24-BOB. SUG‘URTA
24.1. Sug‘urta haqida tushuncha va uning o‘ziga
xos xususiyatlari
Ma’lumki, turli ko‘ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv
toshqini, qurg‘oqchilik, yer ko‘chkisi, sel, kuchli shamol, do‘l va
shunga o‘xshash tabiiy ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta
kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab chiqarishning rivojlanishi,
sanoatning yangi bosqichga ko‘tarilishi turli texnogen tusdagi
xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan.
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida
fuqarolarning
bir
maromda
hayot
kechirishlariga
va
korxonalarning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol.
Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat
o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik
vaziyatning tang ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri,
insoniyat tabiatning injiqliklariga ko‘nikib yashashga o‘rgangan,
ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa
noxush hodisalar ro‘y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar,
yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham
harakat qilgan. Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki
bosqichlarida hayot kechirgan ajdodlarimiz bunday ko‘ngilsiz
hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar
va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko‘rganlar. Ana
shunday choralardan biri sifatida qurg‘oqchilikdan saqlanish
maqsadida suv omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar.
Har ehtimolga qarshi zaxiralarni yaratish va oldindan ko‘rib
bo‘lmaydigan
hamda
insoniyatning
ongi
bilan
boshqarib
bo‘lmaydigan ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi oqibatida yuzaga
kelgan zararlarning o‘rnini qoplash hozirgi zamon sug‘urta
munosabatlarining asosini tashkil etadi.
Tabiiy ofatlar, yong‘in va boshqa noxush hodisalar yuz
berishi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashda
sug‘urta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urta
tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Ulardan eng keng
tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan
581
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning
markazlashtirilgan
investitsion
resurslarini
tanlov
asosida
joylashtirishda
investitsion
loyihalarning
samaradorligini
baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda
yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:
• ijroiya hokimiyat organlarining import bo‘yicha sotib olinishi
rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida
tayyorlashning iloji yo‘qligi va ularni import bo‘yicha sotib olish
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
• ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko‘rsatilgan
holda qarz mablag‘larini to‘liq qaytarishning moliyaviy hisob-
kitoblari;
• da’vogarda avans to‘lovlarini amalga oshirish uchun o‘z
mablag‘lari borligining tasdiqlanganligi.
Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat
organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo‘lgan
uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli
qimmatli qog‘ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning
bunday turlari riskning baholanishiga bog‘liq bo‘lgan holda turli
kombinatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o‘tgan loyiha uchun uni
moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda,
uning 40%dan) oshmasligi lozim. Moliyalashtirishning boshqa
qismi byudjet manbalariga muqobil bo‘lgan manbalar hisobidan
qoplanishi kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog‘liq va
notijoriy
xaraktyerga ega
bo‘lgan
investitsion
loyihalarni
moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100%
moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat
tomonidan
xorijiy
davlatlarga,
ularning
yuridik
shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar
deyilganda ular bo‘yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari
va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga
kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat
oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to‘g‘risidagi
qonunda bu qarzlarga tegishli bo‘lgan quyidagilar tasdiqlanishi
kerak:
• xorijiy davlatlarning qarzlari bo‘yicha qaytarilish (uzilish)
summalari va foizlarining to‘lovi;
582
• moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining
miqdori;
• xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining
maksimal hajmi;
• moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va
kreditlashtirish miqdorlari ko‘rsatilgan holda kreditlar ro‘yxatidan
iborat bo‘lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish
dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: |