23.6. Davlat qarzlarini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy
organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet
defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan
mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning
maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli
qog‘ozlarni
chiqarishning
chegaraviy
hajmini
O‘zbekiston
Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy
hajmi
mamlakatda
yaratilayotgan
YaIMning
50
foizidan
oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish
uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:
• tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;
• ichki qarzlarni olish davlat dasturi.
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini
ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan
qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining
loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga
bo‘lib, aks ettiriladi:
• bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);
• maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda
alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak:
• bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:
(qarzlar) bo‘yicha:
a) jalb qilish manbalari;
b) qarzga olish summalari;
d) qaytarish muddatlari.
587
• Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan
sodir etiladi?
• Davlatning ichki kreditlari qanday ko‘rinishlarga ega?
• Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan
nimalari bilan farqlanadi?
• Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar sifatida kimlar
maydonga chiqishi mumkin?
• Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning
markazlashtirilgan
investitsion
resurslarini
tanlov
asosida
joylashtirishda
investitsion
loyihalarning
samaradorligini
baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda
yana nimalar taqdim qilinishi lozim?
• O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning
oliy organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi?
• U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning
chegaraviy hajmini kim o‘rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib
belgilangan?
• Davlat
ichki
va
tashqi
qarzlarini
boshqarishni
optimallashtirish uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq
maqsadga muvofiq?
• Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday
guruhlarga bo‘lib, aks ettiriladi?
• Davlat
ichki
va
tashqi
qarzlarini
boshqarishni
optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlarda alohida-
alohida nimalar o‘z ifodasini topishi kerak?
• O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli
qog‘ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi?
• Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo‘yicha bosh vakil
funksiyasini kim bajaradi?
• Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish
choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |