Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

 

 

 

 

 


586 

•  Davlatning  qanday  qarziy  instrumentlari  kuponlarga  ega 

emas? 

•  Daromadlarni  aniqlash  metodiga  ko‘ra  davlat  krediti  qarz 



majburiyatlarining qanday turlaridan iborat? 

•  Qarz  chiqarilgan  paytda  belgilangan  qarzni  qaytarish 

muddatlariga 

qat’iy 


rioya 

qilish 


bo‘yicha 

qarzdorning 

majburiyatlariga  muvofiq  davlat  krediti  qarziy  majburiyatlarning 

qanday ko‘rinishlaridan tarkib topadi? 

•  Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo‘lishi mumkin? 

•  Keng  va  tor  ma’noda  davlat  kreditini  boshqarish  deb 

nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi? 

•  Davlat  kreditini  boshqarish  jarayonida  qanday  vazifalarni 

yechish ko‘zda tutiladi? 

•  Davlat  kreditini  boshqarish  qanday  organlar  tomonidan 

amalga oshirilishi mumkin? 

•  Uni  tezkor  boshqarish  kimning  rahbarligi  va  hamkorligida 

ta’minlanadi? 

•  Davlat  tomonidan  qanday  faoliyat  amalga  oshirilishi 

natijasida davlat qarzi vujudga keladi? 

•  Davlat qarzi deb nimaga aytiladi? 

•  Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga 

bo‘linadi? 

•  Davlatning ichki va tashqi qarzlari deb nimalarga aytiladi va 

ular nimalari bilan farqlanadi? 

•  Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi 

mablag‘larni  (qarzlarni)  jalb  qilish  qanday  maqsadlar  uchun 

amalga oshirilishi mumkin? 

•  Davlat  tomonidan  ichki  va  tashqi  qarz  mablag‘larini  jalb 

qilishda  qarziy  majburiyatlarning  qanday  turlaridan  foydalanish 

mumkin va ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi? 

•  Amaliyotda  qarz  mablag‘larini  jalb  qilish,  asosan,  qanday 

yo‘llar bilan amalga oshiriladi? 

•  Davlatning  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  qanday  vazifalarni 

bajarishga imkon beradi? 

•  Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi? 

•  Nimalar  bo‘yicha  qarzlari  bo‘lgan  subyektlarga  kafolatlar 

(kafillik) berilmaydi? 

•  Jismoniy  shaxslarning  majburiyatlari  bo‘yicha  O‘zbekiston 

Respublikasining kafolatlari beriladimi? 

583 


•  maqsadli xorijiy qarzga olishlar:  

 (qarzlar) bo‘yicha: 

 a) yakuniy oluvchi; 

 b) qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo‘nalishi; 

 d) qarzga olish manbasi; 

 e) qazga olish summasi; 

 f) qarzni qaytarish muddatlari; 

 j) mablag‘larni byudjetga qaytarish bo‘yicha uchinchi shaxsning 

kafolati;  

  yo) 


navbatdagi 

moliyaviy 

yil 

boshlangunga 



qadar 

foydalanilgan mablag‘lar hajmining baholanishi; 

g)  navbatdagi  moliyaviy  yilda  mablag‘larning  foydalanish 

hajmi prognozi (bashorati). 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

nomidan 

davlat 


qimmatli 

qog‘ozlarining  yagona  emitenti  bo‘lib,  Moliya  vazirligi  hisoblanadi 

va  u  O‘zbekiston  hukumati  tomonidan  aniqlangan  chegaralarda 

ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi. 

Davlat 

byudjeti 

va 

byudjetdan 



tashqari 

davlat 


jamg‘armalarning mablag‘larini maqsadli va barqaror sarflanishini 

ta’minlash,  byudjetdan  moliyalashtirilayotgan  tashkilotlarning 

qarzlarini  kamaytirish  maqsadida  ijroiya  hokimiyat  organlariga 

davlatning  qimmatli  qog‘ozlarini  chiqarish,  kreditlar  va  qarzlar 

olish yo‘li bilan qarz mablag‘larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat 

tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat 

davlatning byudjetdan tashqari jamg‘arlariga ham tegishlidir. 

Davlatning  ichki  qarzlariga  xizmat  qilish  bo‘yicha  bosh  vakil 

funksiyasini  mamlakatning  Markaziy  banki  bajaradi.  Har  bir 

obligatsiyani  muomalaga  chiqarish  emissiyasida  barcha  yagona 

va  jamlanma  sertifikatlar  Moliya  vazirligi  tomonidan  saqlash  va 

hisobga  olish  uchun  depozitariyga  berilishi  kerak.  Depozitariy 

funksiyasini  Markaziy  bank  yoki  u  tomonidan  vakolati  belgilangan 

boshqa  tashkilot  bajarishi  mumkin.  Markaziy  bank  Moliya 

vazirligining  topshirig‘iga  ko‘ra  va  respublika  byudjetining 

mablag‘lari 

hisobidan 

obligatsiyalarning 

egalariga 

bu 


obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to‘lovlarni amalga oshiradi. 

Davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya 

vazirligi  va  Markaziy  bank  bilan  hamkorlikdagi  eng  muhim  va 

mas’uliyatli  funksiyalaridan  biridir.  Hozirgi  amaliyotda  davlat 

qimmatli  qog‘ozlarini  tartibga  solish  choralarini  shartli  ravishda 

quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 




584 

•  “olovli”  choralar  –  qayta  moliyalashtirish  va  lombard 

stavkalarini  oshirish  (ko‘tarish),  qimmatli  qog‘ozlar  va  valyuta 

bozorlarida  Markaziy  bankning  intervensiyasi.  Biroq  bunday 

choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi; 

•  xorijiy  qarzga  olish.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga  ta’sir 

ko‘rsatish  uchun  qarz  olishning  o‘zi  emas,  balki  kreditlarning 

olinishi  to‘g‘risida  ishonch  bo‘lishining  o‘zi  yetarlidir.  Yuqoridagi 

choralar  singari  bu  guruhga  kiruvchi  choralar  ham,  ma’lum 

darajada  va  ma’noda,  tanazzulni  orqaga  suruvchi  va  uning 

ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi; 

•  davlat  qimmatli  qog‘ozlar  milliy  bozori  nobarqarorligining 

oldini  olishga  samarali  va  uzoq  muddatli  ta’sir  ko‘rsatishga  uzoq 

muddatli  monitar  choralarga  moliyaviy  bozorning  chegarasidan 

chetga  chiquvchi  choralar  (xususan,  soliq  tizimi  va  soliqlarning 

undirilishini  tartibga  solish,  byudjet  defitsitini  qisqartirish,  iqtisodi-

yotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina, erishish mumkin.  

Davlat  qarzlarini  boshqarish  mamlakatning  iqtisodiy  o‘sish 

sur’atlari  va  sifatiga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  O‘zbekiston 

Respublikasi  byudjet  siyosatining  muhim  qismi  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  hozirgi  sharoitda  davlat  qarzlarini 

boshqarishda  aniq  bir  konsepsiyaga  ega  bo‘lish  alohida  ahamiyat 

kasb  etadi.  Bu  konsepsiyada  davlat  qarzlarini  boshqarish  hamda 

pul-kredit  siyosati  va  valyuta  siyosati  o‘rtasidagi  aloqalarni  davlat 

qarzlarining  davlat  moliya  tizimidagi  o‘rnini,  tashqi  va  ichki  davlat 

qarzlarining  bir-birlari  bilan  bog‘liqligini  aniqlash  juda  muhimdir. 

Davlat  qarzlarini  boshqarish  konsepsiyasini  ishlab  chiqishda  eski 

majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi 

yyetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga 

olinmog‘i  kerak.  Shuningdek,  davlat  qarzlarini  tartibga  solishning 

yagona  konsepsiyasi  ishlab  chiqilayotgan  paytda  bu  qarzlar 

hajmining  asoslanmagan  tarzda  oshirilib  yuborilishi  iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirish  yo‘lida  ta’sirchan  to‘siq  bo‘lishi 

mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish