Kitob - bilimlar xazinasi
Reja:
1. Kitob-kelajak yo`lboshchisi.
2. Kitob-inson ruhining tarbiyachisi.
3. Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.
Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo`lboshchisi. Kitobni ma'naviy xazina, haqiqiy boylik, dedik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og`ir betob bo`lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar to`la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo`lga kiritishni afzal ko`rgan edi.
Buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin duelda yaralanib, vafot etar chog`ida, unga “Do`stlaringiz bilan vidolashing”, deyishadi. Pushkin xonaning burchagidagi kitob javoniga termulib, “Xayr, mening do`stlarim!”, deya jon bergan ekan.
Kitob – bilim manbai, ilm shamchirog`i, ma'naviyat sarchashmasi. Kitobni quyoshga qiyoslash o`rinlidir: quyosh insonning jisman ulg`ayishi uchun qanchalik muhim o`rin tutsa, kitob ma'nan barkamollik uchun ham shunday ahamiyatga ega. O`qish davomida kitobni mutolaa qilish jarayonining o`zidayoq insonning ongi va dunyoqarashi shakllana boradi. Kitobning o`zi bir olam. Uni takror va takror o`qish davomida yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan odam undan o`zgacha taassurotlar oladi. Aytishlaricha, Forobiy Arastuning “Jon haqida” deb nomlangan asariga o`z qo`li bilan: “Men bu asarni 200 marta o`qidim”, — deb yozib qo`ygan ekan.
Kitobdan shunchaki ermak, zerikishda qo`l keladigan bir vosita sifatida foydalanish yaramaydi.
Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, shaxsni shakllantiradi. Kitob odamdan mutolaada nafaqat ko`z va aql, shuningdek, ko`ngil ham birdek ishtirok etishini talab qiladi. Kitob o`qishdan maqsad aql-tafakkur bilan uni mantiqiy muhokama etishgina emas, balki chin yurakdan zavqlanish, ta'sirlanish, o`zlikni, haqiqatni izlab topish hamdir.
Faylasuf Yan Mindan do`sti so`radi:
— Kitob o`qigandan so`ng hech narsa yodda qolmasa nima qilmoq kerak?
Van Yan Min dedi:
— Uni tushunmoq kerak, yodlash shart emas. Tushunmoq zaruriyati ham ikkinchi darajali narsa. Eng avvalo, kitobning asosiy mohiyatini anglamoq joiz.
Kitoblarga ularni yozgan shaxslar o`z ruhiyati, tafakkuri, jismu jonini baxshida etadilar. Olamda neki alloma, donishmand, avliyolar, faylasuflar yetishib chiqqan bo`lsa, ularning barchasi kitoblar tufaylidir.
Kitob — insoniyat qahramoni, ustozlar ustozi.
Ilm-fan misli ko`rilmagan darajada rivoj topdi. Cheksiz bilimlar mohiyati, asriy sir-sinoatlar tilsimi hozirgi davrga kelib bashariyatga oshkor bo`lmoqda. Qadimda kitoblarni xattotlar ming bir mashaqqat bilan ko`chirishgan bo`lsa, bugungi kunda texnika yutuqlari tufayli ular millionlab nusxalarda chiqarilib, butun dunyo bo`ylab tarqatilmoqda. Biroq tezkor zamonning tezkor sur'atlarida hayot kechirayotgan odamzod shunchalik shoshadigan, betoqat bo`lib qoldi-ki, uning bir muddat xotirjam tin olishga imkoniyati yo`q, eng qayg`ulisi, bunga uning xohishi yo`q. Vaqt ayni zamonda oltindan ham yuqori qiymatga ega bo`ldi. Insonning ongi fikrlar, ma'lumotlarga to`la, ammo u fikrlashga layoqatsiz bo`lib bormoqda. Uning diqqati bir joyda jam emas, shoshganidan shoshadi-ki, kitoblar turfa xil va son jihatdan ko`p bo`lgani bilan uni mutolaa qilishga, teran fikrlashga fursati yo`q. Kitobning o`zini emas, uning syujeti, mohiyati to`g`risidagi qisqagina annotatsiya-ma'lumotlarni o`qish, aniqrog`i, ko`z yugurtirish afzal bo`lib qoldi. Kitobning hayotdagi o`rnini axborot deb atalgan hissiz va ruhsiz ashyo egallab oldi, natijada odamzod tinimsiz axborot qabul qilishga moslashib qoldi. Axborot oqimi shu qadar shiddatli-ki, uni qayta ishlashga, fikr yuritishga ulgurib bo`lmaydi. Dunyo kitobdan uzoqlasha boshladi, vaholanki, dunyoni shu yuksak taraqqiyot pog`onalariga olib chiqqan bilimlar manbai o`sha — kitob edi. Axborotlashuv omili global dunyo uchun birlamchi vazifaga, axborotga egalik hukmronlik belgisiga aylandi. Inson axborotga ega bo`lish ishtiyoqi tufayli kitobdan uzoqlashishi bilan birga tabiatdan, hayotning go`zalligidan, o`zligidan uzoqlasha boshladi. Moddiy, nafsoniy ehtiyojlar beqiyos darajada ortib ketishi, qalb va ruhning ma'naviy ehtiyojlari qondirilishiga to`siq bo`ldi. Bu borada ma'rifat fidoiylaridan birining kuyunchaklik bilan aytgan gapi bor: “Bilim deb hikmatdan, axborot deb ma'rifatdan ayrildik!..”.
Texnikaviy taraqqiyotning eng yuksak cho`qqisiga chiqqan odamzod ko`rdi-ki, uning ortida ma'naviy qadriyatlar, ruhiy xotirjamlik va qalb istaklarining boy berilishi oqibatida vujudga kelgan tubsiz jarlik mavjud ekan. Dunyodagi, ayniqsa, g`arb olamidagi taraqqiy etgan mamlakatlar jamiyatlarining ijtimoiy-ma'naviy hayotida sodir bo`layotgan “ommaviy madaniyat” niqobidagi axloqsizlik, vatanfurushlik, sotqinlik, jinoyatchilik, narkotrafika, korrupsiya kabi illatlarning keng urchishi, bu — ruhiy-ma'naviy inqirozning belgilaridir. Moddiy quyosh bilan birga ma'naviy quyosh hisoblanmish kitob ham bo`lmas ekan, dunyo zulmatga aylanadi.
Zamonamiz analiz-sintez — mushohada zamoni. U bizdan shiddat bilan kechayotgan lahzalarda oxir-oqibatda qayerga borishi va nimaga erishishini bilmagan holda tinmay shoshishni emas, balki insoniyat o`tmishi, sirlari va yutuqlarini chuqur o`rganish, teran fikrlash asosida o`zlikni anglash hamda kelajak tomon mas'uliyat bilan qadam tashlashni talab qilmoqda. Biz ruhiyatimiz, qalbimiz, ya'ni o`z olamimiz va tabiat bilan qayta til topishmoqchi ekanmiz, kitoblar mutolaasiga qaytishimiz zarur.
Shunisi ham borki, kitoblarning barchasi ham o`qib-o`rganilishi muhim bo`lgan bilimlar manbai sirasiga kirmaydi. Ular orasida ma'nisiz, maqsadsiz va yovuz g`oya-mafkuralarni targ`ib etadiganlari ham uchraydi. Inson asl kitoblar, durdona asarlarning keraklilarini tanlay olishi, uni aqli va qalbi bilan idrok etib, zavqlanib, ta'sirlanib hamda qiziqib o`qishi darkor. Kitobni shunchaki o`qib qo`yish bilangina ruhning, qalbning pok bo`lishiga erishib bo`lmaydi. Har bir kitobxon kitobdagi bilimlarni ongiga jo qilib, uni hayotiy faoliyatida munosib qo`llay olsagina, bu chinakam muvaffaqiyatdir.
Darhaqiqat kitob o`qimagan insonning ma`naviyati bo`lmaydi. Dunyoqarashi past bo`ladi, olam sirlarini bilmoq istasak ko`p kitob o`qimoq kerak. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”.
Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.
Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Kitob insonni komillikka etaklaydi. Hayot qoidalari yashash san`atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma`naviy quvvat demakdir.
Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir.
Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi. E`tibor bergan bo`lsak, so`nggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib ketib, ko`p kitob o`qimay qo`ygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishidakitob mutolaasining o`rni beqiyosligini anglagan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu hujjatda aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga etgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e`tibor berish, ularni chop etish sifatini yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan to`ldirilgan kitob do`konlarini ko`paytirish, kitoblar fondini yanada boyitish ko`zda tutilgan.
Mamlakatimizda ko`p kitob o`qishni targ`ib qilish maqsadida keng ko`lamli ma`naviy islohotlar, tadbir, tushuntirish ishlari, shoirlar bilan uchrashuvlar natijasida bolalarning kitobga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Barcha ta`lim maskanlarida, jumladan bizning 15-o`rta umumta`lim maktabida ham o`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tobora yuksaltirish maqsadida sayyor o`quv-seminarlar, o`quvchilarning fikr-mulohazalari, talab ehtiyojlari asosida badiiy adabiyotlar kutubxonalarga keltirilmoqda.
Va nihoyat Prezident Sh.Mirziyoevning mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an`analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma`naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo`lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 5 tashabbus yo`nalishi asnosida kitobga mehr-muhabbat kuchaytirildi. Natijalar samarasi o`laroq bolalar o`rtasida turli tadbirlar kitobxonlik kechalarida bellashuvlar o`tkazilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ko`p kitob o`qigan kitobxon turli nominasiyalarda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilmoqda, jumladan qimmatbaho buyumlar, hatto, mashinalar sovg`a qilinmoqda. Bu orqali bolalarning, kitobga oshno qalblarning ming yashirin qirralari ochilmoqda, o`zlarini namoyon etishmoqda. Shu islohotlar samarasi asnosida bizning maktabimizda ham nafaqat o`quvchilar, balki ularning ota-onalari ham kitob inson uchun eng yaqin do`stligini tushunishmoqda va farzandlari bilan birga mutolaa qilishmoqda.
Ta`lim muassasalarida bu jarayon o`quvchilarning bilim darajasini oshirishga, aql-zakovatini kuchaytirishga yordam bermoqda. Shuning uchun ham yoshlarni har tomonlama fikrlaydigan, ma`nan etuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash biz o`qituvchilarning asosiy vazifamizdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta tashabbusining 4- tashabbusi, yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’nalltirilgan tadbirlari doirasida 2019 yil 19 aprel kuni Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika kafedrasi professor-o`qituvchilari Buxoro shahar 12- maktabda
Do'stlaringiz bilan baham: |