘rtasida juda mashhurligini ko‘rsatadi. 1991 yilda «Britaniya» iqtisodiy pasayish davrida 6 mln. yo‘lovchiga va 100 dam olish markazlariga xizmat ko‘rsatdi. Uning bilan yirik ko‘p maqsadli katta mashina parkiga ega bo‘lgan muntazam aviakompaniyalargina raqobatlasha olardi.
Charter parvozlarning barcha afzalliklarini muntazam aloqalarga qo‘shimcha deb qarash lozim.
Bozorda avia kompaniyalar xulqi vaqtinchalik ufqlarga bog‘liqdir. Qisqa va uzoq muddatli davrlar avikorxonalar ishi uchun har xil sharoit yaratadi. Taklif qilingan vaqt bo‘lagi uzunligi har qanday o‘zgartirishlarga sezgir, ishlab chiqarish chiqimi kattaligida aks etadi. Urushdan keyingi 50 yil davomida havo transportida taklif izchil kengaytirilib bordi. Yoqilg‘i narxini keskin oshishi ham, ko‘pgina mayda aviakompaniyalarning daromadi juda kamligi ham bunga to‘sqinlik qilaolmaydi. Tejamliroq va unumdorroq mashinalar paydo bo‘ldi, prinsipial boshqa yo‘nalishlar tizimlariga o‘tish amalga oshirildi, bular aviakompaniyalarga ishlab chiqarish masshtabidan sezilarli tejamga ega bo‘lishga imkon berdi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish