Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor



Download 0,71 Mb.
bet79/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Turoperatorlik sektori. Operatorlik sektorida takliflar xususiyatlarini havo transportidan foydalanib turistik safarlar tashkil etuvchi firma misolida ko‘rib chiqamiz. Ular Yevropada 1950-yillar boshida paydo bo‘lgandi. Bu davrda ko‘pchilik aviakompaniyalar mashina parklarini urushdan qolgan uchuvchi texnika hisobiga kengaytirib, o‘tkaziladigan o‘rindiqlarni to‘ldiraolmaslik muammosiga duch kelishgandi. Yangi sharoitda turoperatorlar aviatashish bozoriga ulgurjichilar sifatida chiqishdi. To‘lmay qolgan o‘rinlarni butun bloklari bilan chegirma asosida sotib oldilar. Ularning narxi e’lon qilingan aviatariflardan ancha past edi va aviakompaniyalar chiqimlari o‘zgarishida past darajagacha tushishi mumkin edi, qaysikim umumiy hajmda ma’lumki, chiqim kam. Har bir aniq vaziyatda so‘nggi qat’iy narx turoperatorni avikompaniya vakili bilan savdolashgan muzokarasidan keyin e’lon qilinardi. Sotish bozorini saqalsh maqsadida qaysikim aviabilet to‘liq narxda realizatsiya qilinadi, aviakompaniya o‘rinlarni vositachilarga qayta sotish shartini qo‘yaboshladi. O‘sha shartlardan ayrimlari hozirgi kungacha ham amal qilayapti. Muhimi shundaki, aviatashish xizmatlar paketiga qo‘shilgan bo‘lishi kerak va uning ajralmas qismi sifatida joylashtirish, ovqatlanish, sayr-tomosha va boshqalar bilan birga sotilishi lozim. Bu turoperatorlarni pekidj-turlar tashkil qilish bilan shug‘ullanishga majbur qildi. Ularni amalga oshirishning barcha tijoriy qaltisliklarini turoperatorlar o‘z zimmalariga oldilar.
Xizmatlar paketini shakllantirishda turoperatorlar joylashtirish korxonasi bilan tijoriy aloqalarni yo‘lga qo‘yadilar. Ular bilan ishlash tashuvchilar bilan ishlash singari shartnoma prinsiplariga quriladi. Shartnomaning bir necha tiplari mavjud:  30-80 % kafolat bilan to‘ldiriladigan o‘rinlar kvotasi haqida shartnoma. Bunga ko‘ra firma oteldan ma’lum o‘ringa kvota oladi. Kelishilgan muddatda ularning ajratilgan soniga to‘ldirilganidan qat’iy nazar 30 % dan 80 % gacha to‘lash majburiyatini oladi. Qolgan kvotalar bo‘sh qolgan hollarda bekor qilinishi mumkin. O‘z navbatida otel firma uchun turistlarni joylashtirishga imtiyozli narxlar belgilaydi;

  • o‘rin kvotalari kafolatsiz to‘ldirilgani haqida shartnoma, yuqorida ko‘rib chiqilganidan farqli ravishda bu shartnoma otel va turistik firma o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yumshoqroq shaklda mutahkamlaydi. U uni taqdim etilgan o‘rinlarni to‘ldirish majburiyatidan ozod etadi deb, zarurat tug‘ilsa ularni bekor qiladi, lekin otel bilan odatdagi tariflarda hisob-kitob qiladi;

  • o‘rinni to‘liq to‘lagan holda qat’iy ajratilgan o‘rinlar kvotasi uchun otelga to‘liq to‘lovni kafolatlaydi, hatto ulardan foydalanilmasa ham, joylashtirishning narxini pasaytirish uchun savdolashadi.

Tomonlar narxlarni muhokama qilish va kelishuv chog‘ida shuningdek mavsumiylik omillarini (mavsumiy va nomavsumiy narxlar o‘rtasidagi farq 20-25 % ga yetadi), otel yuklanish darajasi, operatsiyalar umumiy hajmi, aloqalar harakteri (bir martali yoki uzoq muddatli hamkorlik) va boshqalarni ham hisobga oladilar.
Amalda turistik xizmatlarni amalga oshirish, ayniqsa pekidj turlarni, turistik firmalar o‘rtasidagi shartnomalarni istiqbolli ko‘rinish olish ahamiyatiga ega. Qaysikim, tashabbuskorlik (yo‘naltiruvchi) va resiptivli (qabul qiluvchi) ga bo‘linadi. Qabul qiluvchi mamlakatlarning turoperator bilan hamkorligi ko‘pincha turistik korxonalar bilan bevosita aloqalarga qaraganda qulayroq bo‘lib chiqadi. Ichki bozorda ishlash tajribasiga ega jiddiy mahalliy firma o‘z mamlakatida turstik xizmat ko‘rsatish kompleksiga juda jalb etuvchi narxlar taklif etishi mumkin, shuningdek vizaviy qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlaydi. Pekidj-turni uzil-kesil rasmiylashtirishda jo‘natuvchi turtashkilotchiga faqat u sotib olgan xalqaro tashish xizmatlarini to‘ldirishgina qoladi. Shartnoma teroperator ishini sezilarli soddalashtiradi va uni daromadliroq qiladi.
Muntazam reyslarga o‘rinlar blokini sotib olishni boshlar ekan, turoperator asta-sekin xususiy charter dasturini amalga oshirish uchun butun samolyotlarni ijaraga olishga o‘tdi. Transport vositalarini ijaraga olish haqida shartnoma tuzar ekan, ulgurjichilar aviakompaniyalardan xalqaro tashishlarga sezilarli chegirma olishga intiladilar. Aviatarifni kamaytirish, ba’zan safar qiymatining 2/3 yetadi, ularga raqobatbardosh narxga ega bo‘lish imkonini beradi.
Shunga qaramay, aviacharter operatsiyalari yuqori darajada qaltislikka ham ega. Har bir turistik firma, hamma vaqt ham samolyotni to‘liq yo‘lovchi bilan ta’minlay olmaydi, bu esa uning uchun moliyaviy yo‘qotish demakdir. Buning uchun keng va barqaror bozor zarur, qaysikim bunga yirik ulgurjichilargina egadir. Ammo biroq kichik va o‘rta turoperatorlar ham ma’lum shartlar bilan aviacharterlardan foydalanishi mumkin. Ijaraga olingan samolyotning egasi tez-tez mavjud o‘rinlarning bir qismini pudrat shartnomasi asosida boshqa turistik firmalarga beradi. Bunda tashish bahosi oshsada, baribir pudratga oluvchi uchun foydalidir.
Muvaffaqiyatli charter dasturlari juda ko‘p turoperatorlarga, ayniqsa Buyukbritaniya, Skandinaviya mamlakatlari va Germaniyada samolyotlar sotib olish va dasturlarni xususiy aviatransportlarda davom ettirish imkonini berdi. Yirik turopeatorlar shuningdek avtobuslariga ham ega bo‘lishdi, ular sayr-tomosha ob’ektlari, ba’zan joylashtirish vositalariga ham egalik qilishadi.
Turistik xizmatlar paketiga narxlar kalkulyatsiyasi masalasi alohida ko‘rib chiqishga loyiq. Amalda turoperatorlar narx shakllanishining uch usulidan foydalanishadi: chiqim mo‘ljali bilan, talabga va raqobatga qarab. Birinchi usul bo‘yicha narx to‘liq summa sifatida hisoblanadi, turistik mahsulot ishlab chiqarish chiqimli va daromad chiqimdan ziyod foiz sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi usul narxni belgilash va talabni baholash va o‘rganishga asoslangan. Bu konkret maqsadli bozor uchun ma’quldir. Narxlarni mo‘ljal bilan kalkulyatsiyalashda raqobatga kirish o‘xshash turlarga narx darajasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv juda jalb qiluvchi va o‘sha turoperatorlar uchun qulaydir. Chunki ular o‘z xususiy marketing tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniga ega emaslar. Har uchala usul ham oqilona qo‘llanganda raqobatga dosh beradigan narx belgilashga yordam beradi, iste’mol talablarini rag‘batlantiradi va sayohat tashkilotchisiga daromadni ta’minlaydi.
Turistik mahsulotga narx belgilash bir qator qiyinchiliklar bilan kechadi, bu noaniqlik omillaridan kelib chiqadi va iste’molchiga ma’lum qilinadi, qaysikim uning hamma jihatlari ham ma’lum emas. Shuning uchun turoperator taxminiy baholashlarga tayanadi. U oldindan turistlar tashish va joylashish vositalariga yuklanish foizini hisoblab chiqishi, valyuta kursini aniqlashi lozim. Valyuta kursi xorijiy sheriklar bilan hisob-kitob qilishda e’lon qilinadi va bozordagi narx bilan muvofiqlashtiriladi. Yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bevosita firma moliyaviy ko‘rsatkichlarida aks etadi. Zararga yo‘l qo‘ymaslik uchun turoperator boriladigan mamlakat pul birligida narx belgilashi mumkin, qonunchilikda ruxsat berilgan bo‘lsa, muddatga valyuta sotib oladi, yoki boshlanishda sotish narxi uzil-kesil emasligini ko‘rsatadi. Yuklanish koeffitsiyentini aniqlash bilan bog‘liq qaltisliklar qisman narx ustiga qo‘yiladi.
Avia uchishlar bilan safarlarga ixtisoslashgan bir klassik operator xo‘jalik faoliyati natijalarini ko‘rib chiqamiz. Aviatashish va joylashtirish harajatlarning asosiy statiyasi hisoblanadi. Chiqimning xuddi shu turi turoperator taklifini aniqlaydi.
Turoperator pekiej turni iste’molchi uchun maqbul keladigan narx belgilabgina amalga oshirishi mumkin. Agar turistik xizmatlarni butun paketini sotib olish uning tarkibiga kiruvchi alohida xizmatlarni sotib olishdan ma’qulroq bo‘lsa, oldi-sotdi dalolatnomasi tuziladi. Amalda yutuq 15-40 % ga yetadi, ba’zan esa undanda ko‘proq bo‘ladi.
Pekidj – tur raqobatbardoshligi yetkazib boruvchilar taqdim etadigan xizmatlarga ulgurji chegirmalar tufayli ta’minlanadi. Ammo vaqti-vaqti bilan, ayniqsa nomavsumda aviakompaniyalar va joylashtirish vositalari belvosita kanallardan foydalanish rad etishadi. O‘z xizmatlarini to‘liq narxda bevosita iste’molchilarga sotishni ma’qul ko‘rishadi. Tegishli ravishda bozorda turoperator xulqi o‘zgaradi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish