xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog‘liq. “Sug‘urta xo‘jaligi” sug‘urta
606
sug‘urtalovchilar uchun majburiydir. Biznes sohasi uchun sug‘urta
xizmatlari ko‘rsatishning standartlari standart tushunchalar va
sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standart shartlaridan iboratdir.
Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning standartlari, agar qonun
hujjatlarida yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, biznes sohasi uchun sug‘urta
xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi.
Sug‘urta
shartnomasi
tuzilayotganda
sug‘urtalovchi
iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug‘urtalash shartnomasini
tuzmoqchi bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga)
quyidagilar haqida haqqoniy va to‘liq axborotni taqdim etishi shart:
a) sug‘urtalovchi haqida (oshkora axborotni);
b) sug‘urtalovchi nomidan va topshirig‘iga binoan faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta vositachilari (sug‘urta agentlari) haqida
(agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo‘lgan
taqdirda);
d) sug‘urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug‘urta mukofoti),
qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik
omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;
e) sug‘urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va
kamchiliklari haqida;
f) sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchining majburiyatlari
haqida;
g) sug‘urta mukofotlari (badallari) va mablag‘larning
kutilayotgan qaytarilishi haqida (qo‘llanilishi mumkin bo‘lganda);
h) sug‘urta da’volarini hal etish tartibi va sug‘urta
shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Sug‘urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim
shartlar
(pozitsiyalar)
bo‘yicha
aniq
va
ravshan,
yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki
tegishli elektron tashuvchilarda bo‘lishi shart.
2009-yilning 7-aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi moliya
vazirligining buyrug‘iga asosan “Aktuar xizmatlarni ko‘rsatish
tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan va bu hujjat 2009-yilning 26-
iyunida Adliya vazirligida 1975-son bilan ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq sug‘urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya
yili yakunlangandan so‘ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar
tashkilotining kuzatuvidan o‘tishlari shart. Aktuar kuzatuvi
595
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
29-
sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek,
ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-
5197-son Farmoniga asosan sug‘urta faoliyati turlariga qarab,
sug‘urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab
belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: