“Kitob - ilm xazinasi” mavzusida tadbir tashkil qilib o’tkazdilar.
Tadbir davomida dotsent T.Rasulov va katta o’qituvchi A.Rashidovlar so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidlab o’tdilar. Sakkinchi mo’jiza sifatida e’tirof etiladigan kitob inson qalbining chinakam hamrohi, aql va fikr qayrog’i ekanligini e’tirof qilindi. Kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, bu boradagi ko’nikmalarni yanada kamol toptirish, “Oilaviy kitobxonlik”, “Bir farzandga bir kitob” kabi ezgu tushunchalarni keng targ’ib qilish jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tildi. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalashi, uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki berishi, kitob mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi kabi masalalarga alohida urg’u berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |