Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
Joylashtirish. Mehmonxona xo‘jaligi joylashtirish vositalarining favqulodda xilma-xilligi bilan harakterlanadi. Ular nafaqat maishiy qulayligi va xizmatlar to‘plami bilan, balki joylashgan o‘rni va mulkchilik tipi bilan ham farqlanadi. Yuqorida so‘z yuritilganidek albatta harajatlar tarkibi bilan ham ajralib turadi. Bozor sharoitida o‘zgarishlarga taklif bilan chiqish ana shunga bog‘liq.
Otellar va motellar aksariyat qismi mijozlarni vaqtincha yashashi uchun belgilangan nomerlar soniga qarab ularni taklif qilishi mumkin. Ular daromadni maksimallashtirish uchun nomer fondini to‘liq yuklanishi uchun intiladilar. Shu nuqtai nazardan bozorda joylashtirish korxonalari va aviakompaniyalar xulqlarida juda ko‘p umumiyliklar bor. Ammo havo transportidan farqli ravishda mehmonxona xo‘jaligida takliflar hajmini ikki holatga ko‘ra o‘lchash juda murakkab: Birinchisi statistik hisoblardan, ikkinchisi esa joylashtirish sektorida narx siyosati xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Otellar va ularga o‘xshash joylashtirish vositalari ish natijalari mavjud o‘rinlardan foydalanishga bog‘liq. Amalda mehmonxona korxonalari kam hollarda uzoq muddat davomida to‘liq yuklangan bo‘ladi. Talab kamligidan nomerlar bo‘sh qoladi, joriy remont tufayli oborotdan chiqib ketadi, xo‘jalik ehtiyojlariga ajratib beriladi. Ular shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga bepul foydalanish uchun berilishi mumkin. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda, mutaxassislar mehmonxona korxonalari faoliyatining ekspluatatsiya asosiy ko‘rsatkichlari natijalari sifatida yuklanish darajasini kiritdilar. Bu statistik hisobotda aks etadi va mehmonxona biznesi rivojlantirishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Shuning bilan birga yuklanish koeffitsiyentidan foydalanish olingan ma’lumotlarni o‘lchashda muammo tug‘diradi. Gap shundaki, yuklanish turli usullar bilan mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, bu mehmonxona xizmatlari takliflarini baholashda chalkashliklar keltirib chiqaradi. Odatda u sotilgan nomerlarni sotish uchun taklif etilgan nomerlar soniga nisbatan belgilaydi.
Yuklanish baholashda farq qilishdan tashqari, yana bir holat mavjudki, mehmonxona sektorida takliflar hajmini o‘lchashni qiyinlashtiradi. Nomerlar hamma mijozlarga bozor narxidan past holda, bu joylashtirish vositasiga hatto zarar keltirsa ham taqdim etilishi mumkin. Bunday narx siyosati turi mehmonxona xo‘jaligiga umumiy ovqatlanish xizmatlari va uning boshqa bo‘limlari tarkiblarida harajatlarni qoplash va nomavsumda naqd pul harakatini saqlab turish imkonini beradi.
Xullas, otellar egalari o‘zlarida barcha mavjud nomerlarda koyka – o‘rinlarni to‘liq band bo‘lishi va nomer fondi qiymatida aks etgan maksimal yuklanishdan manfaatdordirlar. Ishlab chiqarish imkoniyati darajasida ishlashga intilish mehmonxona korxonalari chiqimlari strukturasidan kelib chiqadi, bunda doimiy chiqim yuqori bo‘ladi. Ularning ulushi o‘rtacha 60 % ni tashkil qiladi.
Mehmondorchilik korxonalarida harajatlar haqida axborotlar va ularning munosabatlari hisobotlardan olingan va jahon bo‘yicha o‘rtachalashtirilgan. Chiqimlar tarkibi kattaligi joylashtirish vositalari tiplari mintaqalar bo‘yicha sezilarli farq qilayapti. U mehmonxona korxonalari umumiy chiqimlar hajmining 45 % ga yetadi.
Ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish uchun barcha joylashtirish vositalari o‘sha bitta masalani hal qiladi. U ham bo‘lsa servis darajasini pasaytirmasdan qanday qilib, mehnatni tejash. Agar qolgan mamlakatlar va mintaqalarda masalan, Janubiy Osiyo, Afrika, Markaziy Amerikada bu muammo unchalik o‘tkir bo‘lmasada, iqtisodiy rivojlangan G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika kabi ishchi kuchi qimmat mamlakatlarida birinchi rejada turibdi. Bu yerda mehnat mijozlarga xizmat ko‘rsatishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yo‘li bilan kapitalga almashtiriladi.
Keyingi 20 yilda mehmonxona xo‘jaligida professionalizm va mehnat unumdorligini hech narsa ommaviy kompyuterlashni oshirgani yo‘q. Kompyuterlar rejalashtirish, koordinatsiyalash, baholash va joylashtirish korxonalarida nazorat jarayonlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Rahbarni o‘z ichki hissiyotiga ishonib bozorni tahlil etishi, xayolida kelajakda qilinadigan ishlarni rejalashtirishi, tasodifiy ma’lumotlarga tayanib taraqqiyotning istiqbollarini ishlab chiqishi hollari o‘tmishda qolib ketdi. Bugungi kunda bularning o‘rniga ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashgan tizimi keldi. Mehmonxona ishlarida bular o‘rinlarni bronlashtirish, nomer fondini boshqarish, mijozlar bilan hisob-kitoblarni aniq va tez bajarishni osonlashtirdi, daromadlar, naqd pul harakati, mehnatga haq to‘lash, bandlik va boshqalar ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini berdi. Kompyuterlar eng yangi dasturlar yordamida murakkab operatsilarni bajarish imkonini beradi, qaysikim buni ilgari faqat odam bajarardi (masalan endi kompyuter ko‘z ochib yumguncha optimal ishlab chiqarish masalasini hal qiladi).
Kompyuterlar asta-sekin ishlab chiqarish jarayonlaridan insonni siqib chiqarayapti. Bu mehnatni kapital bilan almashinishi va doimiy harajatlar ulushi o‘sishini bildiradi. Mehmonxona korxonalari chiqimlari tarkibi yanada og‘irlashadi, undan kelib chiqadigan otellar xulqi xususiyatlari va bozordagi boshqa joylashtirish vositalari esa yorqin aksini topadi. Ular avvalgidan kuchli, nomer fondi to‘liq yuklanishi darajasida mehmonxona xizmatlari takliflaridan manfaatdor, bu narx siyosatida o‘z aksini topadi.